Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish eng muhim vazifamizdir



Yüklə 54,26 Kb.
səhifə12/19
tarix29.11.2023
ölçüsü54,26 Kb.
#139872
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha -fayllar.org

To‘rtinchi yo‘nalish. Biznes uchun zarur bo‘lgan infratuzilma muammolarini 3 mingga yaqin tadbirkorlar ko‘targan.
Masalan, Sirdaryoda “Gulistan Gold Yarn” korxonasi (Sherzod Toshpo‘latov) uzoq muddatdan beri elektr tarmog‘iga ulana olmagan. Vaholanki, ishlab chiqarish asbob-uskunalari va o‘z hisobidan transformatorgacha olib kelgan. Unga ozgina yordam berilsa, korxona 600 ta yangi doimiy ish o‘rni yaratishga tayyor.
Bunday mazmundagi murojaatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Jizzax, Farg‘ona viloyatlaridan ko‘plab kelib tushgan. Shuning uchun, birinchidan, kelgusi yil 1-yanvardan boshlab, qiymati 200 milliard so‘mga teng loyihalar bo‘yicha elektr, tabiiy gaz, suv tarmoqlari va yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalarni hal etish to‘liq davlatning zimmasida bo‘ladi. Bunday imtiyoz, hozirgi kungacha faqatgina 50 million dollardan oshadigan xorijiy investorlar loyihalariga qo‘llanib kelinmoqda.
Ikkinchidan, kelgusi 2 yilda mamlakatimiz bo‘yicha qo‘shimcha 200 ta sanoat zonasi tashkil etiladi. Ularning har biriga kamida 15 ta korxonani joylashtirish mo‘ljallanib, elektr, tabiiy gaz, suv tarmoqlariga ulanish va yo‘l infratuzilmasini yaratish to‘liq davlatning zimmasida bo‘ladi. Ushbu maqsadlar uchun kelgusi yilda davlat byudjetidan 2 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi.
Bosh vazir o‘rinbosarlari J.Qo‘chqorov va S.Umurzoqov, viloyat hokimlari bilan birga, shu yil 1-noyabrga qadar sanoat zonalarining joylashuvi va aniq loyihalar bo‘yicha takliflarini tayyorlasin.
Bunday chora-tadbirlar Surxondaryo, Buxoro, Xorazm, Sirdaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi hududiy sanoatdagi ulushi ancha past bo‘lgan ayrim tumanlar uchun juda katta imkoniyat yaratadi.
Uchinchidan, elektr energiyasidagi uzilishlar ko‘pchilik tadbirkorlarimizni bezovta qilayotgani ham ayni haqiqat.
Bu masala bo‘yicha har bir tuman, shahar va mahalla kesimida alohida dasturlar amalga oshirilmoqda. Masalan, joriy yil 1 noyabrgacha 4 mingta transformatorni almashtirish, 35 ta podstansiya, 15 ming kilometr elektr tarmoqlarini yangilash ishlari yakuniga yetkaziladi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun joriy yilning o‘zida ilk bor 3 trillion so‘m mablag‘ ajratganmiz. Holbuki, oldingi yillarda bu ishlarning 10 foizi ham bo‘lmagan.
Agar tahlil qilib ko‘rsak, so‘nggi 5 yilda elektr energiyasi iste’molchisi bo‘lgan tadbirkorlar soni 25 foizga, ularning iste’mol hajmi 30 foizga oshgan. Shu bois elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini keskin oshirish maqsadida tariximizda ilk bor bu sohaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va xususiy biznes kirib keldi. Natijada shu yil yakuniga qadar to‘liq xususiy investitsiyalar hisobidan umumiy quvvati 1 ming 800 megavatt bo‘lgan 8 ta issiqlik va quyosh elektr stansiyalari ishga tushiriladi.
Energetika vazirligi kelgusi yillarda bu kabi loyihalarni keskin ko‘paytirib, 2023-yilga qadar elektr energiyasi bo‘yicha qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvatlarini 4 ming 400 megavattga oshirishi shart.

Yüklə 54,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə