Tana skeleti Umurtqalar Qovurg‘alar



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə12/13
tarix22.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#112109
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Muskullar haqida ta’limot umumiy ma’lumotlar

KO‘KRAK QAFASI


Ko‘krak qafasi (compages thoracis, 23-rasm) orqa tomondan 12 ta ko‘krak umurtqasi, ikki yon tomondan XII juft qovurg‘a va ular uchidagi tog‘aylar hamda old tomondan to‘sh suyagi boylamlari bilan birlashib, ko‘krak qafasi bo‘shlig‘i (cavum thoracis) ni hosil qiladi.
Ko‘krak qafasida t e p a (apertura thoracis superior) va p a s t k i (apertura thoracis inferior) teshiklar bor. Tepa teshigi kichikroq bo‘lib, oldindan to‘sh suyagi dastasi, ikki yondan I qovurg‘a va orqa tomondan I ko‘rak umurtqasi bilan chegaralanadi, bu teshik orqali kekirdak, qizilo‘ngach, qon tomir va nervlar o‘tadi. Pastki teshik yuqori teshikka nisbatan kattaroq bo‘lib, uni orqadan XII ko‘krak umurtqasi, ikki yondan XII juft qovurg‘a va oldindan to‘sh suyagining xanjarsimon o‘sig‘i chegaralab turadi, bu teshik qorin bo‘shlig‘idan diafragma orqali ajralgan. Ko‘krak bo‘shlig‘ining orqa tomonida joylashgan umurtqa pog‘onasining ikki yonboshida o‘pkalarning orqa yuzasi joylashadigan egat – sulci pulmones bor. Qovurg‘alar oraliq bo‘shliqqa spatia intercostalia deyiladi. Ko‘krak qafasining hajmi va shakli yosh, jins va kasbga qarab turlicha bo‘ladi.




rasm. Ko‘krak qafasi (thorax) old tomondan ko‘rinishi.
1–apertura thoracis superior; 2–angulus sterni; 3–spatia intercostalia; 4–catrilago cos-talis; 5–processus xiphoideus; 6–apertura thoracis inferior; 7–angulus infrasternalis; 8–costae spuriae; 9–costae verae; 10–corpus sterni; 11–manubrium sterni.

Ko‘krak qafasi chaqaloqlarda piramida shaklida bo‘lib, oldindan orqaga qaragan hajmi ko‘ndalang o‘lchovga nisbatan kattaroq. To‘sh osti burchagi (angulus infrasternalis) keng, o‘tmas burchak hosil qilib joylashadi. Ayollarning ko‘krak qafasi esa erkaklarnikiga qaraganda birmuncha kaltaroq va pastki ravog‘i (arcus costalis) yassiroq. O‘rta yoshdagi erkaklarning ko‘krak qafasi oval shaklda bo‘lib, ko‘ndalang o‘lchovi kattaroq. To‘sh osti burchagi to‘g‘ri burchak hosil qilib joylashgan.



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə