Tarbiya fanidan 2023- 2024 o’quv yili uchun tuzgan ish rejasi



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə20/34
tarix28.11.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#134473
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34
tarbiya togarak 2023

Uyga vazifa: Mavzuni o`qib mustaqil ish tayyorlab kelish.
MMIBDO’____________________
20 Mavzu: Inson umri bebaho nemat
Mashg’ulotning maqsadi: o’quvchilarga inson umri bebaho nemat ekanligi, hayotni mazmunli o’tkazish xalqqa foydali bir nom qoldirish ekanligi haqida tushuncha berish..
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Mashg’ulotning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.
Mashg’ulotning shiori: Biz tanlagan yo‘l. O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar yurti. !
Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, tarqatma materiallar, slaydlar.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomat,tozalik
II.Asosiy qism:

Inson umri bebaho nemat


Suhbatimiz inson umri, shu umrdan unumli foydalanish va kasb-kor qilish haqida ekan, avvalo shuni aytish lozimki, umr insoniyatga berilgan eng bebaho nematdir. Insonning yaratilishi, hayot kechirishi va okhir oqibat dorulfanodan dorulbaqoga rihlat qilishi Alloh tomonidan joriy qilib quyilgan uzgarmas qonundir. Khush, insonga umr uzi nima uchun beriladi, inson bu hayotda qanday ishlarni amalga oshirishi kerak, degan savollar tugilishi tabiiydir. Ushbu savollarga javoban Haq taboraka va taolo Quroni Karimning Mulk surasida shunday degan:
“U (Alloh) sizlarning qay biringiz yakhshiroq amal qilishingizni sinash uchun ulim va hayotni yaratgan zotdir ”.
Ushbu oyati karimadan inson umri bekorga berilmagani, uni huda-behuda ishlar, kayfu safo va bekorchilik, dangasalik va tamballik bilan zoe qilish uchun emas, balki, khayrli amallar, foydali ishlar, elu yurtga manfaat keltiradigan hamda okhirat uchun zakhira buladigan buyuk ishlarni amalga oshirish uchun berilgan qimmatli fursat ekani oydinlashadi.
Inson umri cheklangan. U malum yillar, malum oylar, kunlar, soatlar, daqiqalar, boringki, malum lahzalardan iborat. Shunday ekan, utayotgan har bir onimizning qadriga etmasak, vaqt hamisha bizning zararimizga ishlaydi. Mashhur tobeinlardan Hasan Basriy hazratlari: “Ey odam bolasi, sen malum kunlardan iboratdirsan. Sen uchun bir kuning ketishi bir qisming, bir bulaging ketishi demakdir”, degan ekanlar.
Vaqt musulmonlar hayotida eng ahamiyatli masalalardan biridir. Vaqt hayot demakdir. Utayotgan har daqiqa-yu soniya, soat, kun, inson umrining ulchovidir. Vaqt shunday mablagki, uni ertangi kunga gamlab quyish mumkin emas. Quroni Karimda vaqtning bebaho va qadriga etish lozim bulgan ulug nemat ekaniga oshkora yoki zimdan dalolat qiluvchi kuplab ishoralar bor. Alloh taolo vaqtning bulaklari va ajralmas qismi bulmish kecha va kunduzga qasam ichadi. Tongga, choshgoh vaqtiga qasamyod qiladi. Masalan, Layl (tun) surasida “Borliqni uz zulmati bilan urab kelayotgan kechaga qasam”, Zuho surasida “Choshgoh vaqtiga qasam”, deya marhamat qiladi. Gohida esa tugridan-tugri vaqt-zamonga qasamyod qilib, “Zamonga qasamki, inson zoti ziyondadir”, deydi. Mufassirlar suziga kura, Alloh taolo Uz bandalari va makhluqotlaridan biri bilan qasam ichsa, bu qasam ichilayotgan u yoki bu mavjudotning buyukligiga va qadri balandligiga ishora qilish bilan bir qatorda qasamdan sung aytiladigan narsaning ham yuksak ahamiyatga molik ekanligini bildiradi.

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə