Tarbiya fanidan 2023- 2024 o’quv yili uchun tuzgan ish rejasi



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə12/34
tarix28.11.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#134473
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
tarbiya togarak 2023

Uyga vazifa: Mavzuni o`qib mustaqil ish tayyorlab kelish.
MMIBDO’____________________

11 Mavzu: Baxt oilada


Mashg’ulotning maqsadi: o’quvchilarga Baxtga eng avvalo oiladan boshlanishi, oilani baxtsiz qilib boshqa joyda baxtga erisha olmasligi haqida tushunchalar berish.
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.
O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Mashg’ulotning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.
Mashg’ulotning shiori: Biz tanlagan yo‘l. O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar yurti. !
Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, tarqatma materiallar, slaydlar.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomat,tozalik
II.Asosiy qism:

OILA – TARBIYA – BAXT! (15-may Xalqaro oila kuniga bag‘ishlanadi)


“Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat,
yo saodat - yo falokat masalasidir”
Abdulla Avloniy
Ko‘p olimlar o‘z tadqiqotlarida ma’naviy tanazzulning asosiy omillari bo‘yicha qator izlanishlar olib borishdi, har xil qiziqarli tahliliy ma’lutolar asoslandi, lekin bularning ichida odamni tashvishga soladigan bir qaraganda e’tiborsizdek tuyiladigan, lekin oqibati tanazzulga, johillikka olib boradigan bir omil, ya’ni oilada farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik illati millatning ma’naviy tannazulining asosi desak hecham mubolag‘a bo‘lmaydi.
Xo‘sh nega bugun ota-onalar o‘rtasida farzand tarbiyasiga e’tiborsizligini ko‘rsatib bermoqda? Farzandi tarbiyasi bilan shug‘ullanishiga qanday omillar to‘sqinlik qilyapti? Ota-onalar tarbiyaviy yondashuvlarini biladimi? Mazkur savollar bizning masala yuzasidan hamma uchun birdek ahamiyatga ega optimal yechim topish vazifasini oldimizga qo‘ymoqda. Bugun butun dunyoda inson kapitali uchun kurash, eng katta sarmoya farzandni yaxshi bilimli bo‘lishiga, tarbiyasiga tikilayotgan bir vaqtda farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik illati kuchayib borayotganligi hammamizni tashvishlantiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishning yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi Qarorida oilada farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik ichki tahdid sifatida qayd qilinib, unga qarshi samarali kurash olib borish vazifasi qo‘yildi.
Yuqoridagi masalani nechog‘lik xavotirli va dolzarbligi to‘g‘risidagi mulohazalarni asoslashda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish, baholash, ustuvor yo‘nalishlarni aniqlab, ularning aholi turli qatlamlariga ta’sirini o‘rganish va zarur maqsadli va manzilli tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida, joylarda o‘tkazilgan so‘rovlar natijalaridan misollar keltirish mumkin

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə