Tаrbiya jаrаyonining mоhiyati vа аhаmiyati


Tarbiyaning maqsadi va vazifalari



Yüklə 286,5 Kb.
səhifə2/13
tarix10.10.2023
ölçüsü286,5 Kb.
#126642
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
4-MA`RUZA MASHG`ULOTI

4.2.Tarbiyaning maqsadi va vazifalari.
Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyatan turlicha ifodalab kelingan bo'lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya xususida taniqli o'zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo saodat - yo falokat masalasidur»'. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo'lishi avlodlar tarbiyasiga ko'p jihatdan bog'liq. Tarbiya maqsadi ijtimoiy buyurtma asosida belgilanadi. Eng oddiy harakatdan tortib to keng ko'lamli davlat dasturi asosida tashkil etiluvchi tarbiya doimo muayyan maqsadga yo'naltirilgan bo'ladi. Maqsadsiz, ma'lum g'oyani ifoda etmaydigan tarbiya bo'lmaydi. Tarbiya maqsadi asosida uning mazmuni asoslanib, maqsadni amalga oshirishga xizmat qiluvchi metod va usullar aniqlanadi. Tarbiya maqsadining muammosi pedagogikaning dolzarb masalalaridan biri sanaladi.
Tarbiya maqsadi umumiy va individual xarakterga ega bo'lishi mumkin. Ilg'or pedagogika umumiy va individual maqsadlar birligi va uyg'unligini namoyon etadi.
Maqsad tarbiyaning umumiy ijtimoiy maqsadni ijobiy hal etishga yo'naltiriladi hamda aniq vazifalar tizimi sifatida namoyon bo'ladi. Demak, tarbiya maqsadi tarbiya jarayonini tashkil etish asosida hal etiladigan vazifalar tizimidir. Tarbiya maqsadlari mohiyati va ko'lamiga ko'ra umumiy va aniq vazifalar sifatida guruhlanadi.
Tаrbiyaning umumiy vаzifаlаri:

  • jаmiyat а’zоlаrining mаqsаdgа yo’nаltirilgаn rivоjlаnishi hаmdа ulаrning qаtоr ehtiyojlаrini qоndirish uchun shаrt-shаrоit yarаtish;

  • jаmiyat rivоji uchun zаrur bo’lgаn ijtimоiy mаdаniyatgа mоs еtаrlichа hаjmdаgi “insоn kаpitаli”ni tаyyorlаsh;

  • mаdаniyatlаrni uzаtib turish оrqаli ijtimоiy hаyotning bаrqаrоrligini tа’minlаsh;

  • mа’lum jins yoshi vа ijtimоiy-kаsbiy guruhlаrning qiziqishlаrini hisоbgа оlgаn hоldа ijtimоiy munоsаbаtlаr dоirаsidа jаmiyat а’zоlаrining hаrаkаtini tаrtibgа sоlish.


Yüklə 286,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə