Тарихий манбашунослик


Florio Benevini elchiligi to`grisida manbalar



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə75/88
tarix25.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#106924
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   88
Òàðèõèé ìàíáàøóíîñëèê

Florio Benevini elchiligi to`grisida manbalar
Sharkka katta xarbiy kuch yuborish va uni kurol vositasi bilan egallash xarakati Pyotr I (1682-1725 yy.) davridan boshlab kuchayib ketdi. Pyotr I Aleksandr Bekovich-Cherkasskiyni mukammal kurollangan 5000 askar bilan Xivaga, uni Rossiya xomiyligiga kiritish xususida xon bilan muzokaralar olib borish uchun yubordi. Aslida bu shunchaki elchilik emas, balki xonni chalgitib, Xiva xonligini kuch bilan bo`ysundirishga karatilgan xarakat edi. Lekin Pyotr I maksadiga erisha olmadi. Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasi muvaffakiyatsizlikka uchradi. Shergozixon (1715-1728 yy.) Rossiya podshosining asl niyatini o`z vaktida paykadi va A.Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasini daf kildi.
Shundan keyin Rossiya Xiva va Buxoro xonliklarini bo`ysundirish payti kelmaganligini, uni osonlikcha bo`ysundirish mumkin emasligini, ularni xali ko`p o`rganish zarurligini angladi.
Rossiya elchilik maxkamasining mas`ul xodimi Florio Benevini elchiligi shunday maksad bilan O`rta Osiyoga yuborildi. Shuni xam aytish kerakki, Buxoro va Xivada A.Bekovich-Cherkasskiy vokeasidan keyin Pyotr I O`rta Osiyoga katta ko`shin yuboradi, degan xavf-xatar tugilgan edi. Shuning uchun bo`lsa kerak, Abulfayzxon 1717 yili Rossiyaga elchi yuborib, u bilan do`stona va savdo-sotik alokalarini o`rnatish istagini bildirdi.
Florio Benevini uchun tuzilgan va 1718 yil 13 iyul` kuni Pyotr I tarafidan tasdiklangan ko`llanmada elchiga kuyidagi topshiriklar berilgan:
1) Florio Benevini Buxoro xoni xuzuriga podsho xazratlarining elchisi sifatida boradi. Shu xakda uning ko`liga podsho xazratlarining Buxoro xoni nomiga yozilgan maktubi topshirildi. Elchi Peterburgdan Moskvaga kaytib borishi xamono Astraxanga jo`nab ketadi. Astraxandan Buxorogacha Abulfayzxonning uni Astraxanda kutib turgan elchisi bilan birga boradi.
2) Florio Benevini Abulfayzxonning elchisiga yo`lda o`zini tanitmaydi. Yo`lda, ayniksa Buxoro xonligi xududlaridan o`tayotganda, xamma erlarni, xususan bandargoxlar, kal`alar va shaxarlarni dikkat bilan ko`zdan kechirib boradi.
3) Xon bilan uchrashganda uni Eron va boshka davlatlarning elchilari katorida zo`r xurmat va extirom bilan kabul kilinishiga erishsin. Podsho xazrati oliylari u bilan do`stlik va savdo-sotik alokalarini ilgaridan xam ziyoda bo`lishini istayotganini xonga ma`lum kilsin.
4) Buxoroda bo`lganida, kanday bo`lmasin, Buxoro xonligi kal`alari, ko`shini, otlik va piyoda askarlarining umumiy soni, ularning kurol-aslaxalari va kancha zambaragi borligini, ko`shinidagi umumiy axvol, kal`larning ko`riklanishini bilib olsin.
5)Abulfayzxonning Eron shoxi va Xiva xonlari bilan munosabati kay darajada ekanligini aniklasin. Xiva xoniga karshi xarbiy ittifok tuzish taklif etilsin.
6) Buxoroda kanday tovarlar ishlab chikariladi va udar kaerlarga olib borib sotiladi? Buxoroga dengiz yoki kuruklikdan kaysi yo`l bilan borish mumkin? Buxoroda kaysi rus tovarlariga extiyoj katta? Rossiya bilan savdo-sotikni kuchaytirish mumkinmi? Mana shu masalalarni aniklasin.
7) Amudaryoda oltin bormi? Buxoro xonini ko`riklash uchun necha yuz gvardiyachi, yoki ko`shin yuborilsa, xon bunga rozi bo`ladimi? Shuni xam aniklasin.
Xar ikkila elchilik, Buxoro xonining Rossiyadan vataniga kaytib kelayotgan elchisi va Florio Benevini 1721 yil 6 noyayurda Buxoroga etib oldilar. Florio Benevini va uning xamroxlarini Buxoroga 10 verst kolganda yo`l ustida Buxoro to`pchiboshisi boshlik 50 kishidan iborat saroy mulozimlari kutib oldilar.
Rossiya elchiligi Buxoroda uch yarim yil, 1721 yil 6 noyabridan to 1725 yil 8 apreligacha turdi va podshoning yukoridagi topshiriklari bo`yicha kimmatli ma`lumotlar to`pladi. Ularning eng muximlarini kuyida keltirildi.
Buxoro va xalkining kurol-aslaxalari xakida Florio Benevinining o`z xukumatiga bergan ma`lumotnoma (relyatsiya)sida shular yozilgan: «(Kal`asi) yarim vayron bo`lgan xandak bilan o`ralgan. Shaxarda loydan kurilgan 15 ming xovli-joy mavjud. Shaxar markazida pishik gishtdan kurilgan baland minorali xon saroyi va madrasalar joylashgan.
Juda kam o`zbekda miltik bor. Ular asosan o`k-yoy va nayza bilan kurollangan. Shaxarda xammasi bo`lib 15 nafar zambarak bor. Lekin, ularning fakat bittasidan bayram kunlarida otish mumkin».
Ma`lumotnomada Buxorodagi rus asirlari xakida xam ma`lumot bor. «Buxoroda,-deb aytiladi bu xujjatda,-xon va boshka o`zbeklar ko`lida 250 ga yakin asir bor...Ularning umumiy soni 1000 ga etadi. Aytishlaricha, ularning soni Buxoro xonligida 2000, Xiva bilan Orolda 1500 ga etadi»
Mamlakatning er osti va er usti boyliklari xakida turli vaktlarda jo`natilgan ma`lumotnomalarda (Florio Benevini Buxoroda to`plagan ma`lumotlarini ko`lda saklashdan ko`rkib odamlari orkali Moskva va Peterburgga jo`natib turgan) kuyidagilarni o`kiymiz:
«Amudaryoning bosh kismida oltin yo`k. Lekin unga Ko`kcha daryosi kelib ko`shilgan joyda kumlok erlarda oltin bor, chunki Ko`kcha daryosi oltin va boshka rudalarga boy toglardan boshlanadi. Ko`kchaning boshlanish kismida, xususan yoz faslida maxalliy axoli katta-katta oltin parchalarini topib oladilar.»
«Badaxshondan tashkari, oltin, kumush, achchiktosh, ko`rgoshin, oliy navoi temir konlari Samarkand va Buxoroda xam bor».
«(Yukorida) tilga olingan Sirdaryoda oltin topsa bo`ladi. Lekin Andijonda va margilonda ko`prok. Boshka erlardagilar xakida choparimiz (Nikolay Miner) anik kilib aytib beradi. Sirdaryo soxillarida kumdan topilgan oltin parchasini undan berib yuborokdaman».
«O`sha daryoda (Sirdaryoda) oltin bor. (Tevarak atrofdagi) toglarda, xususan Koshgarda, Margilonda, Andijonda va Toshkentda xam bor. Xar xolda biz shunday deb egitdik».
F.Benevinining mana bu ma`lumoti xam muxim: «Badaxshon toglaridagi oltin, la`l va zaxar mo`xra konlarining barchasi maxalliy beklarning ko`lida».
F.Benevini Buxoroning XVIII asrning birinchi choragidagi ichki va xalkaro axvoli xakida o`ta muxim ma`lumotlar to`plagan. Uning o`z xukumatiga yuborgan ma`lumotnoma (relyatsiya)sida bu xakda mana bularni o`kish mumkin:
«Uni (kamerdiner N.Minerni) savdogar kiyofasida, mol bilan, Balx va Badaxshonga jo`natgan edim. Va ulardan o`tib Loxurgacha borishni buyurgan edim. Lekin yo`lda talonchilar ko`pligidan Balxdan orkaga kaytdi».
«O`sha Badaxshon va Balx mamlakatlari mustakil bo`lib olganlar. U yoki bu xonning ko`l ostida. Lekin xonlarini tez-tez almagtirib turadilar».
«...Beklarning o`zboshimchaligi tufayli butun mamlakat isyon va tugyonlar iskanjasida kolgan».
«Xususan poytaxt shaxar to`s-to`palonlar va isyonlar dastidan ogir axvolda kolgan. Ayniksa, Ibroximbiy kenagas isyoni tufayli Abulfayzxon shaxarni tashlab chikishga majbur bo`lgan, so`ng o`gli bilan birlashib, Buxoro va uning atrofini talon-toroj kilib katta zarar etkazdi». «Shaxar ozik-ovkat va em-xashak xususida shu kadar garib bo`lib koldiki, oddiy xalk tirikchilik deb o`z bolalarini sotdi, ko`p odam o`lib ketdi, mol-ko`yi va ot-tuyalari kirilib ketdi».
Buxoro xonligidagi tarkoklik XVIII asrning boshlarida shu darajada kuchaygan ediki, masalan, Fargona vodiysi va Samarkand Buxorodan ajralib chikib, Ko`kon xonligi (1709-1876 yy.) va Rajabxon boshlik Samarkand bekligi tashkil topdi. Xususan, Samarkand bekligining tashkil topishi xakida F.Benevinining 1723 yil 4 mart kuni yuborgan maxfiy axborotida bunday deyilgan: «...sobik (Buxoro) otaligi Ibroximbiy Samarkand ustiga yurdi va uni egalladi. Shundan keyin boshkalar bilan ko`shilib, xon avlodidan bo`lgan Shargozixonni Rajabxon nomi bilan (Samarkand) taxtiga o`tkazdi va uni o`ziga kuyov kilib oldi. O`zi esa otalik lavozimini egalladi».
Bir fursat vakt o`tib, Rajabxon maxfiy tarzda F.Benevini bilan aloka bogladi. U rus elchisidan xakikatan xam Rossiya A.Bekovich-Cherkasskiyning kasdini olmok uchun Xiva ustiga yurishga axd kilgan-kilmaganligini bilmokchi bo`ldi. Bu xakda Xivaning o`ida xam gap-so`zlar yurar edi. 1723 yili Shkrgozixonning o`zi kalmok xoni Ayukdan «ruslar Saratovda askar to`playotibdilar va balki 1724 yilning baxorida Xiva ustiga yursalar kerak» degan gapni eshitgan edi. Shundan keyin, Shkrgozixonni Orol o`zbeklari ruslar Xiva ustiga boshlab kelmasmikan, mukobil beklar uni taxtdan tushirib, saltanat tepasiga Temur sultonni o`tkizmasmikan, degan shubxa bosdi.
XVIII asrning boshlarida Buxoro bilan Xiva o`rtasidagi munosabatlar birmuncha ogirlashgan edi. Bunga, birinchi navbatda, Xiva xonlarining Buxoro, Chorjo`y va xatto Samarkand xududlarini talon-taroj kilishlari asosiy sabab bo`ldi. 1721 yilga kelib ikki o`rtada urush chikish zavfi yakkol ko`zga tashlanib koldi. F.Benevinining 1721 yil 25 may kuni Moskvaga yo`llagan xabarida masalan, kuyidagilarni o`kiymz: «Xiva xoni xakikatan xam buxoroliklar bilan urushmokchi. Shunga tayyorgarlik ko`rmokda. Lekin, katta beklari bunga yo`l bermay turibdilar. Ular xatto Shergozixonni taxtdan tushirib, 15 yildan beri Buxoro xoni xuzurida kun kechirayotgan Musaxonni taxtga o`tkizmokchi bo`lmokdalar. Shu xakda Xivaning katta beklari Buxoro xoni bilan bordi-keldi kilib turibdilar». F.Benevini Xivaning o`zi xam notinch bo`lib, ikki yirik arbob Shergozixon bilan Temur sulton o`rtasida xokimiyat uchun kurash borayotgani va Rossiya Temur sultonni ko`llab-kuvvatlasa foydali bo`lishini aytdi. «Agar Shergozixon yo`kotilsa,-deb yozadi F.Benevini,-bu erda tinchlik o`rnatiladi, xamma yo`llar ochik bo`ladi». F.Benevini to`plagan ma`lumotlar Rossiya xukumati, uning tashki siyosati uchun kelajakda ko`l kelib koldi.



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə