14
2. Mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning yoshiga
mos jismoniy harakatlarini
rag‘batlantirish.
3. O‘quvchilarni ona tili va o‘rganilayotgan chet tilning o‘xshash jihatlaridan
xabardor etish.
4. O‘quvchilarning vositachi til (metatil) tajribalarini rivojlantirish.
5. O‘quvchilarni ona tili va o‘rganilayotgan chet tilning aloqadorligidan
foydalanishga o‘rgatish.
6. O‘quvchilarni o‘rganilayotgan ingliz
tili tuzilmasi bilan umumiy
tanishtirish.
7. Individual yondashish, ya’ni o‘quvchilarning xos xususiyatlari (har qaysi
o‘quvchining tabiati,
nimalarga qodirligi, qiziqishi, kim bilan do‘stlashishi,
nimalarga salbiy munosabatda bo‘lishi)ni inobatga olib
psixo-pedagogik tadbirlar
olib borish.
Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitishning metodik tamoyillari
Ingliz tili o‘qitish metodikasining, (a) umumiy (nutqiy yo‘nalganlik,
chegaralab va yaxlit o‘rgatish,
mashqlar bajarish, til tajribasini hisobga olish), (b)
xususiy (nutq namunasi asosida ingliz tili o‘qitish, til mashqi va nutq amaliyoti
bog‘liqligi, nutq faoliyati turlarining o‘zaro bog‘liqligi, og‘zaki
nutqning
ilgarilashi, chet tilda tabiiy nutqqa yaqinlashish, ibtidoiy bosqichni jadallashtirish),
(d) maxsus (grammatikani o‘rgatish, leksikani o‘rgatish, o‘qishni o‘rgatish va
ingliz tili o‘rgatishda nutq yozishni qo‘llash) tamoyillari ishlab chiqilgan. Biz
pedagogik tamoyillarni umumlashtirishda xorijiy tillarni boshlang‘ich ta’limda
o‘qitishga kommunikativ yondashuvni nazarda tutdik.
1. Vizual yondashuv va multisensor (barcha nutq analizatorlarini to‘liq
qo‘zg‘atuvchi) o‘rganishni tatbiq etish. Ya’ni o‘quv materialini puxta
o‘zlashtirilishini ta’minlash maqsadida ko‘rish,
eshitish, harakat (nutq harakat va
qo‘l harakat) analizatorlari ishtirokida ko‘plab mashq qilish.
2. Yaxlit (leksika, grammatika va talaffuzga oid til materialini yaxlitligicha)
o‘rgatish.
15
3. Nutqiy yo‘nalganlik (leksik, grammatik
va talaffuz mashqlari nutq
faoliyatini egallash maqsadida bajarish).
4. Nutq namunalari asosida ingliz tili o‘rgatish.
5. Ona tili va bilingv o‘quvchilarning ikkinchi tilini o‘zlashtirishdagi til
tajribalarini hisobga olish.
Dostları ilə paylaş: