|
Talabalari uchun darslikxromosomalardagi genlarning joylashish tartibi va o ‘rni o ‘zgaradiGenetika (A.G\'ofurov, S.Fayzullayev)xromosomalardagi genlarning joylashish tartibi va o ‘rni o ‘zgaradi.
Paxinemaning oxirgi bosqichida va keyingi bosqich
diplonemada
kon'yugatsiyalashgan gomologik xromosomalaming bir-biridan ajralishi
yuz beradi. Gomologik xromosomalar odatda uchki qismi bilan bir-biridan
ajrala boshlaydi va natijada X ga o ‘xshash shakllari hosil bo‘ladi. Bu
holat
xiazma
deyiladi. Xiazmalar soni gomologik xromosoma uchlarini
harakatlanishi tufayli asta-sekin kamayadi. Profaza I ning oxiigi bosqichi
bo‘lgan
diakinezda
gomologik xromosomalar spirallashishi hisobiga
qisqarib, yo‘g‘onlashadi. Bivalentlar soni gaploidga aylanadi. Bu bosqichda
yadrochalar va yadro qobig‘i yo‘qoladi.
Metafaza I
da xromosomalar o ‘z sentromerlari bilan birgalikda
ekvatorda to‘g‘ri chiziq bo‘ylab joylashadi.
Anafaza I
da gomologik
xromosomalar xromatidalarga ajralgan holda qarama-qarshi qutblarga
tarqaladi. Oqibatda qiz hujayralaming yadrosida xromosomalar soni teng
ikki hissaga kamayadi. Har bir juftdagi ota va ona xromosomalari istalgan
qutblarga teng imkoniyatlarda tarqalishi mumkin.
Reduksion bo‘linishning keyingi fazasi
telofaza I
bo‘lib, u qisqa vaqt
davom etadi. Bu bosqichda xromatinlaming despirallashishi, yadro qobigfci
hosil bo‘ladi.
Telofaza I
dan so‘ng doima ham sitokinez уа’ш sitoplazmaning
bo‘linishi ro‘y beravermaydi. Ba’zan bu jarayon meyozning ikkinchi
bo‘linishidan so‘ng amalga oshadi.
Profaza
iPa\inema
Diplonem
Diakinez
Metafaza II
Metafaza
Anafaza ^
A
Anafaza
Dostları ilə paylaş: |
|
|