Ta’lim yo‘nalishi Talabaning F. I. Sh guruh bitiruv malakaviy ishini bajarishga doir topshiriqlar mavzu



Yüklə 137,42 Kb.
səhifə13/19
tarix15.09.2023
ölçüsü137,42 Kb.
#121986
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
TASDIQLAYMAN

Empatiya - bu o‘zini boshqasining o‘rniga qo‘yish, qaror qabul qilish jarayonida boshqa odamlarning his-tuyg‘ulari va kechinmalarini hisobga olish qobiliyati. Ushbu shkala bo‘yicha ham o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari o‘quvchilarning 14 tasi o‘rta natijani olishganini ko‘rishimiz mumkin. Yuqori darajadagi empatiya liderlik, muloqot, yordam berish, ta’lim va tarbiya bilan bog‘liq faoliaytlarda hammadan oldinda bo‘lish imkonini beradi. O‘rta hamda past natijadagi o‘quvchilarda turli ijtimoiy holatlarda muammo va qiyinchiliklar kelib chiqishi mumkin.
Keyingi shkala natijalari muloqot - xushmuomalalik, odamlarga do‘stona qiziqish, muloqotga kirishishga tayyorlikni aks ettiradi. Natijalarga keladigan bo‘lsak, o‘quvchilarning 75 % ya’ni 39 tasi yuqori natija qayd etganligini ko‘rishimiz mumkin. O‘z- o‘zidan ushbu yoshda muloqotchanlik yuqori bo‘lishi mumkin. Ushbu natija o‘quvchilarga kundalik hayot davomida, ta’lim – tarbiya jarayonlarida ko‘p yordam berishi mumkin. Muloqot ko‘nikmalari aniqlanganda o‘rta natija bilan 20% ya’ni 10 ta, past natija bo‘yicha esa 3 ta o‘quvchi aniqlandi. Ushbu 3 ta o‘quvchilar bilan suxbat uyushtirilganda, ularda tortinchoqlik, biror bir yumush yoki topshiriqni qiyinchilik bilan bajarishi aniqlandi. Ya’ni ijtimoiy intellekti past natija berganligi ma’lum bo‘ldi.
Ijtimoiy intellektimizning oxirgi shkalasining natijalariga keladigan bo‘lsak, o‘z-o‘zini rag‘batlantirish, ya’ni samamotivatsiya natijalarini ko‘rib chiqamiz. Yuqoridagi diagramma natijalarida ko‘rsatilgandek jami o‘quvchilarning 50% yani 26 ta o‘quvchi yuqori natija qayd etganligi ko‘rinib turibdi. O‘z-o‘zini rag‘batlantirish o‘quvchi yoshlarga hayot faoliyati davomida yuqori darajali maqsadlarga erishishga yordam beradi hamda ularning kelajakdagi ishlarining natijasining samarali ekanligini bashorat qila olish imkoniyatini beradi. O‘rta natijani qayd etgan o‘quvchilar 30 % ni 16 tani tashkil etdi. Ushbu o‘quvchilarning kelajakdagi hayotlarida biror qarorga kelishlarida, shaxsiy muammolarini bartaraf etishlarida bir muncha qiyinchilikka uchrashlari mumkin ekanliginiaytish mumkin. Past natijani esa 20 % ya’ni 10 ta o‘quvchi qayd etdi. O‘z-o‘zini motivatsiyaning past darajasi turli ijtimoiy vaziyatlarda muvaffaqiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Tadqiqotimiz davomida o‘tkazilgan o‘smirlarda ijtimoiy intellekt nomoyon bo‘lish darajasini aniqlshga mo‘ljallangan G. Rezapkina tomonidan o‘zgartirilgan Bass-Darki testi haqida umumiy ma’lumot aytadigan bo‘lsak, birinchi shkala hamda to‘rtinchi shkalani taqqoslab chiqishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki tadqiqot ma’vzumizdan kelib chiqqan holda, o‘smirlarning o‘z-o‘zini anglashi hamda muloqotchanlik ko‘nikmalarining o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashimiz lozim bo‘ladi.
Raqamlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, kommunikativlik xususiyati yuqori bo‘lgan o‘quvchilar umumiy o‘quvchilarning 75 % ini (39 ta), o‘z- o‘zini anglash natijasi bo‘yicha esa 70 % (35) tani tashkil etmoqda. Bu esa muloqotchanligi yuqori bo‘lgan o‘quvchilarning o‘z- o‘zini anglashi, ijtimoiy intellektining yuqori bo‘lishiga sababchi bo‘lishidan dalolat beradi.

3.2. VN. Koskomning “Ijtimoiy intellekt va komunikativligini o‘lchash” metodikasi va uning tahlili


V. N. Koskom tomonidan "kommunikativ va ijtimoiy kompetentsiyani o‘lchash" so‘rovnomasini normallashtirish bo‘yicha quyidagi statistik ma'lumotlar mavjud.
Hozirgacha test 15 ta asosiy o‘lchovdan iborat bo‘lib, ulardan sakkiztasi shaxsiy omillarga tegishli. Har bir shkala 6 ta hukmni o‘z ichiga oladi, ulardan 3 tasi ijobiy javobni, qolgan uchtasi salbiy javobni anglatadi. Yolg‘on shkalasi ham mavjud.
Natijalarning ishonchliligini oshirish uchun so‘rovnoma matniga ma'qullash yoki yolg‘on motivatsiyasi shkalasi kiritilgan bo‘lib, uning savollari D. Marlou va D. Krounning ma'qullash motivatsiyasini o‘z-o‘zini baholash diagnostikasi metodologiyasidan olingan. Texnika ko‘p bosqichli tasdiqlashdan o‘tdi. Uning haqiqiyligi boshqa ma'lum psixologik usullarning ko‘rsatkichlari bilan ko‘plab korrelyatsiyalar bilan tasdiqlangan.
Ko‘rsatmalar: Respondentlar rozi bo‘lgan bayonotlarini “+” (plus) belgisi bilan, “-” (Minus) belgisi bilan esa rozi bo‘lmaganlik javoblarini taqdim etishlari lozim.
2-rasm. VN. Koskomning “Ijtimoiy intellekt va komunikativligini o‘lchash” metodikasining tahlili. Yuqori ko‘rsatgich 65 % (35 ta o‘quvchi), o‘rta 20 % (10 ta o‘quvchi), past ko‘rsatgich 15 % (7 ta o‘quvchi).

Yüklə 137,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə