Tаrbiya jаrаyonining mоhiyati vа аhаmiyati



Yüklə 286,5 Kb.
səhifə9/13
tarix10.10.2023
ölçüsü286,5 Kb.
#126642
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
4-MA`RUZA MASHG`ULOTI

Tarbiya qoidalari.
Tarbiya jarayonining qonuniyatlari bilan birga bola tarbiyasining ham o‘ziga xos bir qator muhim qoidalari bo‘lib, ular quyidagilar:
- tarbiyaning aniq bir maqsadga qaratilganligi;
- tarbiyani hayotiy faoliyat bilan bog‘liq hodisa deb bilish;
- shaxsning jamoada tarbiyalashga oid o‘rni;
- tarbiyalanuvchi shaxsiga nisbatan talabchan bo‘lishi va uning shaxsini hurmat qilish;
- tarbiyalanuvchi (o‘quvchi)ning tarbiya jarayonida yoshi va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
- tarbiyaviy ishlarning izchilligi va muntazam olib borilishiga e’tibor.
Tarbiya tamoyillari.
Tarbiya jarayonining muvaffaqiyati uni tashkil etishda qanday tamoyillarga ko‘ra ish ko‘rilayotganligiga ham bog‘liq.
Tarbiya tamoyillari tarbiya jarayoni qonuniyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaviy jarayonda ilg‘or tamoyillarga amal qilinishi tarbiya samarasini ta’minlaydi.
Tarbiya tamoyillari quyidagilardan iborat:

  • tarbiyaning maqsadga yo‘naltirilganligi va g‘oyaviyligi;

  • tarbiyada demokratik va insonparvarlik g'oyalarining ustunligi;

  • tarbiyada milliy, umumbashariy qadriyatlarning ustunligi;

  • tarbiyada izchillik va tizimlilik;

  • tarbiyaning ijtimoiy hayot bilan qo'shib olib borish;

  • tarbiyani mehnat bilan bog‘Iash;

  • tarbiyalanuvchi shaxsni hurmat qilish;

  • tarbiyada o‘quvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish;

  • jamoa va jamoa yordamida tarbiyalash;

  • tarbiyada o‘quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy tomonlarni yo‘qotish.

Tarbiyaning maqsadga yo‘naltirilganligi va g‘oyaviyligi - 0‘qituvchi ijtimoiy tarbiya maqsadi va vazifasini aniq tasavvur etishi va puxta anglab olishi zarur.Yosh avlodni yuksak g‘oyaviylik ruhida tarbiyalash - ularning ongiga xalq, millat, yurt, jamiyat manfaatlaridan yuqoriroq manfaat bo‘lishi mumkin emasligini singdirish, ularni vatanga, xalqqa muhabbat ruhida va sadoqatli qilib tarbiyalash demakdir. Bu sohada mustaqil respublikamiz xalq ta’limi xodimlarining asosiy vazifasi erkin, ijodkor, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, yetuk mutaxassis, komil shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning barchasi ijtimoiy tarbiyaning maqsadini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilishi zarur.O‘qituvchi (tarbiyachi)lar jamoasi va har bir o‘qituvchi - tarbiyachining maqsadi har tomonlama kamol topgan mukammal inson shaxsini tarbiyalashdan iborat bo’lishi lozim. Ana shunda mazkur tamoyil o‘z vazifasini bajargan bo’ladi.

Yüklə 286,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə