Tarbiya fanidan 2023- 2024 o’quv yili uchun tuzgan ish rejasi



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə14/34
tarix28.11.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#134473
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
tarbiya togarak 2023

MMIBDO’____________________


13 Mavzu: Do’stlik va mehr oqibat
Mashg’ulotning maqsadi: o’quvchilarga Do’stlik mehr oqibat har narsadan harqancha ustun ekanligi, kulfat tushsa boshga do’st shu onda kor kelishi haqida tushuncha berish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Mashg’ulotning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.
Mashg’ulotning shiori: Biz tanlagan yo‘l. O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar yurti. !
Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, tarqatma materiallar, slaydlar.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomat,tozalik
II.Asosiy qism:
Dushman otgan tosh emas, do‘st otgan gul qattiq tegar...
Do‘stlik va sadoqat tushunchalari bir-biriga ma'nodosh va bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan so‘zlardir. To‘g‘rirog‘i, sadoqat bu – do‘stlik degani, do‘stlik esa sadoqat demakdir. Zero, arab tilidan kirib kelgan sadoqat so‘zi do‘stlik ma'nosini ifoda qiladi. Chunki haqiqiy do‘st sadoqatli bo‘ladi. Sodiq do‘st degan so‘z ham shundan kelib chiqqan. Sadoqat - do‘stlik kishi uchun nasib qilishi mumkin bo‘lgan ne'matlarning eng yaxshilaridan biridir, deb aytsak xato qilmagan bo‘lamiz. Bu ne'matni faqat haqiqiy do‘sti bor odamgina to‘laqonli his qila oladi.
Sadoqat - do‘stlik “sidq” so‘zidan olingan. “Sidq” esa rostgo‘ylik, samimiyat va vafodorlikni anglatadi. Zero, do‘st do‘stiga nisbatan rostgo‘y, samimiy va vafodor bo‘ladi.
Do‘stlik tushunchasining mazmun mohiyati haqida donishmand kishilar, olimu fozillar tomonidan ko‘plab so‘zlar aytilgan bo‘lib, ularning ba'zilarini siz azizlar bilan baham ko‘ramiz.
- Do‘stlik shunday bir daraxtdirki, urug‘i vafo, shohlari umid, yaproqlari saodatdir.
- Do‘stlik bir shahardirki, kaliti vafo, aholisi esa vafodorlardir.
- Do‘stlik usiz inson yashay olmaydigan kuch-quvvat manbaidir.
- Do‘stlik ikki shaxsning go‘yoki bir shaxs sifatida birlashib ketishi va yagona fikrni o‘zida tashimog‘idir.
- Do‘stlik u orqali kishi o‘z dardini chiqarib yuborib, yengil nafas oladigan bir tuynukdir.
- Do‘stlik o‘zga uchun o‘z manfaatlarini qurbon qilish, fidokor bo‘lish hamda xudbinlik illatidan ozod bo‘lishdir.
Do‘stlik va sadoqat vafodorlik va fidokorlik tushunchalariga tutash bo‘lgan tuyg‘udir. Xiyonat unga butkul begona. Haqiqiy do‘st do‘stiga hech qachon xiyonatda bo‘lmaydi.
Do‘stning, yaqin kishining xiyonati juda og‘ir va alamli bo‘ladi. Uni qalbdan butkul o‘chirib yuborish mushkul. Do‘st tomonidan yetkazilgan kichik aziyat ham zohiran kichik bo‘lib ko‘ringani bilan aslida katta bo‘lib, qalbda chuqur jarohat qoldiradi. Chunki, do‘stdan jafoning kattasi ham, kichigi ham kutilmaydi. Nainki jafo, balki, qandaydir e'tiborsizlik, bemehrlik ham do‘st bilinuvchi kishidan sodir bo‘lishi ko‘ngilga og‘ir botadi. Donishmandlardan biri shunga ishora qilib: "dushmanlarim tosh otdi, parvo qilmadim. Do‘stlarim otgan guldan boshim yorildi", degan ekan

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə