Tabiiy resurslar, ularda foydalanish va muhofaza qilish. Reja: Tabiiy resurslar to`g`risida tushuncha


Tabiiy resurslarni muhofaza qilishning aspektlari



Yüklə 35,85 Kb.
səhifə4/5
tarix23.12.2023
ölçüsü35,85 Kb.
#156376
1   2   3   4   5
Tabiiy resurslar, ularda foydalanish va muhof~

Tabiiy resurslarni muhofaza qilishning aspektlari


Ibtidoiy odamlar tabiiy resurslardan foydalanish davomida ularning kamayishi hodisasini sezib, o`z hayotlarini davom ettira olishlari uchun bu resurslarni muhofaza qilish kerak ekanligini tushunib yetganlar. Ammo bu faqatgina masalaning iqtisodiy tomonini hisobga olgan holda muhofaza qilish edi. Jamiyat rivojining keyingi davrlarda inson tafakkurining o`sishi bilan tabiat muhofazasining boshqa aspektlari ham kelib chiqaboshladi.
Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilishning aspektlari quyidagilardan iborat:
1)iqtisodiy aspekt – uzoq o`tmishda kelib chiqqan bo`lib, hozirgi zamon va kelajak uchun ham muhimdir. Inson o`z iqtisodiy holatini yaxshilash uchun tabiiy resurslarni o`zlashtiradi. Ma'lumotlarga ko`ra qazilma boyliklardan foydalanish 1940 y. aholi jon boshiga dunyo bo`yicha o`rtacha 7,4 t.ni tashkil qilgan bo`lsa, 2000 yilga kelib bu miqdor 35-40 t.ga yetdi. Hozirgi vaqtda har yili yer ostidan 1000 mlrd.t. yoqilg`i va qurilish materiallari qazib olinadi, 800 mln.t. metall eritiladi. 1984 yil ma'lumotiga ko`ra Yer yuzida 2,5 mlrd t. neft va 20 mlrd. t. ko`mir yoqilgan, 2 mlrd m3 yog`och ishlatilgan, 50 mln. t. baliq, qisqichbaqa va mollyuskalar ovlangan.
Xulosa qilib aytganda biz tabiiy resurslardan qanchalik ko`p foydalansak, shunchalik iqtisodimiz ko`tariladi, ammo bunda ularning tugab qolishi mumkinligini hisobga olib, ularni iqtisod zaruriyati uchun ham muhofaza qilish zarur.
2)gigiyena – sog`lomlashtirish aspekti – atrof muhit ifloslanishining kishilar sog`ligiga ta'sir ko`rsatishi munosabati bilan yaqin o`tmishda kelib chiqdi. Iqtisodni ko`tarish uchun tabiatga o`tkaziladigan ta'sir, agar u puxta o`ylab qilinmasa, teskari natijalar berishi mumkin. Masalan, 1959 y. AQSH ning Michigan shtatida yapon qo`ng`izlariga qarshi dalalarga sepilgan zaharli ximikatlardan tuproq jiddiy zaharlanib, uning hosildorligi pasayib ketdi, bundan hayvonot olami ham jiddiy zarar ko`rdi. Sobik Ittifoq davrida bunday hodisalar O`zbekistonda ham sodir bo`lib turar edi. Buning saboqlari hozirgacha sezilib kelmoqda.
Yashayotgan muhitimiz sofligini saqlash salomatligimiz garovidir, shunga ko`ra sog`lomlashtirish aspektining muhimligi doimo saqlanib qoladi.
3)tarbiyaviy aspekt insonda mehr-shavqat, oliyjanoblik hislarini tarbiyalashda tabiat keng o`rin egallaydi. Tabiatni dildan sevadigan kishilar odatda ko`ngilchan, xushfe'l, noziq didli, Vataniga, xalqiga va do`stlariga sodiq, vatanparvar kishilar bo`ladi. Shuning uchun ham bola bog`cha yoshidanoq tabiatni sevish ruhida tarbiyalanadi.
4)estetik aspekt – tarbiyaviy aspekt bilan chambarchas bog`liq bo`lib, u ham insoning shakllanishida muhim rol o`ynaydi. Agar inson tabiatdan estetik zavq olmaganida edi, xalq orasidan yozuvchi va shoirlar, qo`shiqchi va kompozitorlar yetishib chiqmagan bo`lar edi. Betxoven va Rimskiy-Korsakov musiqa yaratishda qushlarning sayrashidan foydalanganlar. O`zbekiston yozuvchilar jamiyati qarorgohining so`lim tabiatli Do`rmonda joylashishi ham shundan.
Estetik aspekt qadimda kechikkan bo`lib, qadimgi odamlar toshlarga turli hayvonlar sur'atini chizib qoldirganlar. Buni Navoiy shaxri yaqinida joylashgan Sarmish hududidagi tog` toshlarida ham ko`rish mumkin.
5)ilmiy idrok qilish aspekti – xalq xo`jaligining barcha sohalari uchun, ayniqsa texnika taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Kishilar o`zlarining barcha yaratuvchanlik ishlarida tabiatdan andaza olganlar. Eramizdan avvalgi 460-370 yillarda yashab o`tgan grek faylasufi Demokrit bu to`g`rida shunday deb yozgan edi: «Biz muhim ishlarni bajarishni hayvonlardan o`rgandik, aniqrok qilib aytganda, biz to`qish va bichish-tikish kasbini o`rgimchakdan, uy qurishni qaldirg`ochdan, qo`shiq aytishni sayroqi qushlardan, oqqush va bulbuldan o`rgandik».
Hayvonlar, shu jumladan qushlar, asalarilar va hatto sahro chumolilari ham bir yerdan boshqa yerga ko`chganlarida ketib-kelish yo`nalishlarini osmondagi fazoviy jismlarga qarab belgilaydilar. Inson samolyotni yaratishda ninachining uchish printsipiga, ultratovushni tutuvchi lokatorlarni yaratishda esa ko`rshapalakning sezgi organlari ish printsipidan foydalangan.

Yüklə 35,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə