Tarixshunoslik fanidan


Tarixshunoslik fanining manbalari



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/44
tarix13.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#121858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Tarixshunoslik fanining manbalari

Tarixshunoslik fan sifatida o‘z 
manbalariga egadir. Mazkur fanning manbalarini jahon xalqlarining eng qadimgi 
zamonlardan hozirgacha bo‘lgan, tarixga manba bo‘lib xizmat qiluvchi tarixiy 
tadqiqotlar, ya’ni tarixshunoslik asarlari tashkil etadi.
Yozuvlar ixtiro qilingandan so‘ng toshlar yoki binolardagi bitiklar va 
yilnomalar – eng qadimgi yozma tarixiy manbalari hisoblandi. O‘sha davrlardagi 
voqealarning guvohlari yoki zamondoshlari yozib qoldirgan manbalar keyinchalik 
xattotlar, shoirlar tomonidan qayta-qayta ko‘chirilgan yoki og‘izdan-og‘izga 
ko‘chib bizgacha etib kelgan manbalar qadimiy manba hisoblanadi. Yozuvi 
bo‘lgan barcha xalqlarda bitiklar va yilnomalar uchraydi.
Arablarning O‘rta Osiyoni istilo qilishi ham tarixshunoslik manbalarga 
o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatdi. Arablar O‘rta Osiyoga yangi diniy ta’limot-islom 
ta’limoti bilan birga yangi yozuvni ham olib keldilar. Arab yozuvi asta-sekin butun 
Eron va Turonga yoyilib, Abbosiylar hukmronligining ikkinchi asriga (ya’ni X 
asrga) kelib, murakkab o‘rta forsiy - pahlaviy yozuvini siqib chiqardi. Buning 
oqibatida shu bo‘ldiki, sharq xalqlarining boy yozma obidalari bizning kunlargacha 



juda kam saqlanib qoldi. «Qur’oni Karim» arab yozuvida bitilgani, shuningdek 
arab alifbosi nisbatan ilg‘orligi, tovushlarga asoslangani, ya’ni har bir fonema-
tovushga alohida belgi - harf borligi ham katta ta’sir ko‘rsatdi. O‘rta Osiyo xalqlari 
orasida kimlar va qachon birinchi bo‘lib, arab yozuvini qo‘llay boshlaganligi 
noma’lum. Arablar qo‘l ostidagi o‘lkalarda asta- sekin tabiiy ravishda shu yozuv 
qo‘llana boshlagan bo‘lsa kerak. Samarqand yaqinidagi Mug‘ g‘oridan topilgan 
Divashtich tilxati shu yozuvda bitilgan. Ishonch bilan shuni tahmin qilish 
mumkinki, arab yozuvi dastlab ma’muriy-xo‘jalik ehtiyojlari uchun ishlatilgan 
bo‘lsa kerak. Chunki arab yozuvi sodda, qulay va tez yozishli edi. Har holda 
dastlabki vaqtlarda qo‘lyozmalarning qaysi tilda bitilishi muhim bo‘lgandir. 
Shunday qilib, VIII-asrdan XX-asrning boshlariga qadar bo‘lgan O‘rta 
Osiyo tarixshunosligiga doir qo‘lyozma asarlarga egamiz.
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik institutidagi 
qo‘lyozmalar fondida 40 mingdan ortiq qo‘lyozma nusxalari, 30 mingdan ortiq 
toshbosmalar kitoblar, 10 mingdan ortiq sharq tillarida yozilgan hujjatlar mavjud. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə