Tarix-7 2017.(Uzb). indd



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/139
tarix27.01.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#99489
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   139
Jahon tarixi. 7-sinf (2017, T.Salimov, F.Sultonov)

19-§. SÀLIB YURISHLÀRI
Sàlib yurishlàri. 
Sàlib yurishlàri – G‘àrbiy Yevro-
pa fåîdàllàrining Yaqin Sharqdàgi bîsqinchilik va ta-
lonchilik urushlàri edi. Bu yurish-
lar 
1096–1270-yillàr
oralig‘ida bo‘lib 
o‘tgan. Sharqdagi yerlarni egallash 
orqali cherkov o‘zining ta’sirini yanada 
kuchaytirishni maqsad qilgan.
Sharqda XI àsr îõiridà vujudga 
kelgan vaziyat salib yurish 
lari uchun 
qulay sharoit tug‘dirgan. Kichik Osiyo 
yarimoroli deyarli to‘liq sàljuqiy turklàr 
qo‘lida edi. Bu yerdan G‘arb mam-
lakatlari ziyoratchilari Falastinning 
muqaddas joylariga, rivoyatlarga ko‘ra, 
Iso payg‘ambar dafn etilgan Quddusga 
boradi 
gan yo‘llar o‘tardi. 
Quddus 
esa


81
III BOB. JAHON XALQLARI O‘RTA ASRLARNING RIVOJLANGAN DAVRIDA
de 
yar 
li besh asrdan buyon musulmonlar qo‘lida edi. Ma-
halliy hukmdorlar va aholi 
ning ziyo 
ratchilarga munosabati 
yomon bo‘lma 
sa-da, XI asr oxiridan boshlangan musul-
mon hukm 
dorlarining o‘zaro urushlari xristianlar ziyo 
rat-
la 
ri 
ni tobora xavfli tadbirga aylantira borgan.
Vizantiya imperatori Rim papasi bilan kelishma-
sa-da, xristianlar dushmanlari bilan kurashish uchun 
jangchilar yubo 
rishini so‘rab, G‘arbga murojaat qila-
di. Papa 
Urban II
1095-yilda Fransi 
yaning janubidagi 
Klermon
shahrida cherkov yig‘iniga to‘plangan minglab 
ruhoniylar, ritsarlar va oddiy xalq vakillari huzurida nutq 
so‘zlaydi. U Quddusdagi «payg‘ambar qabrini» musul-
monlardan ozod etishga chaqiradi. Papa yu 
rishda ishtirok 
etganlarga ular 
ning gunohlari kechiri 
lishini, halok bo‘l-
gan 
lar ruhining jannatga – «arshi-a’loga» tushi 
shini va’da 
qiladi. 
Urban II
«muqaddas yer»ning boyliklari va hosil-
dor ekanligini ham eslatib o‘tadi. Falastinda «sut va asal 
daryo bo‘lib oqishi, Quddus yerning kindigi, jànnàtmàkîn 
hîsildîr yerli o‘lkà» ekànligini ta’kidlàydi. 
Bu so‘zlàrni õàlîyiq «Õudîning irîdàsi shu!», «Õudî-
ning xîhishi shu!» kàbi hàyqiriqlàr bilàn qarshilaydilar. 
Ular matodan «but», ya’ni «salib»ning aksini qirqib, o‘z 
kiyimlariga tika boshlaydilar. Ayni shu sababli yurish 
qatnashchilari «salibchilar», yurishlarning o‘zi esa «salib 
yurishlari» nomini oladi.

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə