|
Talabalari uchun darslikGenetika (A.G\'ofurov, S.Fayzullayev)Teiofaza II
Telofaza
Gametalar
Interkinez
8 -rasm. M eyoz sxemasi. Л va V gomologik xromosomalaming
har xil juftlari.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Meyozning birinchi va ikkinchi bo‘linishi o ‘rtasidagi bosqich
interkinez
deb ataladi. Interfazadan farqh o ‘laroq, interkinezda xromosomalar
reproduksiyasi va D N K replikatsiyasi го‘у bermaydi. Interkinezda har
bir xromosoma qo‘sh xromatidalardan tashkil topgan bo‘ladi.
Profaza II
mitoz profazasidan farq qilmaydi ya’ni yadro membranasi, yadrocha
yo‘qoladi, xromosomalar shakllanadi.
Metafaza II
da xromosomalar o kz sentromeralari bilan ekvator
tekisligida joylashadi.
Anafaza II
da sentromerlar bo‘linadi va har bir xromatida mustaqil
xromosoma bo‘lib qoladi.
Telofaza II
da xromosomalar qutblarga torqaladi va sitokinez amalga
oshadi, ya’ni I meyoz bo‘linish natijasida h^r bir gaploid sondagi
xromosoma juftligiga ega bo‘lgan ikkita yadro hosilbo‘ladi. Ikkinchi meyoz
bo‘linishda har bir yosh yadro yana bo‘linadi, biroq bunda qutblarga
yosh xromatidalardan vujudga kelgan xromosomalar tarqaladi. Binobarin
meyoz bo‘linishga uchragan har bir hujayradan gaploid xromosoma
to‘plamiga ega to‘rtta jinsiy hujayra-gameta hosil bo‘ladi.
2.Hayvonlarda gametogenez
Jinsiy hujayralarning hosil bo‘lish jarayoni
gametogenez
deyiladi.
Erkak jinsiy hujayralami hosil bo‘Ushi —
spermatogenez,
urg‘ochi
jinsiy hujayralami hosil bo‘lishi —
oogenez
deyiladi. Gametogenez to‘rtta
Dostları ilə paylaş: |
|
|