Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish eng muhim vazifamizdir



Yüklə 54,26 Kb.
səhifə6/19
tarix29.11.2023
ölçüsü54,26 Kb.
#139872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha -fayllar.org

Oltinchidan, islohotlarimiz uchun o‘ta muhim bo‘lgan oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishida ham 2 mingga yaqin murojaatlar kelib tushgan. Endi bu yangi tizimda odamlarimiz tadbirkorlik uchun kredit olaman deb hokimiyatga, bankka yoki boshqa idoraga borib yurmaydi, asbob-uskunalarni sotib olish uchun ta’minotchini qayerdan topaman, deb, bosh qotirishga zarurat qolmaydi.
Kreditni rasmiylashtirishdan tortib, mahsulotni olish va sotishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar elektron tarzda, onlayn shaklida hal etiladi. O‘z navbatida, ushbu platforma ta’minotchi korxonalar uchun ham kamida 10 trillion so‘mlik bozor yaratadi. Ya’ni, ta’minotchilar uchun o‘zlari ishlab chiqargan asbob-uskunalar, xomashyo va tayyor mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish imkoniyati yaratiladi.
Iqtisodiy kompleks rahbarlari – Bosh vazir o‘rinbosari J.Qo‘chqorov, Markaziy bank raisi M.Nurmurodov, tijorat banklari uch oy muddatda joylarda tadbirkor va aholimizga ushbu qulayliklarni atroflicha tushuntirib, undan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yishni tashkil etishlari zarur. Bu borada ishni mahallabay tashkil etish bo‘yicha Andijon tajribasini butun mamlakat bo‘ylab keng qo‘llash lozim bo‘ladi.
Yettinchidan, ko‘plab murojaatlarda biznesni moliyalashtirish manbalarini yanada ko‘paytirish maqsadida bankdan tashqari kredit tashkilotlarini ochish va yuritishga bo‘lgan mavjud talablarni kamaytirish va yengillashtirish so‘ralgan. Bu masala Andijondan “Almaz Finans” korxonasi rahbari Olimjon Oxunov va Jizzaxdan “Diamond-N Trade Capital” korxonasi rahbari Sherzod Soatovning murojaatlarida ham ko‘tarilgan.
Bu takliflar bizga juda ma’qul. Shuning uchun joriy yil 1-0oktabrdan mikromoliya tashkilotlarini litsenziyalash tartibi to‘liq bekor qilinadi. Endi ular o‘z faoliyatini boshlashi uchun faqatgina Markaziy bank reyestriga kirishlari kifoya.
Shuningdek, bundan buyon ularga kassa uchun xonalar tashkil etish, hududlarda filiallar ochishda Markaziy bankning roziligini olish shart bo‘lmaydi. Ular tomonidan tadbirkorlarga beriladigan mikrokredit (300 million so‘m) va mikrolizing (600 million so‘m) uchun amaldagi cheklovlar ham olib tashlanadi.
Shu bilan birga, mikromoliya tashkilotlariga boshqa tashkilotlardan mablag‘lar jalb etish, obligatsiyalar chiqarish huquqlari ham beriladi. Shuningdek, ushbu tashkilotlar, xuddi banklar kabi, to‘lovlarni qabul qilish vakolatiga ham ega bo‘ladi.
Umuman, ushbu yangi imkoniyatlar hisobidan ham kredit bozorida tadbirkorlarimiz uchun yiliga qo‘shimcha 10 trillion so‘m mablag‘ shakllanadi.

Yüklə 54,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə