Tarbiyaviy ishlar metodikasi


II BOB. MAKTAB – OILA - MAHALLA BILAN HAMKORLIK ISHLARIDA IQTISODIY TARBIYANING MAZMUNI



Yüklə 210,02 Kb.
səhifə6/10
tarix24.12.2022
ölçüsü210,02 Kb.
#97796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
NUTFILLOYEVA AZIZA TIM KURS ISHI TAYYORI (2) (2) (2) (2)

II BOB. MAKTAB – OILA - MAHALLA BILAN HAMKORLIK ISHLARIDA IQTISODIY TARBIYANING MAZMUNI
2.1. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda «Oila – mahalla - maktab hamkorligi» konsepsiyasining oʻrni va ahamiyati

Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa’y- harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993-yilda ishlab chiqilgan "Oila, mahalla, oʻquv bilim yurti hamkorligi" Kontseptsiyasi yoshlarni istiqlol g‘oyalariga sadoqatli, ma’naviy barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida ma’lum dasturilamal boʻldi.Respublikamizda keyingi yillarda qabul qilingan ta’lim va tarbiya toʻg‘risidagi qator me’yoriy hujjatlar, jumladan Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi "Ta’lim toʻg‘risida"gi qonunida bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va oʻquv bilim yurti nufuzini yanada yuqori pog‘onaga koʻtarishni taqzo etadi.


Zero, ta’lim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, birinchidan, yosh avlodga oʻzligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg‘ularini, xalqimizning koʻp asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qoʻyilgan oliy maqsad va vazifalarni singdirish;
ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud boʻlgan hurfikrlikdan qat’iy nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng yuksak maqsadlar sari chorlaydigan yagona g‘oya — milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;
uchinchidan, yoshlarni baynalmilal jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda Oʻzbekistonga munosib hurmat tug‘dirish uchun intilish ruhida tarbiyalash;
toʻrtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, yuksak odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash;
beshinchidan, yosh avlodni ulug‘ ajdodlarimizning munosib vorislari ekanliklari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash ruhida tarbiyalash Oʻzbekistonda oʻquvchi-yoshlarni tarbiyalashning eng dolzarb masalasidir.
Birinchi Prezidentimiz koʻrsatib berganidek, ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar:

Mazkur Konsepsiyada taraqiyotimizning ma’naviy-axloqiy negizi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi ekanligi e’tirof etildi, milliy va umuminsoniy tarbiyaning quyidagi oʻzaro aloqalari, uyg‘un yoʻnalishlari belgilab olindi.


Milliy tarbiya yoʻnalishi orqali yoshlarda oʻzlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g‘urur, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy odob, fidoyilik fazilatlari shakllantiriladi.
Umuminsoniy yoʻnalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik, ekologik, gigiyenik va boshqa tarbiya yoʻnalishlari amalga oshiriladi. Bu Konsepsiya milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablari asosliligini ta’minlaydi.
Konsepsiyada oilaga alohida e’tibor qaratildi. Oʻzbekistonda 1998-yil "Oila yili" deb e’lon qilinishi oilaning tarbiyaviy rolini yanada kuchaytirdi. Qayd etilgan masalalar jamiyatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri va uning dunyo miqyosidagi syosiy, iqtisodiy, ijtimoiy salohiyatini shakllantirishda g‘oyat katta ahamiyatga ega ekanligiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-martda qabul qilingan "Ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, diniy aqidaparastlikning oldini olish chora-tadbirlari toʻg‘risida"gi 130-sonli qarori misol boʻla oladi jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga alohida e’tibor berilgan. Bu "Oila, oʻquv bilim yurti, mahalla hamkorligi" bugungi kunning ma’naviy, ma’rifiy, mafkuraviy, tarbiyaviy zarurati ekanligini bildiradi. Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, madaniy, tarixiy an’analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini ta’minlash; umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish; mamlakatimiz fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini takomillashtirish "Oila, mahalla, oʻquv bilim yurti hamkorligi" Konsepsiyasining asosiy maqsadidir.
Oʻzbekistonda ruy berayotgan oʻzgarishlar "Oila – mahalla - oʻquv bilim yurti hamkorligi" yoʻnalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, oʻquv bilim yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo qiladi.



Yüklə 210,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə