Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish eng muhim vazifamizdir


Bir narsani barchamiz aniq tushunib olishimiz lozim. Tadbirkorlarimizning ushbu murojaatlari – amaldagi islohotlarimiz ko‘zgusidir



Yüklə 54,26 Kb.
səhifə3/19
tarix29.11.2023
ölçüsü54,26 Kb.
#139872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha -fayllar.org

Bir narsani barchamiz aniq tushunib olishimiz lozim. Tadbirkorlarimizning ushbu murojaatlari – amaldagi islohotlarimiz ko‘zgusidir. Shu bois har bir vazirlik va idora rahbari, viloyat, tuman va shahar hokimlari kelib tushgan murojaatlarni o‘zlarining faoliyatiga berilgan baho, deb bilishlari, bundan to‘g‘ri xulosa chiqarib, mazkur yo‘nalishda keskin o‘zgarishlar qilishlari zarur va shart.
Tashabbus ko‘rsata olmaydigan, yangi-yangi g‘oyalarni ko‘tarib chiqishga, o‘zgarish qilishga intilishi bo‘lmagan rahbarlarga nisbatan talab va choralar juda qattiq bo‘ladi.
Hurmatli biznes vakillari!
Men sizlar tomoningizdan ko‘tarilgan masalalar bilan atroflicha tanishib chiqdim. Shu bois sizlarni qiynayotgan barcha muammo va savollardan to‘la xabardorman.
bugungi kunga qadar eng dolzarb muammolarni tizimlashtirib, ularni hal etishga qaratilgan 7 ta muhim yo‘nalish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqdik. Bugun sizlar bilan birgalikda ularni batafsil muhokama qilib olmoqchimiz.
Birinchi yo‘nalish. Sizlardan kelib tushgan murojaatlarning 40 foizi biznesni moliyalashtirish va moliya-kredit masalalari bilan bog‘liq. Ushbu murojaatlarning asosiy qismida kredit stavkalarining yuqoriligi va ko‘plab kreditlarning qisqa muddatga, tadbirkor uchun noqulay shartlarda berilayotgani qayd etilgan.
Masalan, Urgutda elektr texnikasi mahsulotlarini ishlab chiqaradigan “Sam Elektro Servis” korxonasi ikki yarim milliard so‘m kreditni 3 yil muddatga olgani, korxona foyda bilan ishlashi uchun esa, unga kamida 5 yil muddat kerakligini ta’kidlagan.
Haqiqatan ham, tan olib aytishimiz kerak, tadbirkorlarga bugungi kunda berilayotgan aksariyat kreditlarning muddati 3 yildan oshmaydi.
Shuningdek, banklar tomonidan 18 mingga yaqin tadbirkorga yillik 8-10 foizda xorijiy valyutada berilgan kredit, valyuta kursining muntazam o‘sishi hisobidan, qo‘shimcha xarajatlarni yuzaga keltirmoqda. Bu haqda mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgani ham ushbu masalalar tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lida og‘ir yuk, to‘siq bo‘lib turganini ko‘rsatmoqda. Shu bois tijorat banklarining uzoq muddatli resurs bazasi va kreditlarning maqbul foiz stavkalarini shakllantirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rishimiz talab etiladi.

Yüklə 54,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə