Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish eng muhim vazifamizdir



Yüklə 54,26 Kb.
səhifə15/19
tarix29.11.2023
ölçüsü54,26 Kb.
#139872
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha -fayllar.org

Ikkinchidan, “Polvontosh” (Surxondaryo), “Afrosiyob Parranda” (Samarqand) korxonalari rahbarlari ichki va tashqi temir yo‘l tariflari o‘rtasida katta farq borligi, ya’ni xalqaro tashuvlar narxi ancha yuqori ekanini bildirganlar.
Shu bois Transport vazirligi Moliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birga, ikki oy muddatda temir yo‘l tariflarini qayta ko‘rib chiqsin. Bunda tadbirkorlarga o‘zimizda ishlab chiqarilmaydigan xomashyo importi uchun amaldagi tariflar kamida 25 foiz arzon bo‘lishi kerak.
Shuningdek, Transport vazirligi kelgusi yil 1-yanvardan boshlab har bir xizmatning tannarxi va uning tarkibini keng jamoatchilikka e’lon qilib boradi.
Uchinchidan, temir yo‘l sohasida kelgusi 5 yil uchun 7 mingdan ziyod yuk vagonlariga ehtiyoj mavjud. Bu muammoni davlat tomonidan emas, balki xuddi elektr energiyasi yoki sement ishlab chiqarishda bo‘lganidek, faqat va faqat xususiy sektorni jalb etish orqali ijobiy hal qilish mumkin.
Shuning uchun kelgusi yilda o‘z vagoni va konteyneriga ega bo‘lgan xususiy logistika operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi va tariflar ikkiga ajratiladi. Bunda davlat tomonidan faqatgina temir yo‘l infratuzilmasi hamda lokomotiv xizmatlari tartibga solinadi, yuk vagonlari xizmati esa bozor tamoyillari asosida tashkil qilinadi. Shu sababli xususiy tadbirkorlarga temir yo‘l vagonlarini olib kelishga berilgan imtiyozlar 2025-yil 1-yanvargacha uzaytiriladi.
Yettinchi yo‘nalish. Tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvlarni qisqartirish, sohadagi tartib-taomillarni soddalashtirish, xususiy mulk daxlsizligi borasidagi siyosatni qat’iy davom ettiramiz.
Avvalo, bugungi kunda, tadbirkorlar uchun nazarda tutilgan subsidiyalar olish jarayoni o‘ta murakkabligicha qolmoqda.
Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 80 dan ortiq subsidiyalar joriy etildi. O‘tgan davrda ularga 2,3 trillion so‘m ajratildi. Lekin maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi, muqobil energetika, baliqchilik, parrandachilik, qorako‘lchilik kabi 10 dan ziyod sohalarda subsidiyalar ishlamayapti.
Mazkur masala Farg‘onadagi “Yulduzchalar ziyosi” xususiy bog‘chasi rahbari Ziyoda Qosimova tomonidan ham ko‘tarilgan. Bunga sabab – ushbu subsidiyalarni to‘lash tartibi murakkab va raqamlashmagan. Tadbirkor subsidiyani olish uchun o‘rtacha 5 ta hujjatni taqdim etishi, 10 ta vazirlik va idoradan xulosa olishi zarur. Bunga kamida bir oy ketadi.
Bundan tashqari, 60 foiz chorvadorlar subsidiya olish jarayonini murakkab deb hisoblaydi. Shu bois kelgusi yil 1-yanvardan boshlab subsidiyalarni ajratish bo‘yicha murojaatlar “yagona darcha” tamoyili asosida qabul qilinadi, bu jarayonda ishtirok etadigan davlat idoralari soni 2-3 barobar qisqartiriladi.

Yüklə 54,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə