Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish eng muhim vazifamizdir



Yüklə 54,26 Kb.
səhifə8/19
tarix29.11.2023
ölçüsü54,26 Kb.
#139872
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha -fayllar.org

Ikkinchidan, mamlakatimizda qurilish sohasida ham katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Mahsulot tannarxini kamaytirish bo‘yicha Toshkent shahridagi “Shah-Polan M”, Farg‘onadagi “Farg‘ona Yasin Qurilish Mollari” kabi 50 dan ziyod qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalardan takliflar kelib tushgan. Masalan, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq sementning tannarxida – 14 foiz, asfaltda – 10 foiz, qum-shag‘al aralashmasida – 7 foizni tashkil etadi.
Shu bois noruda qazilmalarga (qum-shag‘al, ohaktosh, gips, dolomit kabi) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2 barobar kamaytiriladi. Buning hisobidan 1,5 mingga yaqin korxonalar ixtiyorida yiliga 500 milliard so‘m mablag‘ qoladi. Masalan, “Huaxin Cement Jizzakh” qo‘shma korxonasi o‘z ixtiyorida qolgan 27 milliard so‘m mablag‘ni o‘z faoliyatini yanada kengaytirishga sarflashi mumkin bo‘ladi.
Uchinchidan, biz xizmatlar sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratyapmiz. Qisqa muddatda yangi ish o‘rinlarini yaratadigan sohalardan biri ham servis sohasi hisoblanadi.
Mana, pandemiya hanuz davom etyapti va bu xizmatlar sohasi, ayniqsa, umumiy ovqatlanish va turizm korxonalari uchun qanchalik og‘ir bo‘layotganini barchamiz ko‘rib turibmiz, albatta.
Bu borada umumiy ovqatlanish va turizm korxonalaridan o‘tgan yili berilgan imtiyozlarni uzaytirish bo‘yicha 300 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Shu bois jami 13 mingta umumiy ovqatlanish korxonasini yil yakuniga qadar yer va mulk solig‘idan ozod qilamiz. Bu imkoniyat ularga 30 milliard so‘m qo‘shimcha ko‘mak deganidir. Ularning boshqa soliqlardan mavjud 35 milliard so‘m qarzlari bo‘yicha to‘lov muddatlari joriy yil yakunigacha uzaytiriladi, kreditlarini qaytarish ham kechiktiriladi.
Shu bilan birga, turizm kompaniyalari va mehmonxonalarni turistik yig‘imlardan 2 yil muddatga ozod qilsak, nima deysizlar? Bu – hozirgi qiyin sharoitda tushumi kamayib ketgan 2 ming nafar tadbirkor ixtiyorida 150 milliard so‘m qoladi, degani.
To‘rtinchidan, bugungi kunda 5 mingga yaqin tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha debitor qarzdorligi mavjud.
Pandemiya sababli ushbu tadbirkorlarga jarima solish va hozirgi paytgacha qo‘llangan 6 trillion so‘mlik jarimalarni undirish joriy yil yakuniga qadar to‘xtatiladi.

Yüklə 54,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə