Ta’limda ustuvorlik, dolzarblik va samaradorlik



Yüklə 480,81 Kb.
səhifə27/29
tarix27.07.2023
ölçüsü480,81 Kb.
#120027
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
TA’LIMDA USTUVORLIK, DOLZARBLIK VA SAMARADORLIK

samarali takliflar

Ta’lim sifati o‘quv jarayonidagi o‘ziga xos xususiyatlar majmui bo‘lib, inson, jamiyat va davlatning istiqbolli ehtiyojlariga muvofiqligini ta’minlash asosida uning samaradorligini oshirish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim sohasini tubdan modernizatsiya qilish asnosida uning yuqori darajasiga erishish va yanada takomillashtirish bo‘yicha xorijiy va mahalliy tajribalar tadqiq qilinmoqda.


Ta’lim sifati, bu butun ta’lim tizimi tarkibiy qismlarining sifat vazifalari, murakkab rivojlanish kuchi(dinamika)ga ega bo‘lgan jarayon bo‘lib, u ta’lim muassasalari faoliyatidagi ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik va siyosiy muhitning o‘zgarishi bilan izohlanadi.
Ta’lim tizimini takomillashtirish ta’limni rivojlantirishning shaxs, jamiyat, ta’lim va ishlab chiqarish kabi g‘oyalariga asoslangan holda bir qator tamoyillari taqdim qilingan:
- ta’limni demokratlashtirish;
- ta’limni insonparvarlashtirish;
- uzluksiz ta’lim;
- ilg‘or ta’lim;
- ta’limni integratsiyalash;
- ta’limni milliy asosda standartlashtirish;
- ta’limni ijtimoiylashtirish;
- ta’limni individuallashtirish;
- ta’limni tarbiya bilan uzviy olib borish;
- ta’lim oluvchilar iqtidorini aniqlash va differentsiallash;
- ta’limni amaliylashtirish kabilardir.
Ta’lim sifatini rivojlantirishning muhim tamoyillaridan biri zamonaviy ta’limning rivojlanishi yangi ijtimoiy-madaniy vaziyatni tahlil qilish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish bilan bog‘liq bo‘lib, bunda ko‘plab tadqiqotchilar maktabni demokratlashtirish muhimligini va bu ta’lim oldida turgan muammolarni hal qilishning kaliti ekanligini ta’kidlab o‘tgan. Ta’limni demokratlashuvi – ta’lim va tarbiya uslublarining tanlanishida o‘quv muassasalarining mustaqilligini kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga o‘tilishi. Ta’lim sifatini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadigan pedagogik tizimni boshqarishni demokratlashtirish, bu kadrlarni tanlash, shartnoma asosida ishga qabul qilish, qabul qilinayotgan qarorlarni ochiq muhokama etish, axborotlarni barcha uchun ochiq, tushunarlibo‘lishiga erishish, ta’lim muassasasi hayotiga oid o‘z fikrlarni bildirishlariga imkon berish, ta’lim muassasasida demokratik g‘oyalarning ustuvor o‘rin tutishini anglatadi.
Ta’limni insonparvarlashtirish (ta’lim-shaxs) bilan bog‘liq bo‘lgan keyingi tamoyilda uning shaxsiy yo‘nalishi sifatlarini qayta yo‘naltirish nazarda tutiladi. Bozor munosabatlari sharoitida bu jarayon shaxsning rivojlanishi va o‘zini-o‘zi tasdiqlash natijasida ijtimoiy barqarorlik va ijtimoiy himoya vositasi sifatida ko‘rib chiqiladi. Insoniylikka yo‘naltirilgan ta’lim falsafasi barcha bosqichlarda ta’lim jarayonini sifatli yangilashning strategik dasturiga aylanadi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonining muhim muammosi ta’lim-tarbiyaning insonparvar paradigmalarini ishlab chiqish hisoblanadi. Bu paradigmalar zamonaviy ijtimoiy-madaniy vaziyatga mos kelishi lozim. Shundagina u ko‘pmadaniyatlilikka asoslangan ta’lim jarayoni oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal eta oladi. Uning yichimlarini topishga harakat qilish innovatsion tarbiya konsepsiyasi mualliflari tomonidan amalga oshirildi. Innovatsion ta’lim-tarbiya konsepsiyasining asosini tashkil qilgan insonparvar yondashuvlarga tayanadigan bo‘lsak, bu yo‘nalishdagi bir qator tadqiqotlar, jumladan, o‘z-o‘zini rivojlantirishga asoslangan tarbiya tizimi (L.I. Novikova); insonni madaniyat yordamida tarbiyalash (E.V. Bondarevskaya); jamoaviy ijodiy ish metodlari (I.P. Ivanov); erkinlik pedagogikasi va pedagogik qo‘llab-quvvatlash (O.S. Gazman); shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning didaktik modellari (V.V. Serikov); pedagogik faoliyatni mustaqil tashkil etish (S.V. Kulnevich) kabilar bunga misol bo‘la oladi. Mazkur tadqiqotlar negizida ifodalangan g‘oya: dunyoviy ta’limning ilmiy-texnika taraqqiyotiga o‘tish paradigmasidan, bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga asoslangan shaxsga yo‘naltirilgan hamda o‘z faoliyatini ijodiy tatbiq etishga qaratilgan insonparvarlik paradigmasiga o‘tmoqda.
Insonparvarlik falsafasining asosi shaxs bo‘lib, uning asosiy faoliyati kelajakka intilish, uning ijodiy salohiyatini erkin amalga oshirish, o‘ziga ishonish va o‘z “men”iga erishish imkoniyatidir, deyish mumkin. Inson manfaatlari nuqtai nazaridan kelib chiqib, uning rivojlanish istiqbollarini ta’limni insonparvarlashtirishning asosiy xususiyatlari sifatida belgilanadigan insonparvarlik, mustahkam asoslilik va aniq faoliyat yo‘nalishining tanlanishi muhimligi orqali keltirish mumkin. Ta’limni rivojlantirishning yana bir muhim tamoyili uzluksiz ta’lim tamoyilidir. Ushbu tamoyil bir tomondan, ta’lim sifatini oshirishning sharti hisoblansa, ikkinchi tomondan, ta’lim tizimini yaxlit tizim sifatida qurishda zamonaviy ijtimoiy moyilliklarni aks ettiradigan eng muhim ijtimoiy-pedagogik tamoyil hisoblanadi. Avvalo, shuni e`tiborga olish kerakki, an`anaviy ravishda o‘rganilayotgan ilmiy atamada uzluksizlikka doimiy ta’lim jarayoni sifatida qaraladi, bugungi globallashuv sharoitidagi zamonaviy jamiyatda esa, biz uzluksiz ta’lim tamoyilini hayotni tez o‘zgarib borishi munosabati bilan inson butun hayoti davomida o‘z ustida ishlash, rivojlanish sari yo‘naltirilgan g‘oyasini nazarda tutamiz.
Uzluksiz ta’lim tanaffuslarsiz bilim olish, o‘rganish sifatida emas, balki, ta’lim va shu bilan bog‘liq faoliyat jarayonida shaxsning rivojlanishi sifatida tushunilmoqda. Olingan ma’lumotlar bizga ushbu g‘oyaning ko‘p qirrali mohiyatini chuqurroq va to‘liq anglashga, ta’limni uzluksiz va o‘z-o‘zini rivojlantirish sifatida tushunishga imkon beradi.
Ta’limni rivojlantirishda ilg‘or ta’lim tamoyili “turli ijtimoiy faoliyat sub`ekti bo‘lmish shaxs uchun, istiqbolli talablarni bashorat qilish asosida shakllantirilgan sifatli ta’lim” sifatida qaraladi. Sifat deganda, ob`ekt yoki predmetning zarur, nisbatan barqaror xususiyatlari va tavsiflari yig‘indisi tushuniladi. “Sifat “ob`ektning aniqligini ifoda etuvchi toifa” sifatida ta’riflanadi, aynan shu toifa sababli, u sifat hisoblanadi”. Ob`ektlar va hodisalarning sifat jihatdan aniqligi ularni barqarorlashtiradigan jihati bo‘lib, o‘z navbatida ularni ajratib turadi va dunyoning cheksiz xilma-xilligini yaratadi.
Ta’limni takomillashtirish nazariyasining yuqorida keltirilgan tamoyillari tahlilini olib borar ekanmiz, uning sifati va xususiyatlarini zamonaviy jamiyatda jamoat talablariga, muayyan hududlarning manfaatlariga va ta’lim ehtiyojlariga qaratilgan mintaqaviy, shahar va maktablar darajasida hal qilinadi. Shuning uchun ta’lim sifatini oshirish va uni tashkil etish ta’lim tizimida barqaror va izchil rivojlanish, intellektual va moddiy resurslarni jalb qilish qobiliyatini belgilovchi yangicha yondashuvlarni tatbiq etishni talab qiladi. Yuqorida keltirilgan ilmiy-pedagogik tamoyillar va xususiyatlarni nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliy jihatdan tadqiq qilish mamlakatimizda, aniqroq aytadigan bo‘lsak, Toshkent viloyatida yaratilgan Pedagogik ta’lim innovatsion klasterida ta’limni rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy dasturlarning ishlab chiqilganligi va amalda tatbiq etilayotganligi bilan izohlash mumkin. Ta’lim sifatini oshirishga zamonaviy yondashuvlarning tatbiq etilishi, uni sub`ektivlik, tarkib, tuzilish, rivojlanish, shaxs extiyojlarini muvofiqlashtirish kabi xususiyatlar orqali davlat va jamiyatni o‘zaro bog‘liqlikda insonparvarlik, uzluksizlik, taraqqiyot va demokratlashtirish g‘oyalariga asoslangan zamonaviy ta’limning yangilanishi va rivojlanishini belgilab beradi. Klaster ta’limga nisbatan innovatsion yondashuv sifatida hududdagi inson resurslari, tashkilotlar va texnologiyalarni birlashtiruvchi kuchli mexanizmni yuzaga keltiradi.
Uzluksiz ta’lim tizimida o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy sohalarning, xususan, fan, ta’lim-tarbiya va ishlab chiqarishning integratsiyasi mukammal tarzda amalga oshirilmas ekan, ta’lim sifati va uning natijaviyligi barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yitkazish bobidagi strategik maqsadga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun birinchi navbatda bugungi kunda ta’limning mazmun-mohiyatini modernizatsiya qilish va unga mutanosib holda pedagogik innovatsion yondashuvlarni muntazam amaliyotlarda tatbiq etish, o‘quv jarayonlaridagi faoliyatlarni amaliyotlar bilan tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 480,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə