Ta’limda ustuvorlik, dolzarblik va samaradorlik


Ta’lim tizimini yanada yaxshilash, modernizatsiyalashning



Yüklə 480,81 Kb.
səhifə28/29
tarix27.07.2023
ölçüsü480,81 Kb.
#120027
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
TA’LIMDA USTUVORLIK, DOLZARBLIK VA SAMARADORLIK

Ta’lim tizimini yanada yaxshilash, modernizatsiyalashning
ustuvor vazifalari

Ta’lim-tarbiya vositasida ezgu g‘oyalar, bilim va ko‘nikmalar yosh avlodga yitkazilgan va shu orqali vorisiylik ta’minlab kelingan. Ajdodlarimiz yosh avlodni tarbiyalashda tarbiya va ta’limni uyg‘unlikda olib borilishiga alohida e`tibor berishgan. Ta’lim - bilim berish, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish jaraeni, kishini haetga va mehnatga tayerlashning asosiy vositasi hisoblanadi.


Ta’limning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqieti darajasi bilan belgilanadi. Ta’lim jamiyat qurilishining muhim mummolarini hal qilish - jamiyatning moddiy texnika bazasini yaratish, ijtimoiy munosabatlarni tarkib toptirish, yangi kishini tarbiyalashga yerdam beradi. Ta’lim o‘quvchining bilish qobiliyatini o‘stiruvchi asosiy omildir. Ta’lim texnologiyasi (ingl. “an educational technology”) – ta’lim (o‘qitish) jaraenining yuksak mahorat, san`at darajasida tashkil etilishi. Ta’lim texnologiyasi – ta’lim maqsadiga erishish jaraenining umumiy mazmuni, ya’ni, avvaldan loyiщalashtirilgan ta’lim jaraenini yaxlit tizim asosida, bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo‘lida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim jaraenini yuqori darajada boshqarish68. Ta’lim metodi – o‘quv jaraenining majmuaviy vazifalarini yichishga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va talabalarning birgalikdagi faoliyati usuli bo‘lsa, ta’lim metodikasi esa muayyan o‘quv predmetini o‘qitishning ilmiy asoslangan metod, qoida va usullar tizimi. Ta’lim texnologiyasining markaziy muammosi – ta’lim oluvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Ta’lim tizimining modernizatsiyasi – jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy ehtiejlarini, uning malakali kadrlarga, shaxsning esa sifatli ta’lim olish bo‘lgan talabini qondirish, ta’lim tizimini barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida mavjud mexanizmning qayta ishlab chiqilishi yoki takomillashtirilishidir. Mazkur modernizatsiya shaxsni o‘qitish va tarbiyalashga oid eng yaxshi an`analarni saqlab qolgan va boyitgan holda majmuaviy xarakter kasb yitib, ta’lim tizimining barcha sohalarini to‘la qamrab oladi va jamiyatda qaror topgan malakali mutaxassislarni tayerlash borasidagi ehtiejni qondirishga xizmat qiladi. Barcha davlatlarda bo‘lgani kabi O‘zbekiston sharoitida ham ta’lim tizimini modernizatsiyalashda davlat, jamiyat, mahalliy va ijtimoiy tashkilotlar, yuqori hamda quyi boshqaruv organlarining o‘rni va roli, ular o‘rtasidagi o‘zaro birlik, hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy sharoitda ta’lim tizimini modernizatsiyalashning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilar sanaladi:
- elektron axborot-ta’lim resurslarini yaratish;
- o‘qitishning mavjud va yangi texnologik shakllarini o‘zaro muvofiqlashtirish;
- o‘quv hamda mutaxassislik fanlari asoslarining talabalar tomonidan mustaqillik o‘zlashtirilishi uchun qulay pedagogik va texnologik shart- sharoitlarni vujudga keltirish.
Hozirgi kunda duneda masofali o‘qitish usullari keng qo‘llanilmoqda. 2020 yildan boshlab yurtimizda ham ushbu yo‘nalishdagi o‘qitish metodi barcha ta’lim muassasalarida olib borilmoqda. Pedagogika fani bilimlar sohasi va ijtimoiy amaliet sohasi kabi jahon rivojlanish umumiy tendentsiyalari va qonuniyatlariga binoan rivojlanadi. Shuning uchun kasbiy-pedagogik ta’lim chet el tajribalarini o‘rganish uni ilmiy tushunish ilg‘or g‘oyalardan milliy ta’lim amalietida foydalanish ayniqsa dolzarb hisoblanadi. Shu bilan birga milliy g‘oyalar va an`analarda qurilgan ta’lim har doim milliy rivojlanish masalalariga javob berishini esda tutish kerak. Masofali ta’lim - masofada turib o‘quv axborotlarini almashish vositalariga asoslanuvchi maxsus axborot ta’lim muhiti yerdamida ta’lim xizmatlari to‘plamidan iborat. Masofali ta’lim axborot – ta’lim muhiti foydalanuvchilar ta’lim olish ehtiejlarini qondirishga mo‘ljallangan ma’lumotlar uzatish vositalari axborot resurslari o‘zaro aloqalar protokollari apparat - dasturli va tashkiliy-metodik ta’minotlar sistemali - tashkiliy to‘plamidan iborat69.
Masofali ta’lim - o‘qituvchilarga o‘rganilaetgan material asosiy hajmini yitkazib berishni o‘qitish jaraenida o‘qituvchilar va talablarning interaktiv o‘zaro aloqalarini, talabalarga o‘rganilaetgan materialni mustaqil o‘zlashtirish bo‘yicha mustaqil ishlash imkonini berishni hamda o‘qish jaraenida ularning olgan bilimlarini va ko‘nikmalarini baholashni ta’minlovchi axborot texnologiyalari to‘plami. G‘arbiy Yevropada oliy ta’lim olish darajasidan masofali ta’lim "ochiq universitetlar" deb ataluvchi shakllarda amalga oshiriladi. Milliy ochiq universitetlar ko‘p jihatdan sirtqi ta’lim tashkiliy printsiplaridan foydalanadilar. Ochiq ta’lim asosida - o‘qituvchilar o‘zlari oldilarida turgan ta’lim maqsadlariga erishishga intilib to‘la mustaqil yo‘naladigan ta’lim muhiti puxta ishlab chiqilgan. Ta’limning ochiqligi printsipi quyidagini anglatadi: oliy o‘quv yurtiga ochiq o‘qishga qabul qilishi ya’ni zarur yoshga etishdan tashqari (18 yosh) har qanday shart va talablardan voz kechish; o‘qishni ochiq rejalashtirish ya’ni kurslar sistemasidan yo‘li bilan o‘qish individual dasturini tuzish erkinligi; o‘qish vaqti va sur`atlarini erkin tanlash ya’ni butun yil davomida talabalarni oliy o‘quv yurtiga qabul qilish va belgilangan o‘qish muddatlarining yo‘qligi; o‘qish joyini erkin tanlash: o‘quv vaqti asosiy qismida talabalar o‘quv auditoriyalarida jismonan bo‘lmaydilar va qaerda o‘qishni mustaqil tanlay oladilar.
Vebinar metodi. Vebinar usulida dars seminar yoki konferentsiya Internet orqali bir vaqtda hozir bo‘lgan talabalar bilan audio video bilan jonli olib borilib ushbu dars keyingi foydalanishlar uchun yozib olinishi mumkin bo‘lsada butun o‘quv yoki kurs jaraenidagi darslar yagona platforma doirasida o‘zaro uzviy bog‘lanmaydi ya’ni alohida-alohida bir martalik darslar bo‘ladi deyish mumkin70.
XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy-texnik taraqqiet o‘zining yuksak cho‘qqilariga erishdi. Fan texnika va texnologiyaning taraqqieti ta’lim taraqqieti darajasi bilan chambarchas bog‘liqligini e`tiborga oladigan bo‘lsak ta’lim sohasidagi xalqaro integratsiyaning ustuvorligi yaqqol muammoga aylanib qoladi. Bu kredit texnologiyani yaratilishini va qo‘llanishining dolzarbligini belgilaydi! Chunki ta’lim sohasidagi xalqaro integrallashuvi eng avvalo o‘quv jaraenini kredit texnologiyasi asosida tashkil etishiga tayanadi. Ta’lim sohasidagi integratsion jaraenlar ilk bor Yevropada boshlangan edi. 1989 yilda Yevropaning minglab talabalari Yevropa hamjamiyatining ERASMUS (European Community Action Scheme for mobility of University students), TEMPUS va boshqa dasturlari asosida chet ellarda tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. ERASMUS dasturi bo‘yicha Yevropa hamjamiyati universitetetlari o‘rtasidagi talabalar almashinuvi sxemasi dastavval 145 oliy o‘quv yurtlarini qamrab olgan edi. ERASMUS dasturining yutuqlaridan biri bu Yevropa universitetlaridagi o‘qitish natijalarini o‘zaro tan olish tizimi – (bu) (European Credit Transfer System (ESTS) ni yaratish sinash va amalietga keng qo‘llash deb aytish lozim. “Kredit” atamasi (ESTS - credit) – sinovdan o‘tdi ma’lum bir kursni o‘quv yurtida o‘tganligi haqidagi guvohnoma ma’nosini anglatadi. “Kredit – shartli sinov birligi bo‘lib talabaning o‘quv fanining ma’lum bir qismini o‘tganligi haqidagi ma’lumot beradi. Har bir o‘quv faniga ma’lum miqdordagi kredit birliklari ajratiladi. Kredit birliklari soni talabalarning mehnat sarfiga mos holda belgilanadi. Talabaning mehnat sarfi – auditoriya mashg‘ulotlari mustaqil ishlar va o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan boshqa faoliyatlarini o‘z ichiga oladi. ESTS kreditlari faqat auditoriya soatlari bilan chegaralanmasdan talabalarning to‘la yuklamasiga tayanadi. Shuning uchun ESTS kreditlarini talaba mehnat sarfining o‘quv fanlari bo‘yicha shartli-sonli ifodasi deb hisoblash mumkin.
Odatda o‘quv rejasidagi fanlarga ajratiladigan kreditlar soni 3 ga teng, undan ko‘p va kam sonli fanlar ham mavjud. ESTSda kreditlar yig‘indisi semestrda – 30 o‘quv yilida – 60 bakalavriatdagi o‘quv davrida – 240 ni tashkil etadi. ESTS kreditlari barcha o‘quv fanlariga ya’ni majburiy va talaba tanlovi asosida fanlarga taqsimlanadi. Ular mazkur fan bo‘yicha kurs loyihalari va ishlarining mavjudligini hisobga olishlari zarur. O‘quv faniga ajratiladigan kreditlar miqdori, fanning murakkabligiga va o‘zlashtirish bog‘liq bo‘ladi. Ya’ni har qanday murakkab fan ham katta miqdordagi kreditlarga ega bo‘la olmaydi. Agar murakkab fan bilish va tushunish darajasida o‘zlashtiriladigan bo‘lsa, kam murakkabli o‘quv fani malaka darajasida o‘zlashtirilsa tabiiyki oxirgisiga ko‘proq kreditlar ajratiladi. Shuning uchun turli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari uchun, bir fanning o‘zi turli o‘quv dasturlariga va unga muvofiq turli mehnat sarfi va kreditlarga ega bo‘lishi mumkin. Zamonaviy o‘qitish texnologiyasi, oliy ta’lim muasasasining jihozlanganligi, professor-o‘qituvchilar tarkibi faqat darajali, yuqori malakali kadrlardan iborat bo‘lishi, o‘qitishning yuqori sifatlari – ESTS uchun dastlabki zaruriy talablar hisoblanadi. ESTS – oliy ta’limda o‘quv jaraenini tashkil etishning demokratik tizimining namunasidir.


Yüklə 480,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə