Tarix-7 2017.(Uzb). indd



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/139
tarix27.01.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#99489
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   139
Jahon tarixi. 7-sinf (2017, T.Salimov, F.Sultonov)

Kînstàntinîpîl

Àlåksàndriya

Ànti îõiya

Edåssà
sha 
har 
làri yirik savdo va 
hunarmandchilik markazlari sifatida gullàb-yashnàgàn.
Dunyoning turli mamlakatlari savdogarlari romeylar 
bozoriga shoshilganlar. Konstantinopol Osiyo va Yevropani 
bog‘laydigan «
Oltin ko‘prik
» hisoblangan. Vizantiya savdo-
garlari G‘arbiy Yevropa bozorlariga hasha 
matli kiyimlar-u 
zeb-ziynatlar, ziravorlar va qimmatbaho matolar, qurol-
21-rasm.
Vizantiya 
oltin puli
20-rasm.
Konstantinopol shahri


31
I BOB. O‘RTA ASRLARNING ILK DAVRI
yarog‘ 
lar-u idishlar, cherkov anjomlari-yu turli buyumlarni 
olib borishgan. Vizantiya oltin puli (
numisma
) ko‘p asrlar 
davomida eng ishonchli xalqaro pul hisoblangan.
Vasilevs hokimiyati.
Vizantiya imperiyasini 
vasilevs
(yunoncha, podsho) boshqargan. Vasilevsga ko‘p son-
li sud, harbiy va soliq muassasalari, davlat amal 
dorlari, 
shuning 
dek, maslahat organiga aylangan 
sinklit
(lotincha, 
senat) bo‘ysungan. Vizantiyada amaldor va senatorlar faqat 
zodagonlardan bo‘lmagan. Iqtidorli va bilimli oddiy xalq 
farzandlari ham yuqori lavozimlarga erishishi mumkin 
edi. Ulardan hatto imperatorlar ham chiqqan. Bu holat 
romeylarni umuman ajablantirmagan. Sababi, ular qadimgi 
rimliklar singari imperiyaning barcha fuqarolari tug‘ilishi-
dan teng huquqli, deb hisoblashgan.
Vizantiya hayotida ellinizm. 
Vi-
zantiya hayotida ko‘p narsalar 
an’anaviy tusda qolgan. Vizanti-
yaliklar hayotida ellin madaniyati 
mustahkam o‘rin olgan. Ippodrom-
larda xalq avvalgidek chavandoz 
lar, 
ku 
rashchilar, gimnastlar musobaqa-
lari, mim lar (ak tyor lar) chiqishlarini 
tomosha qilganlar. Shahar aholisi 
ilgarigidek ma’ 
muriyatdan maosh 
oladigan tabiblarda davolanishgan, 
jamoa hammomlariga borib tu-
rishgan. Eng muhimi, Vizantiya antik davr yunon ilmini 
saqlab qolgan.
Boshlang‘ich va o‘rta maktab 
larning ko‘pchiligi G‘arbiy 
Yevropadagi cherkov va monastir o‘quv muassasalaridan 
farqliroq, xususiy yoki davlatniki bo‘lgan.

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə