«tadbirkorlik va boshqaruv» fakul’teti «moliya va bank ishi»kafedrasi


I.Ishlab chiqarish amaliyotining vazifa va maqsadlari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə3/21
tarix30.07.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#120107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
QO`ZIMURODOVA SABOHAT 3-KURS AMALIYOT HISOBOTI

I.Ishlab chiqarish amaliyotining vazifa va maqsadlari
Talabalarning o’quv jarayonida oldgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog’lash, ilmiy hamda nazariy bilim va ko’nikmalarini amaliyotga tadbiq etishni o’rganish, bo’lg’usi mutaxassisligi bo’yicha dastlabki kasbiy ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat bo’lib, talabalar xo’jalik yurituvchi sub’ektlari faoliyatining me’yoriy-huquqiy asoslarini va ish hujjatlarini o’rganadilar, xo’jalik yurituvchi sub‘ektlarlarining tarkibiy tuzilishi, huquqlari, majburiyatlari va vazifalari bilan tanishadilar hamda turli mulkchilik shaklidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning buxgalteriya hisobi va auditorlik faoliyatini o‘rganadilar hamda tahlil qiladilar.
Ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazishdan asosiy maqsad xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ish faoliyati bilan tanishish va talabalarning o‘qish jarayonida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalami shakllantirish hisoblanadi.
Ishlab chiqarish amaliyotining asosiy vazifasi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini va ular tomonidan olib boriladigan xo‘jalik operatsiyalarni rasmiylashtirish va amalga oshirishni tashkil etilishini hamda ular asosida nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etishni o‘rganishdan iboratdir. Shuningdek, amaliyot davrida talabalar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham muntazam ishtirok etib borishlari lozim.
Talabalar o‘quv ishlab chiqarish amaliyotini turli vazirliklar, jamoat birlashmalarining idoralarida, tijorat banklarida, byudjet tashkilotlari va ilg’or xo’jalik sub’ektlari (amaliyot ob‘ektlari)da o’tkazishlari mumkin.
Mazkur amaliyotning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- o’quv jarayonida —“Buxgalteriya hisobi”, —“Audit”, —“Moliyaviy va boshqaruv hisobi”, —“Moliyaviy tahlil”, “Statistika” kabi umumkasbiy va yo’nalish fanlaridan olingan nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash;
- xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlari faoliyati yuzasidan shakllangan nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish;
- talabalarning yo‘nalish fanlaridan bajariladigan kurs ishlari va mustaqil ishlarini amaliy ma‘lumotlar bilan boyitishga qulay sharoit yaratish;
- xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlari faoliyatini tashkil etish yuzasidan amalda bo’lgan me’yoriy-hududiy asoslari bilan tanishish;
- xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlari faoliyatini biznes rejasini, ko‘rib chiqish va tasdiqlash, amalga oshirilishi yuzasidan nazorat qilish hujjatlari bilan tanishish;
- xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlari faoliyatini buxgalteriya hisobi va auditi hujjatlarini o‘rganish;
- bank tizimining me’yoriy-hududiy asoslari va hujjatlarini o’rganishdan iboratdir.
Talabalarning mazkur o‘quv ishlab chiqarish amaliyoti —Buxgalteriya hisobi va audit” yo‘nalishlari fanlarining nazariy qismini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan o’qish jarayoning bevosita ishlab chiqarish sharoitlarida o’tkaziladigan davomidir.
O‘quv ishlab chiqarish amaliyoti —Buxgalteriya hisobi va audit” yo‘nalishi davlat ta‘lim standarti (DTS)da ko‘zda tutilgan shaklda, ya‘ni DTPI —“Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishining o’ziga xosligini hisobga olib, kadrlar buyurtmachilari talablariga binoan 3-kursida joriy yilning “29”-maydan “31”-iyulgacha bo‘lgan davrda bevosita o‘quv ishlab chiqarish jarayonida tashkil qilinadi va amaliyotning maqsadi, muddati va mazmuni, DTS, —“Buxgalteriya hisobi va audit” yo’nalishi o’quv rejasi, yo’nalishning malakaviy talablari va mazkur amaliyot dasturida ifodalangan.



Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə