Tarbiya fanidan 2023- 2024 o’quv yili uchun tuzgan ish rejasi



Yüklə 2,08 Mb.
səhifə7/34
tarix28.11.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#134473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
tarbiya togarak 2023

Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, tarqatma materiallar, slaydlar.
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomat,tozalik
II.Asosiy qism:

Biz uchun oilamiz ko`z ochib ko`rgan dargoh bo`lsa, mahallamiz muqaddas Vatanimiz ichidagi mo`jaz vatandir. Zotan, mahalla oilalardan tashkil topadi. Farzandlar oila bag`rida kamol topgani kabi oila ham mahalla ko`z oldida barpo bo`ladi, uning ichida ravnaq topadi. Mahalla oilaning eng yaqin maslahatchisi, ishonchli tayanchidir.


Xursandchilik kunlari ham, boshga ish tushgan onlarda ham bir-biriga hamdard va hamnafas bo`lish mahalladoshlarning qadimdan kelayotgan o`lmas xususiyati. Zero, o`zbek mahallasi shunday bir dargohki, unda insonlar bir-biri bilan opa-singil, aka-uka, quda-anda, do`st-birodar bo`lib ketadi. Odamlar o`zaro quvonch va g`amlarga sherik, farzand tarbiyasida mas’ul, yutuqlar ham, kamchiliklar ham mahalla ahliga baravar bo`lib tushadi. Zero, xalqimiz “ Otang – mahalla, onang – mahalla” degan naqlni bilib aytgan.
Mahalla yoshlarni kasb-hunarga yo`llovchi, ishsizlarni mehnat bilan ta’minlovchi maskan ham. Har bir oilaning o`z kasb sulolasi bo`lganidek, mahallaning ham uzoq tarixga ega kasb-hunar sulolalari mavjud. Masalan, zardo`zlar mahallasi, etikdo`zlar mahallasi, duradgorlar yoki temirchilar mahallasi va hokazo.
Mahalla – tarbiya maskani. Hududda o`sayotgan har bir yigit-qizning axloq-odobi uchun butun mahalla ahli mas’ul. Chunki mahallada yoshlarning har bir xatti-harakati barchaning diqqat markazida bo`ladi. Mahalladoshlarning har bir yosh taqdiriga javobgarligi, ular uchun kuyunishi, yurish-turishini nazorot qilishi barkamol shaxsni tarbiyalab yetishtirish omili hisoblanadi.
Mahalla – oila tinch-totuvligini, jipsligini мustahkamlaydigan joy. Tabiiyki, oilada ba’zi arzimagan narsa tufayli janjal chiqishi va bu haqda mahalla rahbarlari vazmin, chuqur mushohadali bo`lib, ularni iloji boricha yaxshilash yo`lidan borishadi. Bu bilan uydagi janjal hamma yoqqa ovoza bo`lishi, keyingi xijolatpazliklarning oldi olinadi, eng muhimi esa – ko`plab farzandlarga muqaddas oshyon bo`lgan oila asrab qolinadi. Mahalla hozirgi davda asosiy e’tiborni ta’lim-tarbiya ishlariga qaratgan. Bu o`rinda uning ta’lim muassasalari bilan mustahkam aloqasini nazarda tutish lozim.

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə