Talaba: Mustafayev Sherzod Balans likvidligi tahlili


Yuqori likvid aktivlar A1



Yüklə 14,36 Kb.
səhifə2/3
tarix22.03.2024
ölçüsü14,36 Kb.
#184132
1   2   3
Balans likvidligi tahlili

1. Yuqori likvid aktivlar A1- joriy hisoblashishlarni bajarish uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘larining barcha moddalari bo‘yicha miqdori. Ushbu guruhga pulga tenglashtirish mumkin bo‘lgan qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar (qimmatli qog‘ozlar) ham kiritiladi. 2. Tez sotiladigan aktivlar A2 - debitorlik qarzi. Ushbu aktivlar likvidligi turlicha bo‘lib, subyektiv va obyektiv omillar: korxonaning moliyaviy xodimlari malakasi, to‘lovchilar bilan o‘zaro munosabatlar va ularning to‘lov qobiliyati, xaridorlarga kreditlar taqdim etish shartlari kabilarga bog‘liq bo‘ladi. 3. Sekin sotiladigan aktivlar A3- «Kelgusi davr xarajatlari» moddasi istisno qilingan holda “Zaxiralar va sarf-xarajatlar” aktivi II bo‘limining, shuningdek, «Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar» (boshqa korxonalar nizom jamg‘armasiga qo‘yilmalar miqdoriga kamaytirilgan) moddalari. 4. Qiyin sotiladigan aktivlar A4 - nisbatan uzoq davr mobaynida xo‘jalik faoliyatida foydalanish uchun mo‘ljallangan aktivlar. Oldingi guruhga kiritilgan moddasini istisno qilgan holda balans aktivi I bo‘limi «Uzoq muddatli aktivlar» moddalarini kiritish mumkin.
Aktivlarning dastlabki uch guruhi (yuqori likvid aktivlar, tez sotiladigan aktivlar va sekin sotiladigan aktivlar) joriy xo‘jalik davri mobaynida muntazam o‘zgarishi mumkin va korxonaning joriy aktivlariga taalluqli sanaladi. Joriy aktivlar boshqa mulkka nisbatan yuqori likvid bo‘ladi.
Korxona aktivlarining tarkibiy qismlarini qaytarish muddati kelishi hisobga olingan holda balans passivi bilan taqqoslash uchun quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Muddati kelgan majburiyatlar P1 - kreditorlik qarzi, dividendlar bo‘yicha hisoblashishlar, boshqa qisqa muddatli majburiyatlar, shuningdek, muddatida qaytarilmagan ssudalar. 2. Qisqa muddatli passivlar P2 - tarkibiga quyidagilar kiradi: qisqa muddatli qarzlar, qisqa muddatli kreditlar, xaridor va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar. 3. Uzoq muddatli passivlar P3 - uzoq muddatli kreditlar va qarz mablag‘lari. 4. Doimiy passivlar P4 - balans passivi I bo‘limi jami. Aktiv va passiv balansini saqlash uchun ushbu guruh jamini “Kelgusi davr xarajatlari” miqdoriga kamaytirish talab qilinadi.
Balans likvidligini aniqlash uchun keltirilgan guruhlar jamini aktiv va passiv bo‘yicha taqqoslash lozim. Agar quyidagi nisbatlar o‘rinli bo‘lsa, balans mutlaq likvid hisoblanadi:
A1≥ P1,
А2 ≥ P2 ,
А3 ≥ P3,
А4 ≤ P4 .
Bunda, agar quyidagi uchta shart bajarilgan bo‘lsa:
A1≥ P1,
А2 ≥ P2 ,
А3 ≥ P3.
Ya’ni joriy aktivlar korxonaning tashqi majburiyatlaridan oshib ketsa, u holda albatta oxirgi tengsizlik ham bajariladi: А4 ≤ P4,
U korxonada o‘z aylanma mablag‘lari mavjudligini tasdiqlaydi va moliyaviy barqarorlikning minimal shartiga rioya qilinayotganligini anglatadi. Dastlabki uch tengsizlikdan birining bajarilmasligi balans likvidligi buzilganligidan darak beradi. Bunda aktivlarning bir guruhi bo‘yicha mablag‘lar yetishmasligi boshqa guruhdagi ortiqcha mablag‘ bilan kompensatsiyalanmaydi, chunki kompensatsiya faqat qiymat bo‘yicha bo‘lishi mumkin; real to‘lov vaziyatida kamroq likvid aktivlar yuqori likvid aktivlarning o‘rnini bosa olmaydi.
Balans likvidligi jadval ko‘rinishida quyidagicha rasmiylashtiriladi


Yüklə 14,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə