Talaba: Sorabekova Ezoza O’qituvchi: Nilufar Yuldasheva Diqqat xususiyatlari



Yüklə 2,46 Mb.
səhifə2/3
tarix19.12.2023
ölçüsü2,46 Mb.
#151848
1   2   3
Diqqat xususiyatlari Ezoza

3.Diqqatning turlari.
Psixologiyada ikki xil diqqat turi farq qiladi. Ulardan biri ixtiyorsiz diqqat bo’lsa, ikkinchisi- ixtiyoriy diqqatdir.
Ixtiyorsiz diqqat deb to’satdan ta’sir qilgan biror sabab tufayli bizning xohishimizdan tashqari hosil bo’ladigan diqqatga aytiladi. Ixtiyorsiz diqqat odamning har turli ehtiyojlari va qiziqishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan diqqatdir. Ixtiyorsiz diqqatning nerv-fiziologik asosini oriyentirovka yoki tekshirish refleksi tashkil qiladi.
Ixtiyoriy diqqat deb oldindan belgilangan qat’iy bir maqsad asosida va ongli ravishda diqqatimizni ma’lum narsa hamda hodisalarga qaratilishiga aytiladi. Ixtiyoriy diqqatning nerv-fiziologik asosida miya yarim sharlarining po’stida vujulga keladigan optimal qo’zg’alish manbai bilan ikkinchi signallar sistemasining faoliyati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga kelishida nutqning roli g’oyat kattadir.
Ixtiyoriy diqqat har doim ixtiyorsiz diqqat bilanalmashinib turadi. Ixtiyoriy diqqat paytida odam tez charchaydi, chunki ixtiyoriy diqqat odamdan hamma vaqt iroda kuchini sarflashni talab etadi.
Diqqatning asosiy turlari ixtiyyoriy va ixtiyorsiz diqqatdir. Diqqatni bunday turlarga bulish xissiyot yoki irodaning ustunligiga asoslanadi. Shu sababli, ba’zan diqqatning bu turlari irodaviy va emotsional diqqat deb xam ataladi. Diqqatning yana uchunchi turi sungi ixtiyoriy diqqat bo’lib, u dastlabki ikki turdagi diqqatning uziga xos sintezidan iborat. Ixtiyorsiz diqqat maxsus zur berishni talab kilmaydi. U ongga ta’sir etuvchi predmet yoki xodisaning bevosita kizikish uygotishidan paydo bo’ladi.
4.Diqqatning xususiyatlari.
Odamning diqqati bir qancha xususiyatlariga ega bo’lib, ulardan asosiylari-diqqatning bo’linuvchanligi va diqqatning ko’chuvchanligidan iboratdir. Diqqatning kuchi va barqarorligi deb odam o’z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi deb odam o’z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi.
Diqqatning bo’linuvchanligi. Diqqatning bo’linishi deganda, biz ayni bir vaqtda diqqatimizni ikki yoki uch narsaga qaratilishini tushunamiz. Agar diqqatimiz faqat bitta narsaga qaratilgan bo’lsa, ya’ni diqqatimiz faqat bitta narsa ustida to’plangan bo’lsa buni konsentratsiyalashgan (to’plangan) diqqat deb yuritiladi. Buning aksicha, agar diqqatimiz ayni bir vaqtda bir necha narsaga qaratilgan bo’lsa, buni bo’lingan (taqsimlangan) diqqat deb yuritiladi.
Diqqatning bo’linishi har kimda har xil bo’ladi. Buning sababi shundaki, diqqatning yengillik bilan bo’linishi diqqatimiz qaratilgan narsalarning ilgaridan bizga qanchalik tanishligi bilan bog’liqdir.
Diqqatning ko’chuvchanligi. Odamning diqqati har doim bir narsada ikkinchi bir narsaga, bir faoliyatidan boshqa bir faoliyatiga ko’chib turadi. Diqqatning ana shunday xususiyatini diqqatning ko’chuvchanligi deb yuritiladi. Diqqatning ana shu yuqorida ko’rib o’tgan asosiy xususiyatlari odamning (shu jumladan bolalarning ham) barcha turdagi faoliyatlari uchun juda kerakli xususiyatlardir. Diqqatning ana shu xususiyatlari tufayli odam atrofidagi muhitga, undagi turli-tuman o’zgarishlarga tez moslasha oladi. Diqqatning bu asosiy xususiyatlari odamga tug’ma ravishda, ya’ni irsiy yo’l bilan berilmaydi. Bu xususiyatlar odamning yoshlik chog’idan boshlab turli faoliyatlar- o’yin, o’qish va mehnat faoliyatlari jarayonida tarkib topib boradi.
Xulosa
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, diqqat - bu ongning muayyan ishni bajarishga ma'lum, tanlab yo'naltirilishi. Diqqatning asosiy funktsiyalari, masalan, orientatsiya - aqliy faoliyatning tanlab olish xususiyati, uning ob'ektlarini ataylab yoki beixtiyor tanlash, ma'lum vaqt davomida faoliyatni saqlab qolish kabilar ko'rsatilgan. Biz ko'rib chiqqan keyingi funktsiya - bu konsentratsiya, faoliyat chuqurligi. Konsentratsiya juda muhim, chunki u barcha begona narsalardan chalg'itish bilan bog'liq.
Biz qamrab olgan oxirgi funktsiya - bu faoliyatni nazorat qilish va tartibga solish. Bundan tashqari, bu muhim ahamiyatga ega emas, chunki buning natijasida aks ettirish aniq va ravshan bo'ladi.
U diqqatning ishlashini elektromexanik filtrning ishi bilan taqqosladi, bu esa o'z navbatida ma'lumotni tanlashni amalga oshirdi va axborot uzatish kanalini ortiqcha yuklanishdan himoya qildi.
Keyingi nazariya - Uilyam Nayser nazariyasi. Diqqat, bu nazariyaga ko'ra, kognitiv sxemalar tomonidan kutilgan faol tanlov harakatidir. Keyinchalik - e'tiborni aqliy harakat sifatida talqin qilgan Daniel Kahneman nazariyasi. Va nihoyat, biz Susanna Yakovlevna Rubinshteinning aqliy faoliyati kontseptsiyasini ko'rib chiqdik. U e'tiborning o'ziga xos mazmuniga ega emasligiga ishondi.

Yüklə 2,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə