Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish eng muhim vazifamizdir



Yüklə 54,26 Kb.
səhifə11/19
tarix29.11.2023
ölçüsü54,26 Kb.
#139872
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha -fayllar.org

To‘rtinchidan, ko‘pchilik tadbirkorlarni o‘z korxonasi joylashgan yer maydonining taqdiri ertaga nima bo‘ladi, degan savollar qiynayotgani ham bor gap. Ushbu korxonalarning hozir egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqi asosida egallab turgan yer maydonlari, ularga mulk qilib rasmiylashtirib beriladi. Ya’ni, bu yerni boshqa odam sotib ololmaydi, uni xususiylashtirishga faqat yer egasining o‘zi haqli bo‘ladi. Bunda yerning turiga qarab, uning joylashgan hududidan kelib chiqib, yerlar imtiyozli shartlar asosida ushbu korxonalarga xususiylashtirib beriladi.
Bundan keyin tadbirkorlar yerdan yuqori likvidli aktiv va garov ob’ekti sifatida foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘ylaymanki, bunday yangiliklar tadbirkorlarimiz uzoq yillar kutgan tarixiy adolatni ro‘yobga chiqaradi.
Beshinchidan, bundan buyon davlat mulki ob’ektlarini ular joylashgan yer bilan birga, yagona mulkiy majmua sifatida auksion orqali sotamiz.
Binoni sotib olgan tadbirkorlar unga biriktirilgan yerga ham xususiy mulk huquqi asosida egalik qiladi.
Tasdiqlangan dasturga qo‘shimcha ravishda yil yakuniga qadar yana 500 ta davlat aktivlari ochiq savdoga chiqariladi.
Fursatdan foydalanib, hurmatli tadbirkorlarimizni ushbu savdolarda faol ishtirok etishga chaqiraman.
Oltinchidan, bundan keyin yangi yer maydonlarini auksionga chiqarishdan oldin har bir hududni rivojlantirish bo‘yicha aniq rejani tuzib olishimiz zarur.
Ko‘plab taraqqiy topgan davlatlar tajribasini o‘rganganimizda, birorta mamlakatda yer maydonlarini rejasiz berib yuborish mumkin emasligiga guvoh bo‘ldik. Oldin aniq hudud tanlab olinib, uning “master-plani” ishlab chiqiladi.
Qayerda – uy, qayerda – maktab, qayerda – ishlab chiqarish bo‘lishi aniq belgilanib, infratuzilmalar yaratish rejasi tuziladi. Shundan keyingina yer uchastkalari aniq loyiha bilan savdoga chiqariladi.
Shuning uchun viloyat hokimlari kadastr va arxitektura idoralari bilan birga, ushbu tajriba asosida ishlarni tashkil etishlari, aniq hududni belgilab, rejasini tasdiqlab, keyin yerlarni auksionga qo‘yishlari lozim.
Shuningdek, har bir viloyatda maxsus jamg‘armalar tashkil etiladi va yer maydonlarini sotishdan tushgan mablag‘ to‘liq tuman va shaharlar ixtiyorida qoldirilib, tadbirkorlar uchun infratuzilma yaratish va rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Bosh vazir o‘rinbosari J.Qo‘chqorov, viloyat hokimlari va iqtisodiy kompleks bilan birga, joriy yil 1-noyabrga qadar har bir hududda kamida mingtadan yer maydonini sotuvga chiqarsin. Shuningdek, magistral yo‘llar bo‘yida loyiha asosida har bir hududdan kamida 200 tadan yer maydoni auksionga qo‘yiladi.

Yüklə 54,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə