Tarixshunoslik fanidan


tarixiy tizimlilik, xronologik ketma-ketlik,  tarixiy jarayonlarga ob’ektiv baho berish va manbalar, adabiyotlar ilmiy tahlilida



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/44
tarix13.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#121858
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44
 
tarixiy tizimlilik, xronologik ketma-ketlik, 
tarixiy jarayonlarga ob’ektiv baho berish va manbalar, adabiyotlar ilmiy tahlilida
 
xolislik ko‘zga tashlanmaydi. «O‘zbekiston: sinovlar, taxdidlar, muammolar va 
echimlar» nomi ostidagi ikkita maqolasida Chingizxonning katta o‘g‘li Jo‘jixonni 
turkka chiqaradi, uning onasi Burte-qung‘irot, otasi Chilgir Boko baxodir merkit 
turklaridan, uning onasini Temuchin (Chingizxon) o‘ziga xotinlikka olganda Burte 
yo‘lda tug‘ib qo‘yadi, bolaga Jo‘jixon ismi berilgan. «Aslida esa uning nomi 
yo‘lda tug‘ilgani uchun Yo‘lchi edi». «Juji (Yulchi) ulusining avlodlaridan bulgan 
O‘zbekxon hokimiyatga kelgach, uning ulusi, uning sharafiga O‘zbek ulusi, 
O‘zbekiston deb atala boshladi. O‘zbekxonning bobosi Mangu Temir hukmronligi 
(1251-1259) davridayok Juji ulusi Mug‘ul imperiyasidan to‘liq ajrab chikib, 
mustaqillikka erishgan, O‘zbekxon esa uning har jihatdan mustaqilligini 
ta’minlagan». Bu esa tarixiy haqiqatga ziddir.
Rustam Abdullaev «O‘zbeklar - turk xalqlarining aslzodalari, sartlar esa - 
Markaziy Osiyoning tadbirkorlari» nomli maqolasida XIV asrda O‘zbek davlati 
aslzoda beklar - xarbiylarning ixtiyoriy uyushmasi asosida tarkib topgan, sartlar 


66 
esa Markaziy Osiyoning tadbirkor turkiy savdogarlari ekanligini isbotlashga 
urinadi. Shuning bilan birga, o‘zbeklar bilan ruslar o‘rtasida etnik yaqinlik 
mavjudligini «asoslashga» urinadi. Muallifning rivoyatlarga asoslangan 
«nazariyasi»ga ko‘ra, ruslar, hatto hindlar qonida turklar qoni mavj uradi, 
To‘fondan omon qolgan Nuh, payg‘ambar Ararat tog‘larida emas, balki Oltoy 
tog‘larida qo‘nim topganligi haqida so‘z yuritadi. «Evropaliklar Nuhning o‘g‘li 
Yofas, uning o‘g‘li Tur yoki Turkdan tarqalganligi, Turkning aslzodalari o‘zbeklar 
bo‘lgan» degan farazni o‘rtaga tashlaydi. Bu masalada Rashididdin va Fazlulloh 
kabi fors tarixchilarining diniy rivoyatlari asosida bitilgan asarlariga suyanadi. 
Muallif rivoyatlarga asoslangan holda va hech bir ilmiy asoslarsiz 
«mug‘ullarning nasl-nasabi turk bo‘lgan», «O‘zbekxon davrida Oltin O‘rda 
davlatining davlat tili eski o‘zbek tili edi» degan xulosaga keladi. U o‘zbek 
xalqining o‘tmish tarixidan bilag‘onlik qilib «ba’zi bir chalasavod tarixchilar hech 
bir isbotsiz Mo‘g‘ulistonning aholisi turklashtirilgan mug‘ullar bo‘lgan» deydi. 
Uningcha, qung‘irot va oyrat urug‘lari etnik kelib chiqish jihatidan mug‘ul emas, 
turk emish. Shuningdek, muallif «rus knyaz va dvoryanlarining aksariyati kelib 
chiqish tarixiy ildizlariga ko‘ra turk bo‘lgan. Ularning barchasi turklarning bahodir 
qo‘ng‘irot urug‘i bilan etnik jihatidan bog‘liqdir. Bu hakda L. Gumilev o‘zining 
«Drevnyaya rus i Velikaya step» nomli asarida «Temur barlos bo‘lgan, Edigey esa 
- qung‘irot bo‘lgan va ular buni doimo o‘z yodlarida saqlashgan» deb aytib ketgan. 
Prof. S.Ya. Baskakov esa, asosli ravishda «rus podshosi Boris Godunov, 
Yusupovlar, Golits
ы
nlar, Narishkinlar, Rostopchinlar, Glinskiylar, Romanovlar 
knyazlik urug‘lari, pravoslav dinining namoyandasi Petr Ordinskiy, Petr, 
Solomoniya Saburova, Elena Glinskaya, Irina Godunova, malika Marfa 
Apraksinalarning kelib chiqishi turk bo‘lib, turkning aslzodalari o‘zbek bo‘lgani 
bois, ular ham o‘zbeklar safiga kiradi», deydi. 
To‘g‘ri, dunyoda biror xalq yoki millat yo‘kki, uning etnik tarkibi monoildizli 
bo‘lsa. Shu bois, o‘rta asrlarda Dashti Qipchok o‘zbeklarining janubiy rus aholisi 
bilan etnik aloqalari bo‘lganligini ham inkor etib bo‘lmaydi. Lekin bu aloqalar 
ularning qonida qaysi bir o‘lchamda bo‘lishidan qat’iy nazar, ular rus xalqi bo‘lib 
shakllandi. Shuning uchun ularni etnik ildizi turk bo‘lgan, o‘zbek bilan rus xalqi 
o‘rtasida etnik bog‘liqlik bor, demak, ular o‘zbek edi, deb xulosa chiqarish xatodir. 
Shuningdek, oriy, o‘zbek xalqi va uning davlatchiligini kelib chiqishi haqidagi 
fikrlari ham tarixiy haqiqatdan yirokdir. 
O‘zbek xalqining kelib chiqishi haqida yozilgan asarlar tanqidiy tahlilidan kelib 
chiqadigan yakuniy xulosalar: 


67 
1. Etnogenez va etnik tarix, tarix fanining bosh masalasidir. U yoki bu xalqning 
kelib chiqish tarixini o‘rganmay turib, uning iqtisodiy xo‘jalik tarixini, madaniyati, 
davlatchiligi, siyosiy va ma’naviy dunyosini o‘rganish mumkin emas. Fan olamida 
ularni o‘rganish ilmiy metodologiyasi, o‘ziga xos uslubiy yondashuv prinsiplari 
mavjud. Masalaning muammoviy jihatlari tadqiqotchidan o‘ta xolislikni, 
materiallar kompleks tahliliga ob’ektiv yondashishni va chuqur ilmiy tafakkurni 
talab etadi. Masalaning yana bir muhim jihati tadqiqotchidan muammo echimini 
topishda ilmiy tajriba, bilim va mintaqaga xos etnosiyosiy vaziyatii hisobga ola 
bilishlik, izlanishlarda milliy ehtiroslarga berilmaslikni talab etadi. Xalqlarning 
etnogenezi va etnik tarixini o‘rganishda sho‘ro davri tarixshunosligida qator salbiy 
holatlarning mavjud bo‘lishiga qaramay, milliy avtoxtonizm nazariyasi ruhiyatida 
yozilgan asarlar ilmiy fundamental xarakter kasb etdi. 
2. Keyingi yillarda o‘tmish tarixga ommaviy qiziqish, o‘z millatining mintaqa 
tarixi va madaniy merosini o‘rganishda noilmiy yondashuv kuchaydi. Natijada, 
etnosning shakllanishi bilan bog‘liq masalalarda ilmiy professionalizmdan yiroq 
asarlar chop etila boshladi. Ilmiy xolislik, ob’ektiv yondashuv yo‘qligi tufayli 
milliy ehtiroslarga to‘la, tarixiy haqiqatga zid asarlarning xususiy nashriyotlarda 
chop etilishi tabiiy xolga aylandi. 
3.Fanda ijodiy erkinlik yaxshi, busiz fan rivojlanmaydi. Har bir ilmiy asar, 
milliy nizolarga emas, balki amaliy xayotda tinchlik va barqarorlikka xizmat etishi 
kerak. Bu akademik ilm-fanning ijtimoiy va gumanitar yo‘nalishining nazariy va 
metodologik asosini tashkil etadi. Masala tub mohiyatini tushunmay murakkab 
muammoga qo‘l urish millat sha’niga dog‘ tushiradi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə