Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan amaliy mashg’ulot mavzulari yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 40,77 Kb.
səhifə2/6
tarix14.05.2023
ölçüsü40,77 Kb.
#110206
1   2   3   4   5   6
Tarbiyaviy ishlar metodikasi amaliy mashg\'ulot

birinchidan, muloqotda har bir o`quvchiga alohida e`tibor va dilkashlik, sinf jamoasi 
bilan umumiy muloqot jarayonini soddalashtiradi, o`qituvchining erkin pedagogik 
faoliyati uchun zamin tayyorlaydi, ziddiyatli vaziyatlarni oson hal qiladi; 
ikkinchidan, har bir o`quvchi bilan o`zaro munosabatni erkin muloqot asosida tashkil 
qilish, ularning yosh xususiyatlariga monand pedagogik va psixologik muloqot 
uslublarini tanlash, uning ruhiyatini bilishga, ichki dunyosiga ―kirib borish‖ga yo`l 
ochadi; 
uchinchidan, pedagogik muloqotda o`qituvchining ma`naviy-axloqiy normalari 
muvaffaqiyatlar kaliti bo`lib, ta`lim-tarbiya samaradorligini oshiradi, muloqotning 
barcha bosqichlarida o`qituvchining o`z faoliyatidan qoniqish hissini xotirjamligini 
ta`minlaydi. 
O`qituvchining o`quvchilar bilan muloqot madaniyati individual uslublarini 
shakllantirish metodikasi quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi: 
1. O`quvchilar bilan muloqot qilish madaniyatining individual shaxsiy xususiyatlarini 
o`rganishi. O`quvchilar shaxsiy xususiyatlarini mustaqil tahlil qilish, har tomonlama 
tavsif berish, o`qituvchining muloqotni to`g`ri tashkil etishi asosida amalga oshadi. 
2. Shaxsiy muloqotda ro`y beradigan kamchiliklarni aniqlash va darhol ularga barham 
berish choralarini izlab topish: muloqotda qo`pollik, mensimaslik va boshqa salbiy 
holatlarni yengish.  

3. O`qituvchi o`zi uchun muloqot madaniyatining qulay bo`lgan uslublarini ishlab 


chiqishga doir faoliyatni ishlab chiqishi va o`z-o`zini kuzatish bilan yutuq va 
kamchiliklarni taqqoslash. 
4. O`zining muloqot madaniyati uslublariga muvofiq keluvchi milliy an`ana va 
ma`naviyatimizga xos jihatlardan unumli foydalanish. 

5. Muloqot madaniyatida pedagogik faoliyat qonuniyatlaridan chetga chiqmaslik, bu 


uslubni mustahkamlash (pedagogik amaliyot va malaka oshirish jarayonida). 
Pedagogik faoliyatni endigina boshlayotgan yosh o`qituvchilar o`z kasbiy 
mahoratlarini 
oshirish 
maqsadida o`quvchilar 
bilan 
muloqot 
madaniyatini 
shakllantirish ustida muntazam ish olib borishlari zarur. Ta`lim-tarbiyaviy jarayonni 
tashkil etishda pedagogik muloqot madaniyati o`qituvchi va o`quvchilarning bevosita 
o`zaro munosabatini ma`lum bir maqsad sari hamjihatlikka yo`naltiruvchi kuchdir. Bu 
o`rinda o`qituvchi quyidagi vaziyatlarni e`tiborga olishni alohida ta`kidlash lozim: 
- o`qituvchining ilk tarbiyaviy faoliyatidan boshlab muloqot madaniyatiga rioya 
qilishi, bu jarayonda o`qituvchi va o`quvchilar jamoasi bilan har kungi muomalani 
vaziyatga qarab rejalashtirishi, har bir harakat, so`z ohangiga e`tibor, an`anaviy 
muloqotning eng yaxshi xususiyatlarini o`zlashtirishi; 
- muloqot asosida sinf jamoasidagi turli vaziyatlarni qayd etish, o`quvchilar hatti-
harakatining oldingi holati bilan, tarbiyaviy faoliyatdan keyingi holatini qiyoslab 
chiqib baho berish; 
- o`z muloqot uslubi natijalarini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib, kamchiliklarni 
uzluksiz bartaraf etib borish. Zarur so`z, ovozdagi yoqimli ohang, hulq-atvorni 
vujudga keltirish; 
- pedagogik muloqot madaniyatining samarali kechishi uchun uning shart- sharoitlarini 
bilib olishning o`zi kifoya qilmaydi, o`quvchilar bilan o`zaro muomalaning ―ustoz-
shogird‖ an`analariga xos boshlanishi va o`zaro fikr almashish asosida muhim 
vazifalarni hal qilish bilan muomala ob`ektining diqqatini o`ziga jalb qilish; 
- muloqot ob`ekti, ya`ni o`quvchining diqqatini o`ziga jalb qilish deganda nimani 
anglash kerak? Buning ma`nosi o`qituvchi o`zining xushmuomalaligi, madaniyati, 
go`zal xulqi, muloqotda o`quvchilar qalbiga yo`l topa olishi bilan o`z mahoratini 
namoyish qilib, muloqot madaniyatining tashkiliy shakllariga ijtimoiy- psixologik 
negizni asos qilib olishidir. Ko`rsatib o`tilgan vaziyatlar asosida pedagogik ta`sir 
ko`rsatish uchun, o`qituvchining pedagogik muloqot madaniyatiga, etikasi va odob-
axloqiga, dilkashligiga, muosharat odobiga alohida talablar qo`yiladi. Ushbu fazilatlar 
o`qituvchining sinf jamoasida, ota-onalar bilan muloqot qila bilishida, o`quvchilar 
bilan aniq maqsadni ko`zlagan holda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishida va ularni 
boshqara olishida muvaffaqiyatlar garovidir. Kasbiy faoliyatning noyob fazilati 
bo`lmish pedagogik muloqot madaniyatiga amal qiladigan yosh o`qituvchi quyidagi 
xususiyatlarni o`zida mujassamlashtirishi lozim: 
- mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy talablari va ehtiyojlariga mos bo`lgan yuksak 
ma`naviyat darajasidagi qarashlar, kuchli va barqaror e`tiqod, davlatimiz ideallari, 
milliy g`oya va istiqlol mafkurasiga sodiqlik, vatanparvarlik, fidoyilik tuyg`ulari 
shakllangan ijtimoiy-siyosiy faol shaxs; 
- o`quvchilarga samimiy mehr–muhabbat, ularning har qanday ehtiyojlari, qiziqishlari, 
hatti-harakatlari motivlarini, xulq-atvorlarini tushunish ko`nikmasi va malakasining 

3. Pedagogik ta’sir ko’rsatishning asosiy usullari - ishontirishtalabistiqbolrag’batlantirish va jazolashjamoatchilik fikridir.


O’zaro hamkorlikda ta’sir ko’rsatishning natijasi ishontirishdir. U haqiqiy va soxta turlarga bo’linadi. M.: Kommunizmga ishonish.
Ishonch 3 tarkibiy qismdan iborat: 1. Bilim; 2. Hissiyot; 3. Xulq-atvor. U tushunish - kechinma - qabul qilish orqali amalga oshadi.
Ishontirish shakllari quyidagilar: ma’ruzabahsmunozarasuhbathikoya qilishdalillashko’rsatish (namoyish qilish), shaxsiy namuna.

Yüklə 40,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə