Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish eng muhim vazifamizdir



Yüklə 54,26 Kb.
səhifə4/19
tarix29.11.2023
ölçüsü54,26 Kb.
#139872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha -fayllar.org

Birinchidan, banklarning kapitalini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar ishga solinadi. Buning uchun kelgusi yilda banklarga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan bozor tamoyillari bo‘yicha qo‘shimcha 600 million dollar ajratiladi. Bu mablag‘lar tanlov asosida, ham davlat, ham xususiy banklarga joylashtiriladi.
Qaysi bank eng yaxshi biznes reja, qaytimi yuqori va eng ko‘p ish o‘rni yaratadigan loyihalarni taqdim etsa, ushbu mablag‘lar ana shu banklarga ajratiladi.
Ikkinchidan, yuqorida qayd etilgan mablag‘larni jalb etmoqchi bo‘lgan bankning o‘zi ham tashqi va ichki moliya bozorlaridan kamida 30 foiz qo‘shimcha resurslar jalb qiladi. Jumladan, banklar tomonidan kelgusi yili xalqaro moliya bozorlarida milliy valyutada 5 trillion so‘mlik yevrobondlar chiqariladi.
Shuningdek, O‘zbekiston bozorida ishlashga tayyor, zamonaviy texnologiyalarga ega bo‘lgan yirik xorijiy banklarning yurtimizga kirib kelishi uchun keng imkoniyatlar yaratamiz. Bu ham, o‘z navbatida, tadbirkorlarimiz uchun qulay sharoitlar taqdim etadi va bank tizimida biz uchun nihoyatda kerak bo‘lgan sog‘lom raqobat paydo bo‘ladi.
bugungi yig‘ilishda qatnashayotgan har bir bank rahbari “tobora kuchayib borayotgan raqobatga munosib bo‘lish hamda tadbirkorlarni rozi qilish uchun nimani o‘zgartirishim kerak”, degan savolni o‘ziga berishi va jiddiy xulosa qilishi lozim.
Uchinchidan, banklar chetdan resursni qanday valyutada jalb etishidan qat’i nazar, tadbirkorlarga kreditni milliy valyuta – “so‘m”da va biznes vakillari uchun maqbul foizlarda berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Xorijiy valyutada kredit olgan va bugun qiyin ahvolga tushib qolgan yuzlab tadbirkorlarimiz ushbu masalani o‘z murojaatlarida ko‘targanlar. Shu bois Moliya vazirligi huzurida Valyuta xatarlarini boshqarish kompaniyasi va hududlarda uning filiallari tashkil etiladi. Ushbu kompaniya banklar tomonidan chet el valyutasida jalb qilinayotgan mablag‘larni so‘mga o‘tkazib, kreditni ichki bozorda faqat milliy valyutada berish uchun zarur sharoit yaratadi.
Lo‘nda qilib aytganda, bundan buyon dollar yoki yevro kursining oshishi tadbirkor uchun qo‘shimcha muammo yoki ortiqcha xarajatlarni yuzaga keltirmaydi. Mazkur kompaniya barcha hudud va tarmoqlar bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi.

Yüklə 54,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə