Tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 456,93 Kb.
səhifə28/59
tarix24.12.2023
ölçüsü456,93 Kb.
#160436
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika-fayllar.org

Sut emizuvchilar sinfi

Reja
  1. Sutemizuvchilar sinfining umumiy tavsifi.


  2. Teri qoplagichlari.


  3. Skeleti (uk skelet, bosh skelet, erkin oyoqlar skeleti)


Sut emizuvchilar Umurtqali hayvonlarning eng yuqori taraqqiy etgan sinfi xisoblanadi. Sut emizuvchilarning asosiy progressiv belgilari quyidagilar xisoblanadi.


1) Bosh miyasi juda katta va bunda oliy nerv faoliyatining markazi, ya’ni kulrang miya moddasidan tashkil topgan yarim sharlar pustlog’i, ayniqsa, yaxshi rivojlangan, xidlov, ko`ruv va eshituv organlari ham kuchli rivojlangan. Tashqi quloq va quloq suprasi bor. O’rta quloq bo`shlig`ida uchta-o`zangi, sandon va bolg’acha kabi eshituv suyakchalari joylashgan.
2) Tishlari gruppalarga, ya’ni kurak, keskich va oziq tishlariga bo’lingan va pastki jag`i bevosita miya qutisiga birikib ketadi. Pastki jag` esa faqat bitta tish suyagidan tashkil topadi.
3) Issiq qonlilik xususiyati kasb etadi. Yuragi to’rt kamerali bo`lib, undan faqat chap aorta yoyi chiqadi va qonaralashmaydi. Gavda temperaturasining doimiy bo’shlig’i termoregulyasiya moslamalari uchun tirik bola tug’ish, embrionning ona qornida maxsus organ-yuldoshda rivojlanishi, tug’ilgan bolasini sut bilan ovqatlantirish kabi xususiyatlar xosdir.
Sut emizuvchilar yana o`ziga xos morfologik belgilar bilan ham xarakterlanadi. Terisi jun bilan qoplangan va har xil bezlarga boy. Bosh skeleti umurtqa pog’onasi bilan ikkita ensa burtmasi orqаli birikadi. Tishlari maxsus chuqurchalarda-alveollarda joylashadi. Bilak bo’g’imi orqаga tizza bo’g’imi esa oldinga qaratilgan bo`ladi. Ko`krak va qorinli bo’shlig’ini diagramma pardasi ajratib turadi.
Teri qoplagichlari boshqa Umurtqali hayvonlarning teri qoplagichlariga nisbatan ancha murakkab tuzilgan va vazifasi ham xilma-xil. Terisi hamma Umurtqalilardagi singari tashqi epidermis va pastki qatlami tirik qoplovchi xujayralardan tashkil topgan va malpigiy qatlami deyiladi. Ustki tomonga borgan sari xujayralar yassi shaklga aylanadi, keratogialin kiritmalari xosil bo`lib, xujayraning ishini to’ldiradi. Xujayra o’ladi, natijada shox qatlamini xosil qiladi. Eng ustki tomonidagi o’lik xujayralar «kepak» sifatida tushib turadi. Bu prosess malpigiy qavat hujayralari xisobidan tiklanib turadi. Epidermis har xil teri xosilalarini-soch, tirnoq, changal tirnoq, tuyoq, kavak shox, tangacha va bezlarni beradi.
Epidermisning shox xosilalariga yana tangachalar kiradi. Sut emizuvchilarning tangachalari o`zining tuzilishi va kelib chiqishiga ko’ra sudralib yuruvchilarning shox tangachalariga o’xshash bo`ladi. Tangacha yasherlarida kuchli rivojlangan. Kemiruvchilarning barmoqlari va dumlari ham tangacha bilan qoplangan. Tuzilishiga ko’ra bir xil bo`lgan changal tirnoq va tuyoq turli darrandalarda yashash sharoitiga qarab har xil rivojlangan. Bularning hammasi qattiq shox plastinkadan va yumshoq barmoq yostiqchasidan tashkil topgan. Shox xosilalarga yana xo’kizlarning, qo’y va echkilarning shoxi kiradi. Bu hayvonlarning shoxi epidermisdan rivojlanadi va peshona suyagiga qo`shilib ketadi. Bug’ularning shoxi esa teri xisobidan taraqqiy etadi va suyak to’qimasidan tuzilgan.
Sut emizuvchilarning terisi tuzilishi va vazifasi jixatidan har xil bo`lgan bezlarga boy bo`ladi. Teri bezlari epidermis kurtagidan xosil bo`ladi va shin teri bo’shlig’iga botib turadi. Yog’ bezlari uzum boshiga o’xshab tuzilgan, uning chiqarish yo’li soch xaltasiga ochiladi, sekreti sochni va terini yog’lab turish uchun xizmat qiladi.
Ter bezlari naysimon shaklga ega. Bu bezning chiqarish yo’li teri yuzasiga yoki soch xaltasining ustki qismiga ochiladi. Terining 97-99% suvdan tashkil topgan. Ter gavda yuzasini sovo`tib turadi hamda ajratish vazifasini bajaradi.
Xid bezlari ter va yog’ bezlarining o`zgargan shaklidir. Xid bezi suvsarlarda yaxshi rivojlangan bo`lib, jinslarini axtarib topish, o`zlarini ximoya qilish uchun xizmat qiladi.
Sut bezlari ter bezining o`zgargan shakli bo`lib, faqat urg’ochilarida rivojlanadi, bir yo’llilardan tashqari hamma sut emizuvchilarning sut bezida 1-14 juft emchak bo`ladi.
Sut emizuvchilarning shin terisi, asosan qontomirlariga boy bo`lgan tolali biriktiruvchi to’qimadan va teri osti kletchatkasidan iborat. Teri osti yog’ qatlami ayniqsa, kitsimonlarda, sovuq iqlimda yashovchi darrandalarda, qishda uyquga ketuvchi sut emizuvchilarda yaxshi taraqqiy qilgan.
Skeleti. Umurtqa pog’onasi besh bo’limga-bo’yin, ko`krak, bel, dumg’oza va dum bo’limlariga bo`linadi. Umurtqasida yassi bo’g’im yuzalari bor. Bunday umurtqa platisel umurtqa deyiladi. Umurtqalar yumshoq tog`ay diskalari-menisklar bilan bir-biridan ajralgan. Umurtqalarning ustki yoylari yaxshi ajralib turadi. Bo’yin bo’limida yettita umurtqasi bor. Birinchi ikkita bo’yin umurtqalari boshqa amniotalardagi singari tuzilgan. Oldingi ko`krak umurtqalariga qobirg’alar tutashadi. Tush suyagi plastinka shaklida bo`lib, uning oldingi kengaygan qismiga to’sh dastasi, pastki qismiga qilichsimon o`simta deyiladi. Bel bo’limida 2-9 umurtqasi bor. Dumg’oza bo’limi to’rtta umurtqadan tashkil topgan. Dum umurtqalarining soni ham o`zgaruvchan.
Sut emizuvchilarning bosh skeleti miya qutisining kattaligi, ustki jag`, yonoq va tangacha suyaklaridan xosil bo`lgan chakka yoyining bo’lishi, suyaklar umumiy sonining kamayishi va ikkita ensa burtmasi bo’lishligi bilan xarakterlanadi. Pastki jag` faqat bir juft tish suyagidan tashkil topgan. Chunki qushilish suyagi bolg’acha, kvadrat suyagi esa sandon suyagiga aylanadi va bular uo’rta quloq bo’shlig’iga joylashib, eshitish vazifasini bajaradi. Ensa teshigi atrofida bitta ensa suyagi va umurtqa pog’onasi bilan qo’shiluvchi ikkita ensa burtmasi bor. Quloq suyaklari qo`shilib, bir juft tosh suyagini xosil qiladi. Bosh skeletining tagini toq asosiy ponasimon, panjara va faqat sut emizuvchilarga xos bo`lgan ikkilamchi suyak tanglay jag`oraliq, ustki jag` suyagining o`simtasi va tanglay suyagining qo’shilishidan xosil bo`ladi.
Yelka kamari orqа tomondan tarog’i bo`lgan uchburchak shakldagi kurak, korakoid va umrov suyaklaridan tashkil topgan. Korakoid kichrayib karokoid o`simtasi ko’rinishida kurak suyagiga qo`shilib ketadi. Umrov suyagi krot, qo’l qanot, maymun, mushuk va ayiqlarda saqlangan, boshqalarida yo`qolib ketadi. Chanoq kamari ikkita ismsiz suyakdan iborat bo`lib, bularning har biri yonbosh, kov va kuymish suyaklarining qushilishidan xosil bo`ladi. Sut emizuvchilarning shanog’i yopiq bo`ladi, ya’ni ikkala tomonining kov va kuymish suyaklari o’rtada o`zaro qo’shiladi. Erkin oyoqlar skeleti Quruqda yashovchi Umurtqali hayvonlardagi singari tipik tuzilishga ega. Lekin yashash sharoitiga qarab erkin oyoqlar skeleti kuchli o`zgarishi mumkin. Keyingi oyog’ida sut emizuvchilarga xos bo`lgan to’piq suyagi va tizza kosasi suyagi bo`ladi.
Muskul sistemasi juda takomillashgan va xilma-xildir. Ko`krak va qorinli bo’shliqlarining ajratib turadigan gumbazsimon diafragma muskuli juda xarakterlidir. Bu muskul nafas olish vaqtida ishtirok etadi, ya’ni ko`krak qafasining hajmini o`zgartirib turadi. Terini xarakatga keltirib turuvchi teri osti muskuli kuchli rivojlangan. Ayniqsa, maymunlarda kuchli rivojlangan va bosh skeletni yuz qismida joylashgan mimika muskullari diqqatga sazovordir.
18-MA’RUZA

Yüklə 456,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə