Tarbiyaviy ishlar metodikasi



Yüklə 210,02 Kb.
səhifə5/10
tarix24.12.2022
ölçüsü210,02 Kb.
#97796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
NUTFILLOYEVA AZIZA TIM KURS ISHI TAYYORI (2) (2) (2) (2)

1.2.1-rasm
Agar ota-ona qoʻshimcha ish olib ishlayotgan boʻlsa, bola shuni tushunishi kerakki, onasi va otasi oilada hamma yaxshi yashashi uchun mehnat qilayopti. U shunday mantiqni tushunmog‘i lozim: Har kim oila hayotini yaxshilashga oʻzining qoʻlidan kelgan hissasini qoʻshishi kerak. Bola sizga qancha ertaroq yordam bera boshlasa, shuncha yaxshi boʻladi.
Bozor iqtisodiyoti oila tarbiyasida keng qoʻllanib kelingan milliy qadriyat sifatidagi tajribalariga suyanishni ham taqozo etadi.Masalan oʻzbek oilalarida bolalarni tejamkorlik ruhida tarbiyalab kelganlar ,isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaganlar.
Ma’lumki, ‘iqtisod’ soʻzining ma’nosi keng tarqalgan boʻlib, chuqur mazmunga ega.Koʻp oʻrinda bu soʻz xalq ichida ‘tejamkorlik’ soʻzining sinonimi sifatida qoʻllaniladi.Tejamkorlik haqida soʻz ketganda isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslikni tushunamiz.
‘Iqtisod’ tushunchasiga Abdulla Avloniy quyidagicha ta’rif beradi ‘Iqtisod’ deb pul va mol kabi ne’matlarning qadriga yetmakka aytilur.
Mol qadrini biluvchi kishilar oʻrinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, oʻrni kelganda soʻmni ayamas . Saxovatning ziddi baxillik oʻldig‘I kabi iqtisodning ziddi isrofdur.Alloh Taolo isrof qiluvchilarni suymas’
Ota-bobolarimizning oʻz farzandlarini tejamkor boʻlishga undaganlarini xalq og‘zaki ijodi misolida ham koʻrishimiz mumkin.Masalan, tejamkorlik mavzusi xalq maqollarida ham oʻz aksini topgan.Zero, bu maqollar yuz yillar davomida avloddan-avlodga oʻtib, xalqning dilida saqlanib kelgan.
Maqollar kishilarning tarixiy tajribasi sifatida koʻpgina sinovlardan oʻtib shakllanadi va chuqur ma’no kasb etadi. Mana ularning ayrimlari:
‘Tejagan - birga birni qoʻshar,tejamagan birni ham boy berar’
“Pul topish uchun kuch –quvvat kerak, tejash uchun fahmu-farosat’
‘Tejamkor olqish olar, isrofgar koyishga qolar’
Hattoki, ota-onalarimiz tejamkorlik ruhida tarbiyalash vazifasiga farzandlarining baxt-saodatli boʻlishining bir sharti , axloqiy tarbiyaning bir koʻrinishi sifatida qaraganlar


Yüklə 210,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə