13
tamoyillarini quyidagicha umumlashtirgan: faollik, ko‘rgazmalilik, o‘quvchi
salohiyatiga moslik, individual yondashish, sistemalilik.
Ilmiy manbalarni o‘rganib chiqib boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillarni
o‘qitishning didaktik tamoyillarini quyidagicha umumlashtirish mumkin:
1. O‘quvchilarning ingliz tilio‘rganish usullari, strategiyalari
va qobiliyatini
inobatga olish.
2. Tinglab tushunish mashqlariga ustuvor ahamiyat qaratish.
3. Darslarda ma’noli kontekstlar va mavzuga oid nutq vaziyatlarini yaratish.
4. Mashg‘ulotlarda texnik vositalardan keng foydalanilish.
5. O‘quvchilarning yoshiga mos autentik materiallaridan foydalanish.
6. Nutq namunalari asosida ingliz tilio‘rgatish.
7. Mavzularni obrazlashtirish (gapiruvchi qo‘g‘irchoqlar yordamida).
Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitishning psixolingvistik tamoyillari
Til o‘rganish aqliy faoliyat bo‘lganligi tufayli uning psixologik asoslari
mavjud. Aqliy faoliyat ruhshunoslikda ilmiy jihatdan tekshiriladi. Shu munosabat
bilan ingliz tilio‘qitishning psixologik tamoyillarini tadqiq etish ehtiyoji tug‘iladi.
Ilmiy manbalarda ingliz tili o‘qitishning ikkita psixologik
tamoyillari ishlab
chiqilgan. Psixologik tamoyillar «
verbalizatsiya
» (o‘zga til amalda faqat og‘zaki
nutq orqali o‘rganiladi) va «
korrelatsiya
» (ingliz tili materialining muayyan
chegarasi aniqlanadi, birinchi galda nutq malakalarini
hosil qilish uchun
mo‘ljallangan til birliklari majmuyi shakllanadi) nomlarini olgan. Ingliz
tilio‘qitishning tilshunoslik asoslari birmuncha tadqiq etilganligiga qaramay,
metodika fanida ingliz tili o‘qitishning lingvistik
tamoyillari masalasiga kam
e’tibor qaratilgan.
Metodika tamoyillari mohiyatini yoritishda psixologik va lingvistik qonun-
qoidalarga suyanib ish ko‘rildi va quyidagi psixolingvistik tamoyillar
umumlashtirildi:
Dostları ilə paylaş: