Tarbiya fanidan 2023- 2024 o’quv yili uchun tuzgan ish rejasi



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə4/34
tarix28.11.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#134473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
tarbiya togarak 2023

Uyga vazifa: Mavzuni o`qib mustaqil ish tayyorlab kelish.
MMIBDO’____________________
4 Mavzu: Harakat qilmagan baxtga yetolmaydi
Mashg’ulotning maqsadi:o’quvchilarga Baxt nima ekanligi unga qanday erishiladi , Baxtli yashash sirlari qanday bo’ladi va qadimgi allomalarimiz baxtga qanday erishishganligi haqida tushunchalar berish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Mashg’ulotning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.
Mashg’ulotning shiori: Biz tanlagan yo‘l. O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar yurti. !
Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, tarqatma materiallar, slaydlar.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomat,tozalik
II.Asosiy qism:

Dunyoda har bir narsaning o’z qonuniyati, yozilgan-yozilmagan qoidalari bo’ladi. Baxt, ruhiy va jismoniy kuch muvaffaqiyatga erishishning asosiy tamoyillaridan hisoblanadi. Omadli bo’lish qiyin, deb qo’l qovushtirib o’tirish aqlli kishilarning ishi emas.


Erta uyg’oning!
Barcha muvaffaqiyatli insonlar – erta uyg’onuvchi "qush”lardir. Erta uyg’onishda hikmat ko’p. Tong uyg’oq kishiga tetiklik va ilhom bag’ishlaydi. Yotog’ida tong ottirmaydigan, tong otib-otmay bugunga mo’ljallagan ishlarini rejalashtiradigan odamlarning ishi unumli bo’ladi. Ertadan boshlab siz ham barvaqt uyg’onishga harakat qiling. Oradan biroz vaqt o’tib har kuni erta uyg’onishga odatlanasiz. Albatta, bu ishlaringizga ham, ruhiy va jismoniy holatingizga ham ijobiy ta'sir etmay qolmaydi.
O’qish-o’rganishdan to’xtamang!
Kunda hech bo’lmaganda televizor yoki kompyuter oldida o’tkazadigan vaqtingizning bir soatini qiziqarli hamda foydali kitob o’qishga sarflasangiz, siz aqlli insonlar qatorida ekansiz. Bu mashg’ulot sizga ma'naviy ozuqa, miyangizga dam berish bilan birga tafakkuringizni o’tkir qiladi, dunyoqarashingiz kengayadi. Atrofingizda ro’y berayotgan voqealarga teran nigoh tashlaysiz. Do’st va yaqinlaringiz uchun siz bilan muloqotda bo’lish qiziqarli bo’ladi. Bu esa shubhasiz sizni hurmat qilishlariga sabab bo’ladi.
Ortiqcha narsalardan xalos bo’ling!
Vaqt-vaqti bilan hayotingizda, tuyg’ularingiz va miyangizda "tozalash” ishlarini amalga oshiring. Deylik, qachondir kim bilandir tortishgansiz, ziddiyatga borgansiz. Buni yuragingizda ko’tarib yurishning keragi yo’q. Muvaffaqiyatga erishishingiz uchun xalaqit beradigan nimaiki bo’lsa hammasini miyangizdan va qalbingizdan o’chirib tashlang. O’tmishdagi xatolaringiz bilan yashamang. Hayotda omad va baxtga erishish uchun yoqimsiz xotiralar o’rnini yorqin orzular bilan to’ldiring!
Aslida, yorug’ dunyoda yashayotganimiz, qo’l-oyog’imiz butun, sog’-salomatligimiz, oilamiz borligi, ota-ona, jigarlarimiz, farzandlarimiz omonligi, kasb-korimiz ortidan rizq-nasibamiz yetib turganining o’zi - katta omad. Ana shu ne'matlarga shukur qilsak, o’zimizda bor narsalarni qadrlasak, omad va muvaffaqiyat bizni hech qachon tark etmaydi!
To’garak mashg`ulotida yaxshi qatnashgan o`quvchilar ballarini e`lon qilish, rag`batlantirish.

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə