Tarixshunoslik fanidan


Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida Movarounnaxr tarixi



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/44
tarix13.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#121858
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44
Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida Movarounnaxr tarixi. 
Mazkur 
davrga oid yana bir muhim manba, bundan ming yil oldin yozilib, bizning 
kunlargacha etib kelgan nodir qo‘lyozma asar - Narshaxiyning “Buxoro tarixi” 
asari. Narshaxiy Buxoro viloyatida Narshax qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning to‘la ismi 
Abu Muhammad ibn Ja`far ibn Zakariyo ibn Xattob ibn Sharik (899-960 i) dir. Bu 
asar asosan O‘rta Osiyoda arablar istilosi natijasida islom dinining tarqalishi va 
undan bevosita oldingi davrlar hamda VIII-XII asrlardagi Buxoro va unga yaqin 
shahar va qishloqlarining tarixi haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, shu erda 
yashagan xalqlarning iqtisodiy,siyosiy, madaniy, ijtimoiy tarixiga oid muhim 
ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan va bu xol “Buxoro tarixi” ning qimmatli manba 
sifatida tarix fanida zo‘r shuxrat topishiga olib keldi. Asarning hozirgi davrgacha 
etib kelishi tarixi boshqa ko‘p yozma manbalarga nisbatan o‘zgachadir. 
“Buxoro tarixi” ning so‘z boshida aytilganidek, uni dastlab Buxoroning 
Narshax qishlog‘idan bo‘lgan Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy 
tomonidan 943-944 yillarda arab tilida yozilgan. Hozirda Narshaxiyning nomi 
O‘rta Osiyoning VIII-XII asrlar tarixiga oid deyarli barcha ilmiy tadqiqotlarda 
keltiriladi. Lekin uning hayotiga oid ma’lumotlar keltirilmaydi. Bunga sabab uning 
o‘z asarida ham va unga yaqin davrlarda yashagan boshqa mualliflar asarlarida 
ham bunday ma’lumotlar keltirilmagan. Faqat Sam’oniyning “Kitob ul-ansob” 
asarida uning to‘la nomi va u Buxoroda 899 yilda tug‘ilgan hamda 959-960yillari 
vafot etganligi eslatiladi. 
Asarning bizgacha etib kelgan nusxasining so‘z boshida aytilishicha, 1128 
yilda asli hozirgi Quva shahridan bo‘lgan Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn 
Nasr Kuvobiy Narshaxiyning kitobini “ko‘pchilik kishilar arab tilida yozilgan 
kitobni o‘qishga rag‘bat ko‘rgazmaganliklari” sababli o‘z do‘stlari iltimosiga 
binoan arabchadan fors tiliga o‘girgan. U “arab tilidagi nusxada so‘zlangan 
keraksiz va buning ustiga o‘qiganda malollik orttiradigan narsalarni” tarjimaga 
kiritmay qisqartirib yuborgan.
Tarjimon Abu Nasr Axmad Narshaxiyning arab tilidagi nusxada mavjud 
bo‘lgan ba’zi mavzularni tashlab ketish bilan birga asarga katta tarixiy qiymatga 
ega bo‘lgan ko‘pgina ma’lumotlarni qo‘shgan va bunda u o‘z davridan ilgarigi 
voqealarni yoritish uchun boshqa tarixiy manbalardan foydalangan. Bu 
manbalardan biri Abu Nasr Ahmad o‘zi ko‘rsatib o‘tgani Abu-l-Xasan 
Abduraxmon Muhammad Nishopuriyning “Xazoyin ul-ulum” nomli asaridir. Bu 
asarning bizning davrimizgacha etib kelgan-kelmaganligi hozircha ma’lum emas. 
Ammo asarda keltirilgan parchalar o‘zidan ko‘rish mumkinki, ayrim satrlarning 


40 
o‘zi ham Abu-Xasan Abduraxmonning kitobi naqadar muhim tarixiy manba 
bo‘lganligini so‘rsatadi. 
Undan yarim asr o‘tgach asar yana tahrirga uchragan,1178-1179 yillar 
mobaynida Muhammad ibn Zufar ibn Umar fors tilidagi tarjimani ikkinchi marta 
qisqartirib bayon qilgan. Ammo asarni o‘qir ekanmiz, biz unda mazkur 1178-1179 
yildan keyingi to 1220 yilgacha bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealar haqida ham qisqa 
ma’lumotlar uchratamiz. Bu xol shuni ko‘rsatadiki, Muhammad ibn Zufardan 
keyin ham bir yoki bir necha noma’lum kishilar asarni tahrir qilganlar. Kitobning 
1939 yilda Tehronda nashr etilgan nusxasidan ko‘rinadiki, «Buxoro tarixi»ga 
keyinroq ham boshqa mualliflar tomonidan qo‘shimchalar kiritilgan. Bu haqda 
eronlik olim Muhammad Toqi Bahor o‘zining 1958 yili Tehronda nashr etilgan 
«Malik ush-shuaro» kitobida guvohlik beradi. Ular ham asarni qisqartirganlar 
deyishga asos bo‘lmasa-da, lekin qo‘shimchalar kiritganliklari voqealar 
mazmunidan ko‘rinib turibdi 
Tarixchi O. A. Suxareva, Eron olimi Muhammad Toqi Bahorlarning 
ma’lumotlariga qaraganda, «Buxoro tarixi» biz yuqorida tilga olganimizdan 
boshqa ko‘p kishilar tomonidan qisqartirilgan, qo‘shimcha kiritilgan va 
izohlangan. Shunga qaramasdan, hamma tarjimon va sharhchilar kitobning asl 
muallifi Narshaxiy ekanligini bir ovozdan tasdiqlaydilar. 
Bu asarning nomi haqida bir necha so‘z. O‘z asariga Narshaxiy qanday nom 
bergani haqida ma’lumot yo‘q. Shuning uchun uning nomi turli yurt tarixshunoslik 
adabiyotlarida turli shakllarda ishlatiladi: «Tarixi Narshaxiy», «Narshaxiy tarixi», 
«Tarixi Buxoro» «Tahqiq ul-viloyat» («Viloyat haqiqatini aniqlash»), «Axbori 
Buxoro» («Buxoro haqida xabarlar») va hokazo. 
Shunga qaramay, u hozirgi tarix fanida «Tarixi Buxoro» bo‘lib qat’iy o‘rin oldi. 
VIII-XII asr Buxoro davlati tarixiga oid tarixshunoslik asosan «Buxoro tarixi» 
kitobidan olinganligini alohida ta’kidlash lozim. Bu asarga bo‘lgan katta qiziqish 
uning jahon xalqlari tillariga ko‘p marta tarjima qilinishiga va ketma-ket nashr 
etilishiga sabab bo‘ldi. Masalan, frantsuz sharqshunosi Ch. Shefer 1892 yilda 
Parijda «Buxoro tarixi»ni nashr etdi. Bu asarni Samarkand uezdining sobiq 
boshlig‘i, polkovnik N. Likoshin rus tiliga tarjima qilib, 1897 yilda Toshkentda, 
o‘zbek ma’rifatchisi Mulla Sulton so‘zboshi bilan 1904 yili Buxoroda, Eron olimi
Mudaris Rizaviy 1939 yilda Tehronda, Angliya sharqshunosi R. Fray 1954 yilda 
Kembrijda nashr etgan. Nihoyat, 1966 yilda o‘zbek tilida Sodiq Mirzaev 
tarjimasida Toshkentda nashr etildi. 


41 
Shunday qilib, asl muallif Muhammad ibn Ja’far, uning tarjimoni va 
davomchisi Ahmad ibn Muhammad, shuningdek, keyingi mutarjim va sharhlovchi 
Muhammad ibn Zufar «Buxoro tarixi»da VIII-XII asrlarda yuz bergan tarixiy 
voqealarni bayon qilarkan, musulmon tarixshunosligi nuqtai nazaridan kelib 
chiqib, islom asoslari va fiqhni himoya qiladilar. Shu tufayli xalqning ahvoli va 
arab bosqinchilariga qarshi harakat (masalan, Muqanna boshchiligidagi xalq 
harakati) qoralanadi. Hukmron sinflarning unga qarshi harakati ma’qullanadi. 
Ammo shunga qaramay, tarixiy voqealarining xolisona bayoni uni qimmatli 
manba darajasiga ko‘taradi. Busiz O‘rta Osiyo xalqlarining arablar hukmronligi 
davridagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy ahvoliga, keng xalq ommasining 
bosqinchilarga qarshi qurashiga baho berish mushkul. «Buxoro tarixi»ning hozirgi 
tarixshunoslik uchun qimmatli manba ekanligi shubhasizdir. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə