Tarbiyaviy ishlar metodikasi



Yüklə 210,02 Kb.
səhifə4/10
tarix24.12.2022
ölçüsü210,02 Kb.
#97796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
NUTFILLOYEVA AZIZA TIM KURS ISHI TAYYORI (2) (2) (2) (2)

1.1.1-rasm
Iqtisodning yaxshi yoki yomonligi tejamkorlik bilan bevosita bog‘liqdir. Bas, shunday ekan bolaga oilada iqtisod, kirim-chiqim mohiyati haqida ta’lim-tarbiya berish kerak. Bu ishni oʻquvchi bevosita maktab ta’limi davrida oladi. Shuning uchun oʻquvchida ilk iqtisodiy tushuncha asoslari va koʻnikmalarni tarkib toptirishga alohida e’tibor berilishi shu kunning muhim muammolaridan biridir.
Isrof soʻzining lug‘aviy ma’nosi bu – molni gunoh ishlarga sarflash yoki oʻzi va bola-chaqasi uchun hech narsa qoldirmay, bor-yoʻg‘ini mayda-chuyda, ikir-chikirlarga sarflab yuborish ma’nolarini anglatadi. Isrof – u qaysi koʻrinishda boʻlmasin kishining bor-yoʻg‘ini sovuradi, yakson qiladi, degan fikr ilgari surilgan oʻzini faqirlikdan saqlay oladi».
«Yaxshi sayrat, chiroyli hay’ot va har bir ishda iqtisodchilik etishi hislatlardan bir boʻlagidir». Yana bir hadisda «Sizlarning uchta ishingiz uchun olloh taolo rozi va uchta ishingiz uchun g‘azabda boʻladi. Molni nooʻrin erlarga sarf qilib zoe qilganingiz shularning bittasidur, deydilar». Birovdan qarzdor boʻlsangiz, va’da qilgan kuningizda topshiring», deb ta’kidlanadi Qobusnomada. Haqiqatdan ham inson mol, mablag‘, boylik uchun oʻzini xavf-xatarga qoʻymasligi shart. Albatta har bir inson uchun mol, mablag‘, boylik zarur, bu hayotning talabi. Ammo uni topishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga va boshqa me’yoriy hujjatlarda koʻrsatilgan qoidalarga rioya qilish oilaning, davlatning, jamiyatning rivojlanishiga toʻsiq boʻlmasligi darkor. Bu sohada tadbirkorlik, tashabbuskorlik, halollik, adolat, xalq, davlat manfaatlaridan kelib chiqib amalga oshirilsa samarali natijalar keltiradi.


1.2. O‘quvchilarni tejamkorlikka o‘rgatish orqali ularga iqtisodiy tarbiya berish

Oʻquvchilarga iqtisodiy tarbiya avvalo dars jarayonida singdiriladi. Oʻqituvchi qaysi sinfda qaysi predmetdan dars berishidan qat’iy nazar oʻrganilayotgan materialning mazmunidan, uning xususiyatlaridan kelib chiqib, oʻquvchilarga iqtisodiy ta’lim, tarbiya elementlarini singdirib, kerakli koʻnikma, odatlar haqida ma’lumot beradi. Masalan, adabiyot, tarix, geografiya darslarida biror yozuvchining asaridagi mazmunni bayon qilishda mazkur mahsulotni yoki boylikni ishlab chiqaruvchilar mehnati evaziga bunyod boʻlayotganligini, ular mehnatini qadrlash, mehnat ahllarini hurmatlash har bir odamning oʻz mehnatini qadrlashligini badiiy obrazlar vositasida oʻquvchilar ongiga singdiriladi. Geografiya kursini oʻqitish asosida tabiiy boyliklar, ularning turlari, ularning davlat rivojidgi hissasini uqtirish orqali mazkur boyliklar har bir kishiga kerak ekanligini, ularsiz inson hayoti farovon boʻlishi mumkin emasligini tushuntiradi. Oʻquvchi mazkur fanlardan olgan bilimlarini qiyoslab, taqqoslashtirish aasosida birinchi navbatda oʻz mehnatini, soʻng oʻzgalar mehnatini qadrlashga oʻrganadi. Shu asosda oʻquvchilarda iqtisodiy ma’lumot, koʻnikma va odatlar tarkib topadi. Oʻquvchilarni iqtisodiy tarbiyalashda sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar samarali ta’sir koʻrsatadi.Masalan, «Mohir qoʻllar» toʻgaragi ishtirokchilari oʻqituvchi-usta rahbarligida turli xil buyumlar, kiyim-kechaklar, oʻyinchoqlarni tayyorlash bilan bog‘liq koʻnikmalarni oʻrganadilar, ya’ni biror bir mahsulot ishlab chiqarishni oʻrganadilar. Ana shu mahsulotlar ishlab chiqarilmasa odamlar ularni bozordan xarid qilishlari zarur boʻladi. Demak, ishlab chiqargan buyumlar kishilarning shu sohaga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantiradi, ya’ni ta’minlaydi. Xullas, bu mahsulotlar mablag‘, ya’ni pul hosil boʻlishiga asos soladi. Pul esa oʻz navbatida oʻquvchilarni iqtisodiy fikrlashga va shu haqda toʻg‘ri xulosa chiqarishga undaydi.


Oilada tejamkorlik tarbiyasi. Pul ham tarbiyalaydi. Bungga befarq qaramaslik darkor. Pul muomalasiga mensimay qarash, koʻpincha ikki tomonlama muammoga olib keladi. Tekinxoʻrlik va oilaning iqtisodiy qiyinchiliklarini bilishni istamaslik odati tarbiyalanadi. Ikkinchidan, pul ochkoʻzlik, pul jamg‘arishga intilishni tarbiyalashi mumkin. Ilk yoshlikdanoq bolani oilaning xoʻjalik ishlari bilan tanishtirib borish zarur. Bola oila mablag‘ini bilishi, oila hayotining bir oylik, bir kunlik «taxminiy smetasini» bilishi lozim. U asosiy oziq-ovqatlarning – non, yog‘, sut, goʻsht, baliq, sabzavot va boshqalarning narxini bilishi kerak. Bola kamolga etib borgan sari uni buyumlar (kiyim, poyafzal, televizor va hokazolarning) qimmati bilan tanishib bormog‘i lozim.


Yüklə 210,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə