Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish eng muhim vazifamizdir



Yüklə 54,26 Kb.
səhifə18/19
tarix29.11.2023
ölçüsü54,26 Kb.
#139872
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha -fayllar.org

Shu munosabat bilan bugungi sanani, ya’ni 20-avgustni mamlakatimizda “Tadbirkorlar kuni” deb e’lon qilib, uni har yili yurtimizda keng nishonlasak, bu tashabbusga nima deysizlar?
Ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlaganlaringiz uchun sizlarga katta rahmat!
Endi har yili aynan shu kuni Prezidentning biznes va ishbilarmon doiralar vakillari bilan ochiq muloqoti o‘tkaziladi. Bir yillik ishlarimiz natijalari sarhisob qilinib, eng ilg‘or biznes vakillari aynan shu kuni davlat mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Hurmatli tadbirkorlar!
Ishonchim komil, bugun boshlangan yangi an’anamiz tadbirkorlik sohasida yil davomida ishlaydigan samarali tizimga aylanadi. Bunga Xalq qabulxonalari va Bosh vazir qabulxonalari, Savdo-sanoat palatasi, Biznes ombudsman va joylarda hokimlar mas’ul bo‘ladi. Shuningdek, yangi tashkil etilgan Strategik rivojlanish agentligi tadbirkor va investorlarni qiynayotgan muammolarni, yuqorida nomlari qayd etilgan idoralar bilan birga tizimlashtiradi va ularni hal etish uchun aniq takliflar ishlab chiqib, Hukumat va Prezidentga kiritib boradi.
Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlik va idora rahbarlari, hokimlar har hafta o‘zlari mas’ul bo‘lgan hududlarga chiqib, avvaldan e’lon qilingan grafiklar asosida tadbirkorlar bilan yuzma-yuz uchrashib, ularning muammo va masalalarni yechishga ko‘maklashadi.
Takror va takror aytaman, ishning ko‘zini biladigan, odamlarga mehnat qilish va daromad topish uchun sharoit yaratadigan, vatanparvar hamda fidoyi tadbirkorlarni biz doimo boshimizga ko‘taramiz.
Prezidentning talabi va boshlagan islohotlarimizning asl ma’no-mazmuni ham aynan shundan iborat.
Barchamiz ana shu talab asosida ishlasak, mehnat qilsak, albatta mamlakatimizda tadbirkorlik rivoji mutlaqo yangi bosqichga ko‘tariladi.
Men bunga ishonaman va barchangizni shu yo‘lda o‘zaro birlashish va hamjihatlikda harakat qilishga chaqiraman.
Aziz yurtdoshlarim!
Fursatdan foydalanib, Vatanimiz mustaqilligining 30 yillik qutlug‘ bayrami bilan sizlarni chin dildan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik va oilaviy baxt tilayman.
Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ezgu va xayrli ishlaringizda, sizga hamisha omad va zafar yor bo‘lsin!
Barchangizga katta rahmat!


Yüklə 54,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə