Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish eng muhim vazifamizdir



Yüklə 54,26 Kb.
səhifə7/19
tarix29.11.2023
ölçüsü54,26 Kb.
#139872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha -fayllar.org

Ikkinchi yo‘nalish – soliq tizimini takomillashtirish, biznesga soliq yukini imkon qadar kamaytirishga oid.
Ma’lumki, so‘nggi uch yilda soliqlar turi 16 tadan 9 taga qisqardi.
Ko‘pchilikning esidan chiqqan bo‘lishi mumkin, yaqingacha Pensiya, Maktab va Yo‘l jamg‘armalariga biznes uchun og‘ir yuk bo‘lgan 3,2 foizli yig‘imlar to‘lanar edi. Ushbu yig‘imlar korxonalarning foydasidan qat’i nazar, oborotdan olinib, ularning miqdori korxonalarning kamida 20-25 foiz foydasiga teng bo‘lgan.
Byudjetdan tashqari jamg‘armalarga mazkur yig‘imlarni bekor qilish hisobidan 7 mingga yaqin korxonalar har yili o‘rtacha 6 trillion so‘m soliq to‘lashdan ozod bo‘ldi. Masalan, birgina “Andijonkabel” korxonasi ixtiyorida 11 milliard so‘m, “Lactalis Agro” qo‘shma korxonasida esa 3 milliard so‘m mablag‘ qoladigan bo‘ldi.
Mol-mulk, daromad solig‘i va ijtimoiy soliqlar stavkalari 2 barobar kamaytirildi.
Aniq misollar bilan gapiradigan bo‘lsak, transport sohasida soliq yuki – 3 barobar, oziq-ovqat sanoatida – 2 barobar, to‘qimachilik va elektr texnikasi sanoatida esa, 20 foizgacha kamaydi.
Ayniqsa, pandemiya davrida xarajatlarimiz keskin oshganiga qaramasdan, qo‘shilgan qiymat solig‘i 20 foizdan 15 foizga tushirildi, ko‘proq zarar ko‘rgan tarmoqlarga ijtimoiy soliq 12 foizdan 1 foizga pasaytirilib, mol-mulk va yer soliqlari to‘lovlaridan butkul voz kechildi. Bu esa, o‘z navbatida, tadbirkorlar ixtiyorida qolgan 2 trillion so‘m mablag‘ni biznes faoliyatiga sarflash imkonini berdi. Lekin soliq stavkalari va soliq ma’murchiligi bo‘yicha tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilayotgan haqli savollar hali juda ko‘p.
Birinchidan, o‘tgan yili yangi Soliq kodeksi amalga kiritilganidan keyin 23 ta maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari avvalgi imtiyozlarimiz saqlanib qoladimi yoki yo‘qmi, deb bezovta bo‘lmoqda. Ushbu masalada maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari bo‘lgan Sirdaryodan – “AWP” qo‘shma korxonasi (Komil Mirzayev), Toshkent viloyatidagi – “Steel Pipe Company” (Azizxon Hafizxonov) kabi 70 dan ziyod korxona vakillari murojaat qilgan.
Bu borada bir fikrni aniq qilib aytmoqchiman: 2020-yil fevral oyida “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingunga qadar iqtisodiy zonalarda ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlarga berilgan imtiyozlar saqlab qolinadi. Bunga qonun bilan kafolat berilgan. Jumladan, ushbu tadbirkorlar investitsiya miqdoridan kelib chiqib, mol-mulk, yer va suv soliqlaridan 10 yilgacha ozod qilingan edi.
Endi ushbu imtiyozlarga foyda solig‘i ham qo‘shiladi va korxonalar ixtiyorida yiliga qariyb 300 milliard so‘m mablag‘ qoladi. Masalan, “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasidagi “Temur Med Farm” korxonasi o‘tgan 6 oyda 4 milliard so‘m foyda solig‘i to‘lagan bo‘lsa, ikkinchi yarim yillikda esa kamida shuncha mablag‘ uning o‘zida qoladi.
Shuningdek, ichki bozorda teng raqobat bo‘lishi uchun eksport mahsulotlari ishlab chiqarishga olib kelingan xomashyo import bojidan ozod etiladi. Misol uchun, “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida joylashgan “Jizzax Toshtepa Textile” korxonasi mahsulotini to‘liq eksportga sotadi. Bu imtiyoz evaziga ushbu korxona olib kelgan 1 million dollarlik xomashyo va yarim tayyor mahsulotga 2,2 milliard so‘mlik bojxona imtiyozi beriladi.
Ayni paytda bir narsani aniq tushunib olish lozim. Biz qo‘shilgan qiymat solig‘ining uzluksiz zanjirini yaratish bo‘yicha katta islohotlarni olib boryapmiz. Shu bois maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha qismini 7 kun ichida qaytarib berish tartibi joriy qilinadi. Bunday tartib tadbirkorlarga bir yilda o‘rtacha 350 milliard so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘ini qisqa muddatda qaytarib olish va aylanma mablag‘larini ko‘paytirish imkoniyatini beradi.
Bundan tashqari, chetdan olib kelingan tovarlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini 120 kun davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lashda tadbirkorlarga foiz hisoblanmaydi va garov talab etilmaydi.

Yüklə 54,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə