Tarbiya fanidan 2023- 2024 o’quv yili uchun tuzgan ish rejasi


Tayanch kompetensiya elementlari



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə2/34
tarix28.11.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#134473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
tarbiya togarak 2023

Tayanch kompetensiya elementlari:
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Mashg’ulotning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.
Mashg’ulotning shiori: Biz tanlagan yo‘l. O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar yurti. !
Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, tarqatma materiallar, slaydlar.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomat,tozalik
II.Asosiy qism:

Rostgo‘ylik ­­jamiyat ravnaqi!


Bilasizmi? A A A
Rostgo‘ylik ­­jamiyat ravnaqi!
Rostgo‘ylik jamiyat ravnaqi va shaxslar o‘rtasidagi ishonchning bardavom va barqaror bo‘lishiga kafil bo‘ladigan sifatlardan biri. Shuning uchun fazilatlarning asosi va millat taraqqiyotining belgisi, deb e’tibor qilinadi. Agar bu sifat yo‘qolsa, o‘rniga ishonchsizlik keladi va hamjihatlik yo‘qoladi. Rostgo‘ylik jamiyatdagi eng zarur omillardandir. Zero, undan ko‘p xayrli ishlar hosil bo‘ladi. U bilan haq-huquqlari qaytariladi. Rostgo‘ylik orqali odamlar o‘rtasida ishonch hosil bo‘ladi. Shuning uchun Qur’onda mo‘minlar bu sifatni xulq qilib olishga da’vat qilib aytiladi:
“Ey iymon keltirganlar! Allohdan qo‘rqingiz va (iymonda) sodiq kishilar bilan birga bo‘lingiz!” (Tavba, 119).
“Ey, mo‘minlar! Allohdan qo‘rqingiz va to‘g‘ri so‘zlangiz!” (Ahzob, 70).
Hadisda shunday deyiladi: “To‘g‘rilik, rostgo‘ylik yaxshilikka olib keladi. Yaxshilik esa jannatga olib keladi”.
Junayd Bog‘dodiy rostgo‘ylik borasida shunday degan: “Rostgo‘y inson 40 yil bir holatda bo‘ladi. Riyokor esa bir kunda 40 marta o‘zgaradi”.
Tarixiy asarlarda yozishlaricha, xalifa Mustarshid o‘z o‘g‘liga yozgan vasiyatnomasida shunday degan: “Ey farzand, agar hamma xalq sendan qo‘rqishini xohlasang, zinhor yolg‘on so‘zlama, chunki yolg‘onchi kishi behaybat bo‘ladi. Agar ming qilich uni himoya qilsa, ya’ni ming kishi o‘tkir tig‘ va shonu shavkat va azamati uchun tutib tursalar va lekin uning zaboni shamshirida rostgo‘ylik javhari bo‘lmasa, xaloyiq nazarida hech haybati va salobati bo‘lmas”. Yuqoridagi gaplardan xulosa qilib, omma xalqimizni rostgo‘ylikka chaqiramiz va Allohdan bu borada tavfiq va ofiyat so‘raymiz!
To’garak mashg`ulotida yaxshi qatnashgan o`quvchilar ballarini e`lon qilish, rag`batlantirish.

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə