5
Kirish
Mamlakatimizda
jamiyatning
ijtimoiy
buyurtmasi
xorijiy
tillarni
boshlang‘ich sinflarda va kommunikativ maqsadlarda o‘qitilishiga bo‘lgan
ehtiyojni yanada kuchaytirdi. Ingliz tili boshlang‘ich ta’limga o‘quv predmeti
sifatida
kiritildi, maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillarni o‘qitish
yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Boshlang‘ich ta’limda ingliz tili o‘qitishning zamonaviy maqsad,
mazmun
va texnologiyalarini takomillashtirish, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga
ingliz tili o‘qitish amaliyotida to‘plangan an’anaviy
va xorijiy tajribalarni
umumlashtirishga xizmat qiluvchi o‘quv qo‘llanmalarning yetishmasligi oqibatida
mazkur soha uchun pedagog kadrlar tayyorlash
jarayonida yetarlicha
samaradorlikka erishilmayapti.
Muallif yuqorida bayon etilgan muammolarni bartaraf etish, ya’ni
mazkur
ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, amaliyotchi o‘qituvchilar,
pedagog
kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari uchun
maxsus o‘quv qo‘llanmani yaratish mas’uliyatini o’z zimmasiga olishga jurat etdi.
Qo‘lingizdagi kitob chet el (V.A.Skot va L.X.Yeterberg 1990; S.Xalivel
1993; J.Mun 2000; N.D.Galskova va Z.N.Nikitenko 2004; L.Kamerun 2005;
T.Gordon 2007; N.A.Gorlova 2010; A.Pinter 2011)
va mamlakatimiz
nashriyotlarida chop etilgan darslik va qo‘llanmalar hamda milliy maktablar
tajribasi yoritilgan metodik manbalarga asoslanib yaratildi.