Tarbiyaviy ishlar metodikasi



Yüklə 210,02 Kb.
səhifə8/10
tarix24.12.2022
ölçüsü210,02 Kb.
#97796
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
NUTFILLOYEVA AZIZA TIM KURS ISHI TAYYORI (2) (2) (2) (2)

2
.2.1-rasm



XULOSALAR
Iqtisodiy tarbiyaning yuksak darajasi asosida milliy g‘oya va milliy g‘urur turadi. Oʻquvchi shaxs va fuqoro sifatida oʻz allomalarining iqtisodiy tarbiya oʻrgatish toʻg‘risidagi qarashlari, hamda millati tarixini mukammal bilmog‘i lozim. Ana shunda dini, urf-odatlari, ma’naviy hamda moddiy qadriyatlarni qadrlaydi, undan doimo faxrlanadi. Faxrlanish tuyg‘usi sog‘lom fikr ruhida oʻz shogirdlariga oʻtadi. Fikrlarni g‘oya darajasiga koʻtarish uchun uning ta’sirchanligi, salmog‘i va samaradorligiga erishish lozim. Oʻquvchi iqtisodiy tarbiya oʻrgatish subyekti ham hisoblanadi-ki, bu jarayon tadqiqot ishida oʻzining ilmiy-nazariy echimini topdi.
Oʻz Mamlakatinig iqtisodiy salohiyatini bilish va anglash, milliy g‘oyaning aniq shart-sharoitida oʻquvchining iqtisodiy tarbiya oʻrgatish maqsadlari sari intilishida namoyon boʻladi. Oʻquvchi yoshlarning orzusi biror g‘oyaga asoslansagina hayotiy va umrboqiy boʻlishi mumkin. Shuning uchun Bosh g‘oyamiz Oʻzbekiston – kelajagi buyuk davlat boʻlish orzusi, har bir shaxs manfaatiga, iqtisodiy tarbiya oʻrgatish faoliyat mezoniga aylanib bormog‘i lozim. Iqtisodiy tarbiya oʻrgatish muayyan ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitda shakllanib, oʻquvchining ma’naviy salohiyati, umuminsoniy tarbiya, tafakkur darajasi, tabiat va jamiyat qonunlarini qay darajada tahlil eta olish qobiliyati bilan belgilanadi. Bu koʻrsatkichlarning naqadar yorqin yoki sust namoyon boʻlishi mumkinligi izlanishlar jarayonida tadqiq etildi.
Iqtisodiy tarbiya oʻrgatish zamirida axloqiy poklik, mehnat va mehnatkash insonga halol munosabat, madaniy saviya va iftixor turadi. Iqtisodiy madaniy jihatdan yetuk shaxsning tuzilmasini:
Tejamkorlik, ishbilarmonlik, mehnatsevarlik, halollik, samimiylik, milliy g‘urur, sodiqlik, kamtarlik, mehribonlik, kasbiy mas’ullik, bilimdonlik, ijodkorlik, tashabbuskorlik va tashkilotchilik tashkil etadi. Tuzilma pirovardida esa shaxsning intilishi, faolligi va kafolatlangan natijaga erishuvi turadi. Iqtsodiy tarbiyani berishning samarali mezonlari iqtisodiy barkamollik, iqtisodiy jihatdan oʻz-oʻzini tarbiyalash, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida iqtisodiy tarbiyava ijodkorlikni tarbiyalash ekanligi tadqiq etildi
Oʻz kasbidan mag‘rur inson mehnatga halol munosabatda boʻladi. Oʻz kasbidan qoniqmaydigan yoki norozi boʻlgan inson mehnat faoliyatida turli xil yalqovlik va koʻz boʻyamachiliklarga yoʻl qoʻyadi. Natijada iqtisodiy tarbiyani berishga xos motivlar inqirozi bekorchilik, ishsizlik va hatto bezorilik kabi turli xil jinoyatlar kelib chiqadi. Bunday inqiroz nosog‘lom iqtisodiy faoliyat jarayonida ham paydo boʻladiki, uning ijobiy echimi rahbar shaxs ma’naviyati va mahorati bilan bog‘liq ravishda hal etiladi. Inson tabiiy-ijtimoiy mavjudot sifatida oʻzining moddiy ehtiyojlari qatorida ma’naviy ehtiyojlarini ham qondira boradi. Ammo har qanday ehtiyoj negizida iqtisodiy-madaniy ehtiyoj turmog‘i lozim.
Bozor munosabatlari oʻzining tejamkorlik, halollik, insof, diyonat, vijdon, bilimdonlik va ishbilarmonlik kabi qonunlariga ega. Aynan bu qonunlar iqtisodiy tarbiyani berish tizimida amal qilinib kelayotgan qonunlar hisoblanadi. Shaxsning yuksak tarbiya darajasida egallagan kasb mahorati madaniy va rivojlangan bozor iqtisodiyoti tizimini yaratadi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari oʻquvchining iqtisodiy tarbiya oʻrgatish faoliyati asosida hayotga tadbiq etiladi.
Tadqiqot natijalari va xulosalari asosida quyidagi ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi, ya’ni, oʻquvchi shaxsining iqtisodiy tarbiyai negizi va mezonida:
yosh avlod qalbiga ona Vatanga mehr-muhabbat tuyg‘usini milliy g‘oya va milliy mafkura, davlatimiz ramzlari mohiyati hamda milliy qadriyatlar asosida etkazish;

  • uzluksiz ta’lim jarayonida yoshlarni iqtisodiy muammolarni echimini topishlarida ongli va asosli ravishda yoʻnaltirishning samarali tizimini yaratish;

  • oila, maktab va mahalla hamkorligida yoshlarni iqtisodiy barkamolligini ta’min etishda bekorchilik, ishsizlik kabi zararli illatlar va yot unsurlardan saqlash;

Oʻquvchi shaxsining iqtisodiy tarbiyani berishga ega boʻlishi uzluksiz pedagogik ta’lim tizimida, ya’ni, umumiy oʻrta ta’lim bosqichlarida zamon talablariga javob bera oladigan, malakali va etuk kadrlar bilan ta’min etib borishni kafolatlaydi.



Yüklə 210,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə