7
oilalarda tajriba qilingan bo‘lsa (Anna-and-the-King-of-Siam), 1950
- yillarda
AQSH va Yevropa mamlakatlarida ommaviy tus oldi va o‘n yil ichida «Foreign
Language in Elementary School» dasturi asosida ta’lim oluvchi o‘quvchilar soni
bir millionga yetdi. Fransiya, Shvetsiya va Gollandiyada esa 1950-yillar o‘rtalarida
«English without a book» dasturi asosida ingliz tili 3-sinfdan o‘qitila boshlandi.
1997 - yil fevral oyida Grats (Avstriya) shahrida Zamonaviy tillar Yevropa
markazi (ECML) boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillarni o‘qitish muammolariga
bag‘ishlangan «Foreign Language Education in Primary Schools»
mavzusida
xalqaro seminar, 1997 - yil aprel oyida Vorvik (Angliya) shahrida «Warwick
Euroconference on Teaching of Foreign Languages in European Primary Schools»
mavzusida, 1998 - yil yanvar oyida Grats shahrida «Foreign language education in
primary schools - an international concern to be implemented in national contexts»
mavzusida, 1999 - yil Brussel (Belgiya)da ingliz tili ta’limida
sifat va
samaradorlikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan loyihalar muhokamasiga
bag‘ishlangan anjuman (Stimulating language learning: The European Label),
2007 - yil Gersen nomidagi davlat pedagogika universitetida (Sankt-Peterburg)
boshlang‘ich sinflarda chet tillarni o‘rgatish/o‘rganish
metodlari va pedagoglar
tayyorlash muammolariga bag‘ishlangan (Early Foreign Language Education)
xalqaro seminar, 2008 - yil Bangalor (Hindiston)da boshlang‘ich ta’limda xorijiy
tillarni o‘qitish xalqaro tajribalarni ommalashtirishga bag‘ishlangan (The Way
Forward: Learning from International Experience of TEYL) xalqaro konferensiya
o‘tkazildi.
2013 - yil Moskva (Rossiya)da «Chet tillarni o‘qitish
nazariyasi va
amaliyoti: an’analar va innovatsiyalar» mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-
amaliy konferensiyada ham boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliz tili o‘qitish
metodikasining dolzarb muammolari muhokama etildi. Yuqorida qayd etilgan
seminar va konferensiyalarda boshlang‘ich ingliz tili ta’limida sifat va
samaradorlikni ta’minlash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi.
Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitishning: a) psixologik asoslari
I.A.Zimnyaya (1991), D.M.Singlton (1995), D.Singlton va L.Ryan (2004),
8
Z.Dorney (2005), P.M.Laytboun, N.Spada. (2006), A.P.Sinelnikov (2009),
M.Villiams, R.L.Bedn (2010); b) pedagogik asoslari V.A.Skot, L.X.Yetrberg
(1992), S.Xallivel (1993), K.Grant (2002), J.Mun (2005), S.Xorner, V.Rif (2007),
A.Pinter (2011), D.Veil, A.Faunteyn (2011); d) metodologik asoslari
N.D.Galskova, Z.N.Nikitenko (2004), L.Kamerun (2005), K.T.Linz, D.Nyunen
(2005), N.A.Gorlova (2010) kabi olimlar tomonidan nashr ettirilgan adabiyotlarda
atroflicha yoritilgan.
Sohaga oid adabiyotlarning qisqacha sharhidan ma’lum bo‘ladiki, tadqiqotlar
turli ta’lim sharoitlarida olib borilgan.
Shuningdek, ayrim tadqiqotlarda kichik
yoshdagi ingliz tili o‘rganuvchilar sifatida maktabgacha ta’lim muassasasi
tarbiyalanuvchilari nazarda tutilgan bo‘lsa, ayrimlarida 5 yoshdan 12
yoshgacha
bo‘lgan o‘quvchilarga ingliz tili o‘qitish jarayoni tadqiqot ob’yekti sifatida
tanlangan.
Yuqoridagi adabiyotlarda «
Dostları ilə paylaş: