Ta’limda ustuvorlik, dolzarblik va samaradorlik


Zamonaviy ta’lim jarayonini tashkil etishda axborot



Yüklə 480,81 Kb.
səhifə25/29
tarix27.07.2023
ölçüsü480,81 Kb.
#120027
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
TA’LIMDA USTUVORLIK, DOLZARBLIK VA SAMARADORLIK

Zamonaviy ta’lim jarayonini tashkil etishda axborot
resurslariga talablar

Oliy ta’lim jarayonini tashkil etishda va yuqori sifatli raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda ochiq ta’lim resurslarining o‘rni kattadir. Oliy ta’limning sifatini ta’minlash bo‘yicha eng ilg‘or xorijiy oliy ta’lim muassasalari tomonidan ommaviy onlayn ochiq kurslariga kiritgan o‘quv kurslaridan foydalangan holda oliy ta’lim tizimidagi sub`ektlarining kommunikativ kompetentligini oshirish mexanizmlari o‘rganish va milliy ochiq onlayn ta’lim resurslarini yaratish dolzarb muammolardan hisoblanadi. Yangi ta’lim modelining asosiy maqsadi – zamonaviy axborot jamiyatini rivojlantirish bilan bilim talabgorlariga maksimal yuqori darajadagi raqobatbardosh ta’limni ta’minlovchi muhitni hosil qilish: hamkorlik, kommunikatsiya, ijtimoiy javobgarlik, muammolarni operativ va sifatli yichish. Masalaning bunday qo‘yilishi faol va dolzarb kontentlarni ishlatish zaruratini shart qilib qo‘yadi. Ochiq ta’lim resurslarini rivojlantirish va foydalanishni olg‘a surmay bunday global masalani yichish imkoniyati yo‘q. Turli mamlakatlarda ko‘p sonli foydalanuvchilar ochiq ta’lim resurslaridan foydalanib kelmoqda. MIT OCW ma’lumotlariga ko‘ra, ularning saytiga har oy o‘rtacha millionlab odamlar tashrif buyuradi, ulardan: 43% - mustaqil ta’lim oluvchi foydalanuvchilar; 42% - talabalar; 9% - o‘qituvchilar -; 6% - boshqa foydalanuvchilar. Har yili 2 500,000 dan ortiq xalqaro talabalar Germaniya onlayn kurslaridan foydalanishadi.60 Ko‘p kurslar mashhur Germaniya Universitetlari tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, kurs oxirida maxsus Sertifikatlar bilan taqdirlanadi. Asosiy kurslar pullik bo‘lsada ularning ma’lum qismi talabalarga bepul ravishda, ochiq holatda qo‘yilganligi olqishga sazovor. Bular, Germaniyaning 409 ta universitet va kollejlar tomonidan taqdim etilgan 14.500 ortiq xalqaro darajadagi dasturlardan iborat.


Germaniya tarmoqlarida judayam mashhur bo‘lgan inversity.org sayti shular jumlasidandir. inversity.org oliy ta’lim va kasb-hunarni rivojlantirish uchun qaratilgan Yevropaning raqamli ta’lim platformasi hisoblanadi. Veb-saytning maqsadi ta’limning barcha uchun ochiqligi, uni arzon va yanada osonlashtirish bo‘lib, talabaning qaerda bo‘lishidan qat`iy nazar uning butun Yevropa institutlari tomonidan taqdim etilgan kurslardan saboq olish imkoniyati bilan ta’minlashdir. Saytda interaktiv va qiziqarli, yuqori sifatli ta’lim tajribasini o‘rganish juda ham osonlashtirib berilgan. Veb-saytda kursning qidiruv qismi juda ham qulay bo‘lib, talaba o‘ziga mos bo‘lgan kursni xohlagan formatda va xohlagan tilda yuklab olishi mumkin.
Khan akademiyasi - Notijorat ta’lim tashkiloti bo‘lib, Garvard Universiteti bitiruvchisi Salmon Xon tomonidan 2006 yilda asos solingan. Akademiyaning maqsadi - "hamma joyda har bir kishi uchun sifatli ta’limni ta’minlash"dir. Akademiya Veb-saytida matematika, tarix, sog‘liqni saqlash va tibbiyot, moliya, fizika, kimyo, biologiya, astronomiya, iqtisodiyot, kosmologiya, organik kimyo, san`at tarixi, mikroiqtisodiyot asoslari, informatika fanlaridan 4200 dan ortiq bepul mikro ma’ruzalar yig‘ish imkonini beradi. Xan Akademiyasining ta’lim berish usuli bosqichma-bosqich bo‘lib, har bir bosqichda siz ma’ruzaga tegishli bo‘lgan videolavhani tomosha qilasiz. Lavhadan so‘ng mavzuga tegishli bo‘lgan savollarni videolavha ostida qoldirishingiz mumkin bo‘lib, ularga mutaxassis javobini olsa bo‘ladi. EdX ochiq onlayn kurslardan tashkil topgan bo‘lib, ayrim kurslar bepul o‘tiladi. Veb-saytda, talaba o‘zi xohlagan fanni keng doiradagi onlayn kurslari sifatida eng mashhur universitetlar tomonidan berilgan maruzalar orqali o‘rgatiladi. Dunyoning ko‘plab Universitetlari edX bilan hamkorlik qilib ko‘pchilik kurslarga mezbonlik qiladi. Bundan tashqari edX notijorat tashkiloti bo‘lib, shunga o‘xshash Coursera va Khanakademy va boshqa onlaynkurslardan farqli o‘laroq, ochiq-kodli dasturda ishlaydi. Jumladan xohlagan talaba va pedagoglar ma’ruzalarni o‘zgartirish va yangisini yaratishga haqlidir.
Ushbu Veb-saytlarni Massachusetts Texnologiya Instituti va Garvard Universiteti 2012 yil may oyida yaratgan. 24 mart 2016 yilning ma’lumotlariga ko‘ra, edXda 7 milliondan ziyod talaba 700 dan ortiq onlayn kurslaridan saboq oladi.
EdX kurslari haftalik o‘quv ketma-ketliklardan iboratdir. Har bir dars video lavhalardan tarkib topgan bo‘lib, video bilan birgalikda mashqlar va interaktiv masalalardan iboratligi, talabaning mavzuni darhol o‘zlashtirishiga zamin bo‘la oladi.61 Kurslar ko‘pincha tajribaviy videolavhalar bilan boyitilgan bo‘lib, Universitetning muhokama guruhlariga o‘xshab ketadi. Undan tashqari onlayn darslikka o‘xshash sahifalarga ega bo‘lib, talabalar bir-biriga onlayn suhbat qilib, maruzani muhokama qilishlari mumkin.
EdXda Khanakademy dan farqli ravishda o‘rganiladigan fanlar doirasi juda ham keng bo‘lib, ularning ko‘pchiligi ingliz tilidadir. Har bir kursni boshlashdan oldin, uning mutaxassis-maruzachisining ismi sharifi berilgan bo‘lib, maruzaning qisqacha mazmuni, va boshqa talabalarning bundan oldin quygan izohlarini ko‘rsa bo‘ladi, bu talabaning vaqtini tejashga ancha yordam bera oladi.
Coursera - tijoratga asoslangan dunyodagi eng ko‘p ochiq onlayn kurslar taklif etuvchi, ta’lim texnologiyasi hisoblanadi. Courserada fizika, muhandislik, gumanitar, tibbiyot, biologiya, ijtimoiy fanlar, matematika, biznes, informatika, raqamli marketing kabi fanlardan saboq beruvchi, eng mashhur oliy o‘quv yurtlarining kurslaridan mavjud onlayn baza hisoblanadi.62 EdX ga o‘xshab, Courserani ham IOS va Android operatsion tizimlarida ishlaydigan smartfonlarga yuklab olish imkoniyati mavjudligi uning auditoriyasini kengaytirishiga yordam beradi. Bugungi kunda ayrim kurslar bepul taqdim etilsada, asosiy ma’ruzalar va kurslar maxsus to‘lovlar asosida yuritiladi. Kursning oxirida ma’lum to‘lov evaziga talabalar o‘z mutaxassisliklariga mos bo‘lgan kompaniyalardan so‘rovlarga javoblar olishlari mumkin. Bundan tashqari har bir kurs oxirida talabalar veb-kamera orqali jonli ravishda, og‘zaki va yozma imtihondan o‘tishlari mumkin Har bir kurs odatda 4-10 hafta davom yitib, uning jarayonida talaba har xil sinov, haftalik mashqlar va yakuniy loyihalardan o‘tishi kerak. Bundan tashqari, talabalar web forumlar o‘tkazib jonli suhbat qilishlari, ma’ruzani muhokama qilishlariga imkon yaratilgandir. Ammo imtihon sinovlari jarayonida web forumlar tasdiqlanganligi, uning yakuniy javoblarini adolatli ravishda berilganligiga asos bo‘la oladi. Courseraning eng asosiy kamchiligi uning ko‘pchilik kurslari pullik ravishda o‘tilishida bo‘lib, uning talabalarini moddiy jihatdan qiyinchilikka olib kelishi mumkin.
Yuqoridagi OTR faoliyatini o‘rganib Oliy ta’lim muassasalarida iqtidorli talabalarni tayyorlash modelini yaratish mumkin. Ushbu modelda oliy ta’lim muassasasi talabalari orasidan iqtidorlilarini saralash va ularni nomdor stipendiyalarga, davlat mukofotlariga, yoshlar ittifoqiga a’zo bo‘lishiga tayyorlash qaraladi. Albatta iqtidorli talabalar kafedralarda, fan o‘qituvchilar, murabbiylar tomonidan ma’lum bir test sinovlari, ilmiy loyihalarda ishtiroki, tashkiliy, ilmiy-uslubiy ishlarda faolligi bilan aniqlanadi. Mazkur modelda talabalar iqtidorini, qobiliyatini, bilim va ko‘nikmala-rini ochiq ta’lim resurslaridan foydalanib aniqlash, qolaversa talabaga OTR dan foydalanish jarayonida bilimlarini yanada mustaxkamlash jarayoni keltirilgan.

Yüklə 480,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə