Tаrbiya jаrаyonining mоhiyati vа аhаmiyati


Tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qo‘shib olib borish



Yüklə 286,5 Kb.
səhifə11/13
tarix10.10.2023
ölçüsü286,5 Kb.
#126642
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
4-MA`RUZA MASHG`ULOTI

Tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qo‘shib olib borish. Mehnatning tarbiyaviy ta’siri g‘oyat kattadir. Mehnatda ishtirok etish va unumli mehnat qilish bilan shaxs o‘z qobiliyati va iste’dodini namoyon qiladi va kamolga yetadi. Mehnat yosh avlodning tarbiyasi uchun juda katta vositadir. O‘quv mehnati va ijtimoiy foydali mehnat o‘quvchi shaxsiga ijobiy ta’sir etadi, bu ikki faoliyat birligi bolani faollashtiradi, xulq birligini ta’minlaydi, tashabbuskor va izlanuvchan qiladi. Mehnat bolalarga siyosiy-ma’naviy tarbiya berish uchun zamin hozirlaydi. Shuning uchun oila va maktablarda bolalarni ilk yoshidan boshlab mehnatsevarlik ruhida, mehnatga muhabbat va mehnat kishilariga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi. Maktabda o‘qishning o‘zi ham mehnatdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning aksariyati ham mehnat tarbiyasi bilan mustahkam bog‘langan.
Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish - o‘quvchilarni ijtimoiy tarbiyalashning muhim tamoyillaridan biri - ularning shaxsini hurmat qilishdir. Bu tamoyil insonparvarlik munosabatidan kelib chiqadi. O‘quvchi shaxsini hurmat qilish, ularga mehr-muhabbat ko‘rsatish va ularga ishonish shart. Tajribalarning ko‘rsatishicha, qayerdaki o‘quvchilarga hurmat, muhabbat, ishonch bo‘lsa, shu yerda tarbiyaning ta’siri samarali bo’ladi. Bolalarga hurmat va muhabbat ular kuchiga kuch qo‘shadi, o‘qituvchiga nisbatan hurmatni uyg‘otadi.
Tarbiyada o‘quvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish - tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari bolalarning yosh va saviyasiga qarab turli sinflarda turlicha bo‘ladi. Bolalar maktabda rivojlanishning turli davrlarini - bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik bosqichlarini bosib o‘tadilar. Shu davrlar ichida bolaning axloqiy turg‘unligi rivojlanadi, xulqi va ongi o‘rtasidagi uyg‘unlik vujudga keladi. Tarbiya berishda har bir o‘quvchining shaxsiy xususiyatlarini ham hisobga olish katta ahamiyatga ega. Bolalarning jismoniy va ma’naviy o'sishida bir qadar umumiylik bor, biroq bolalarning tavsif- xislatlari, qobiliyat va mayllari, qiziqishlari, irodaviy sifatlari har xil bo’ladi. Bu farqlar ularning xulqida, o‘qishi va mehnatida aks etadi.
Bir o'quvchiga nisbatan foydali metodni boshqa o‘quvchiga nisbatan qo'llaganda natijasiz bo'lib chiqishi mumkin. Shuning uchun har bir o’quvchining o‘zgarishga xos bo'lgan xususiyatlarini o'rganish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 286,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə