Tana skeleti Umurtqalar Qovurg‘alar


TANA SUYAKLARINING BIRLASHUVI(rasmlar)



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə10/13
tarix22.05.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#112109
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Muskullar haqida ta’limot umumiy ma’lumotlar

TANA SUYAKLARINING BIRLASHUVI(rasmlar)




rasm. Umurtqa pog‘onasining boylamlari.
1–discus intervertebralis; 2–nucleus pulposus; 3–anulus fibrosus; 4–lig. longitulinale anterius; 5–facies articularis inferior; 6–processus articularis superior; 7–processus transversus; 8–lig. supraspinale; 9–lig. interspinale; 10–lig. flavum; 11–foramen intervertebrale; 12–lig. longitudinale posterius.



rasm. II, III bel umurtqalarining o‘zaro birlashuvi (kesib ko‘rsatilgan).
1–lig. supraspinale; 2–capsula articularis; 3–lig. longitudinale posterius; 4–nucleus pulposus; 5–lig. longitudinale anterius; 6–anulus fibrosus; 7–lig. flavum; 8–processus articularis superior; 9–processus articularis inferior.

Umurtqa pog‘onasining o‘zaro birlashmalarida birlashishning hamma turlari (sindesmozlar – boylamlar, sinxondrozlar, sinostozlar va bo‘g‘imlar)ni ko‘rish mumkin. Jumladan umurtqa tanalari o‘zaro fibroz tolali tog‘ay disklar yordamida qo‘shiladi, lekin bunday tog‘ay I va II umurtqalar o‘rtasida bo‘lmaydi.
Dumg‘aza va dum umurtqalar yosh organizmda tog‘aylar bilan birlashsa, keyinchalik umurtqa tanalari o‘rtasida tog‘aylar suyakka aylanib ketadi. Shunday qilib, umurtqalar o‘rtasidagi tog‘aylar 23 ta disk (disci intervertebralia) dan iborat bo‘ladi. Tog‘ay diskining tashqi qismi zich joylashgan va bir oz cho‘zilish va qisqarish xususiyatiga ega bo‘lgan fibroz tolali halqa (annulus fibrosus) dan iborat. Tog‘ay halqa o‘rtasida liqildoq – o‘zak (nucleus pulposus) modda joylashgan. Bu embrion orqa torining (chorda dorsalis) qoldig‘i bo‘lib, o‘zining elastiklik xususiyati bilan umurtqalarni ezilishdan saqlaydi, tanaga tushadigan og‘irlikni kamaytiradi. Umurtqa oraliq disklari har xil qalinlikda bo‘lib, bel qismida ayniqsa yaxshi rivojlangan.
Umurtqa pog‘onasi rivojlangan boylamga boy. Jumladan bir-biriga yaqin turgan umurtqa ravoqlari o‘rtasida sarg‘ish rangli boylam (ligamenta flava) joylashgan. Umurtqalarning qirrali yoki orqa o‘siqlari orasida o‘siq boylam (ligamentum interspinale) hamda ularning ko‘ndalang o‘siqlari o‘rtasida tortilgan boylamlar – ligamentum intertransversale bo‘ladi.
Umurtqalarning orqa o‘rkir o‘siqlari orasidagi boylamlar, o‘siqlarning uchiga yetib, bir-biri bilan tutashib o‘siq usti boylami (ligamentum supraspinale) nomini oladi. Bu boylam bo‘yin qismida yaxshi rivojlangan bo‘lib, bo‘yin (gardon) boylami (ligamentum nuchae) deb ataladi.
Umurtqalarning bo‘g‘im o‘siqlari o‘zaro bo‘g‘im hosil qilib tutashsa, ular tanalarining old tomonida oldingi uzun boylam (ligamentum longitudinale anterius), orqa tomonida orqa uzun boylam (ligamentum longitudinale posterius) joylashgan bo‘ladi.
B i r i n ch i, i k k i n ch i bo‘yin umurtqalari boshqa umurtqalardan farqli o‘laroq, o‘zaro bo‘g‘imlar (articulatio atlantoaxialis lateralis) hosil qilib tutashadi (rasm).




rasm. Ensa suyagi va bo‘yin umurtqalarining oraliq boylamlari (ichki ko‘rinishi).
1– pars basilaris; 2–canalis hypoglossialis; 3–lig. alare; 4–fasciculus longitudinalis; 5–capsula articularis; 6–membrana tectoria; 7–axis; 8–lig. cruciforme atlantis; 9–atlas; 10–capsula articularis (atlantooccipitalis); 11–os occipitale; 12–lig. transversum atlantis.

Ikkinchi umurtqaning tishsimon o‘sig‘i birinchi umurtqaning oldingi ravog‘iga tutashib, articulatio atlantoaxialis mediana ni hosil qiladi. Bu bo‘g‘imlar alohida bo‘g‘im xaltasi bilan o‘ralgan. Atlantning old ravog‘i ensa suyagidagi katta teshik qirrasining old qismi oralig‘ida parda (membrana atlantooccipitalis anterior) bo‘lsa, atlantning orqa ravog‘i va ensa suyagining katta teshik qirrasidagi orqa qismi oralig‘ida orqa parda (membrana atlantooccipitalis posterior) joylashadi. Shu bilan birinchi bo‘yin umurtqasining turli tomonga (aylanma) harakat qilishiga imkoniyat tug‘diradi. Bosh skeleti ensa suyagining yon qismlarida joylashgan do‘nglar vositasida birinchi bo‘yin umurtqasining ustki bo‘g‘im chuqurchasiga bo‘g‘im (articulatio atlantooccipitalis) hosil qilib qo‘shiladi.
Bir xil tuzilishga ega bo‘lgan bu ikki bo‘g‘im birgalikda bir xil harakatni bajarganligi uchun kombinatsiyalashgan bo‘g‘im turkumiga kiradi. Bu bo‘g‘im ikkinchi bo‘yin umurtqasining tishsimon o‘sig‘i bilan ensa suyagining nishabi o‘rtasida tortilgan boylam (ligamentum apicis dentis), tishsimon o‘siqning orqasidan ko‘ndalang tortilgan boylam (ligamentum transversum atlantis) va ularning tarmoqlari – qanotsimon boylam (ligamentum alarae) bilan mustahkamlangan. Bu boylamlar dens yonboshlaridan boshlanib, condylus occipitalis ning medial tomoniga yopishgan. Lig. criciforme atlantis (xochsimon boylam) dens ning ko‘ndalang boylami bilan uzunasiga yo‘nalgan. Fibroz to‘qima tutami (fasciculi longitudenales – lig. supraspinale ning davomi) dan tashkil topgan. I–II bo‘yin umurtqa bo‘g‘imlari qalin fibroz parda (membrana tectoria) bilan qoplangan. Bu bo‘g‘imlar kallani umurtqa pog‘onasiga qo‘shib, mustahkam ushlaydi. Kallaning haddan tashqari buralib ketmasligini ta’minlaydi.
Umurtqa pog‘onasi umurtqalarning o‘zaro ustma-ust qo‘shilishidan vujudga keladi va katta yoshdagi odamlarda “S” shaklida joylashadi. Umurtqa pog‘onasining bo‘yin va bel qismi oldinga fiziologik qiyshaygan (lordoz) bo‘lsa, ko‘krak va dumg‘aza qismlari orqa tomonga fiziologik qiyshaygan (kifoz) bo‘ladi. Umurtqa pog‘onasining bu qiyshaymalari chaqaloqlarda sezilmaydi, bola o‘tira boshlab, keyin yurganda, asta-sekin paydo bo‘ladi.
Umurtqa pog‘onasi boshni ushlab turadi, tananing tayanch vazifasini bajarib, tikka turishni ta’minlaydi. Umurtqa pog‘onasi kanalida orqa miya tashqi ta’sirotlardan saqlanadi. Umurtqa pog‘onasida har taraflama turli harakatlar sodir bo‘ladi.



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə