«tadbirkorlik va boshqaruv» fakul’teti «moliya va bank ishi»kafedrasi


II.3“DENOV SETKA ”XK FAOLIYATI. MAS`ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATNING YURIDIK MAQOMI



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə8/21
tarix30.07.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#120107
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
QO`ZIMURODOVA SABOHAT 3-KURS AMALIYOT HISOBOTI

II.3“DENOV SETKA ”XK FAOLIYATI. MAS`ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATNING YURIDIK MAQOMI

  • Jamiyat O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga asosan yuridik shaxs
    hisoblanadi.

  • Jamiyat belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilganidan keyin yuridik shaxs maqomiga ega bo'ladi.

  • Jamiyat o'z faoliyatini mazkur ustav va O'zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq va ta'sis hujjatlariga asosan amalga oshiradi.

  • Jamiyat o'z majburiyatlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.

  • Jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo'yicha javobgar bo’lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog'liq zararlar uchun o'zlari qo'shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo'ladilar.

  • Jamiyatning o'z hissasini to'la qo'shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo’yicha har bir ishtirokchi hissasining to'lanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo'ladilar.

  • Jamiyat o'zining firma nomi yozilgan shtamp va blankalarga, shuningdek belgilangan tartibda ro'yxatga olingan o'z emblemasiga, tovar belgisiga ega bo'lishga haqli.

  • Jamiyat o'z egaligida mustaqil balansda hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega, o'znomidan huquqlar va majburiyatlar olishi, sudda da'vogar va javobgar bo'lishi mumkin.


ISHTIROKCHILARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI


Tashkilot ishtirokchilari quyidagilarga haqlidirlar.

- qonun hujjatlarida va jamiyatning ta'sis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning ishlarini boshqarishda ishtirok etish;


- qonun hujatlarida va jamiyat ta'sis hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning faoliyati to'g'risida axborot olish hamda uning buxgalteriya daftarlari va boshqa hujjatlari bilan tanishish; -foydani taqsimlashda va uning tegishli qismini olishda ishtirok etish; jamiyatning ustav fondidagi o'z ulushini yoxud uning bir qismini qonun hujjatlarida va jamiyatning ustavida nazarda tutilgan tartibda mazkur jamiyatning bir yoki bir necha ishtirokchisiga yoxud uchinchi shaxslarga sotish yoki o'zga tarzda ulaming foydasiga voz kechish; - jamiyat boshqa ishtirokchilarining roziligidan qat'i nazar, qonun hujjatlarida va jamiyatning ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda istalgan vaqtda jamiyat ishtirokchilari tarkibidan chiqish;- jamiyat tugatilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini olish; -jami ulushlari jamiyat ustav fondining kamida O'n foizini tashkil etadigan jamiyat ishtirokchilari o'z majburiyatlarini qo'pol buzayotgan yoxud o'z harakatlari yoki harakatsizligi bilan jamiyatning faoliyat ko'rsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda qiyinlashtirayotgan ishtirokchini jamiyatdan sud tartibida chiqarilishini talab qilishga haqlidirlar; -jamiyat ishtirokchilari jamiyatning ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga (tegishli holda majburiyat yoki imkoniyatlarga) ega bo'lishlari mumkin.





Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə