Tarixshunoslik fanidan


Tarixiy adabiyotlar eftalitlar davri va Turk xoqonligi tarixining yoritilishi



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/44
tarix13.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#121858
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44
Tarixiy adabiyotlar eftalitlar davri va Turk xoqonligi tarixining yoritilishi. 
O‘rta Osiyo xalqlarining Arab xalifaligi tarkibiga kirishi arafasidagi va undan 
keyingi ahvoli haqida gap borganida, arabcha, forscha va qadimgi turkiy-runiy 
yozuvlarga murojaat qilamiz. Tarixda uch joydan O‘rta Osiyo xalqlari tarixiga doir 
hujjatlar arxivi topilgan: hozirgi Turkmanistonning Niso shahrida - Parfiya davlati 
(miloddan avvalgi I asr) hujjatlari, Tuproqqal’ada (III asr) Xorazm davlati 
hujjatlari, Mug‘ togida (Samarqand) So‘g‘diyona hujjatlari (VII asr) topilgan. 
Bundan tashqari, ko’p erlardan juda ko‘plab epigrafik yodgorliklar - toshdagi 
bitiklar, ro‘zg‘or buyumlari va san’at asarlari topilgan. O‘rta Osiyo tarixidan 
daliliy ashyolarga boy ma’lumotlarni o‘rta asrda yashashgan muarrix Tabariy 
asarlaridan, shu asarning Bal’amiy tuzgan forscha-tojikcha nusxasidan, 
jahonshumul qomusiy olim Beruniy asarlaridan topishimiz mumkin. Shu ma’noda 
o‘rta asrning buyuk shoiri Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma» dostoni ham
ibratlidir. Binobarin, Sharq xalqlari madaniyati muammolariga oid hozirgi tarixiy-
monografik tadqiqotlarning qo‘lyozma manbalarga bevosita aloqadorligi tabiiydir. 
V asr o‘rtalarida Eftalitlar davlati shakllanishi oxiriga etdi. Eftalitlar davri 
bo‘yicha asosiy manbalar rimlik tarixchi Ammian Marselin (IV asr), vizantiyalik


34 
tarixchi Prisk Paniyskiy, Prokopiy Kesariyskiy va Feofan Vizantiyskiy asarlaridir. 
Shuningdek, mazkur davr tarixshunosligida suriyalik yozuvchi Zenon Glakning 
"yunoncha" yozilgan "Eftalit podshohlari tarixi" asari ham asosiy manba 
hisoblanadi. 
Eftalitlar tarixi bilan shug‘ullanuvchilar ko‘pchilikni tashkil etsada, ularning 
etnik tarkibi, tabiati haqida nuqtai nazar mavjud emas. Eftalitlar turli tillarda 
turlicha nomlanadi: kitoblarda e-da yoki i-da, armanlarda - xeptal, idal, tetal, 
arablarda - xaytal, yaftal, yunonlarda - adel, eftalit, suriya manbalarida - abdel, 
eftalit, o‘rta fors tilidagi manbalarda - eftal, xeftal, tojik-fors tilidagi manbalarda - 
xetal, xaytal. 
Xitoy manbalarda eftalitlarning kelib chiqishi haqida juda ko‘p tahminlar bor, 
lekin ular bir-biriga qarama-qarshidir. Xitoy manbalaridagi ma’lumotlarni quyidagi 
guruhlarga bo‘lish mumkin:
a) eftalitlar - yuechjilarni bir tarmog‘i;
b) eftalitlar - gaogyuy turk qabilalarini bitta bo‘lagi;
v) eftalitlar - geshi (turfon) qabilalaridan kelib chiqqan;
g) ular qang‘ vorislaridir.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, eftalitlarning kelib chiqishi va etnik 
nomning ma’nosi to‘g‘risida tarixchilar o‘rtasida yagona fikr yo‘q. 
VI asr o‘rtalariga kelib, Markaziy Osiyoda yirik ko‘chmanchilar davlati - Turk 
xoqonligi tarkib topdi (551-744 yillar). Bu davlatning hududi Koreyadan to Kora 
dengiz bo‘yigacha, O‘rta Osiyo va Xitoyni ham o‘z ichiga olar edi. Bu davrga oid 
ma’lumotlar etarli, biroq ular bir-biriga qarama-qarshi bo‘lib, aniq ma’lumotlar 
bermaydi. 
Turk hoqonligi tarixi haqida o‘rta asr tarixchilaridan Tabariyning "Tarix ar-rasul 
va-l mulk" va Narshaxiyning "Buxoro tarixi" asarlarida muhim ma’lumotlar 
beriladi. Shuningdek, turk hoqonligi tarixi rus olimi L.N.Gumilev tadqiqotlarida 
ham o‘z aksini topgan. Ayniqsa, uning «Qadimgi turklar» asari bu borada yirik 
tadqiqot hisoblanadi. O‘zbek olimi Nasimxon Raxmon «Turk xoqonligi» asarida 
turklar tarixi, yozuvlari, afsonalari haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Turk 
xoqonligi bilan ba’zi masalalar I.Bichurin, V.V.Bartold, A.Yu. Yakubovskiy, 
A.Bernshtam va boshqa olimlar asarida keltirilgan.


35 
Avvalo, turk atamasi etnik mazmunni anglatmay, bir necha qabila va xalq 
birlashuvini bildiruvchi siyosiy atama sanalgan. S.P.Tolstoy "Turk" so‘zi "yosh 
uylanmagan jangchi" ma’nosini anglatadi, deydi. So‘ng bu so‘z qabila an’analari 
va nihoyat siyosiy jihatdan birlashgan xalqlarning umumiy nomiga aylangan.
Tabariy yozishicha, turklarning eng kuchli, jasur va qudratli hoqoni Sinnabu 
Yobg‘u bo‘lib, uning qo‘shini ham juda ko‘p edi. Turk hoqonliginipg O‘rta 
Osiyoni qo‘lga kiritish niyati oshkor bo‘lgach, eftaliylar o‘zlarining turklar va 
sosoniylar eroni orasida qolganligini angladilar. Sinnabu Yobg‘uning juda ko‘p 
lashkari bo‘lgan eftaliylar bilan urushib, ularning podshosi Varzuni o‘ldirdi. U 
Varzuning barcha qo‘shinini, ularning boyligini va mamlakatini qo‘lga kiritdi. 
Eftaliylar yurtining ilgari Xusrav 1 tomonidan zabt etilgan qismi bundan mustasno 
edi. Eron Xusrav I Anushirvon zamonida (531-579) yiriklashib, kuchli davlatga 
aylangan va shuning uchun eftaliylarga xiroj to‘lamay qo‘ygan edi
O‘rta Osiyo eftaliylariga qarshi ikkala qo‘shnisi kim oldin hujum qilishga 
shaylanib turishardi. Chamasi, eftaliylar ikkala davlatga qarshi jang qilishgan. 
Tarixiy ismlarga kelsak, arab manbalaridagi Sinjabu, Rum-Vizantiya 
manbalaridagi Salzibulga to‘g‘ri keladi. Tarixiy manbalarni sinchiklab o‘rgangan 
E. Gavenining fikricha, turklar eftaliylarni 563 va 587 yillar orasida tor-mor 
keltirganlar. Bu voqeani A. A. Mendel’shtam 563 yilga yaqin, G. Moravchik esa 
560 yil atrofida deb hisoblaydilar. 
Sanasi qachonligi juda aniq bo‘lmasa-da, bu urush oqibatida, Firdavsiy 
yozganidek, «Chochda, Terakda (Chirchiqda S. T.), Samarqand va So‘g‘dda juda 
ko‘p joylar vayrona bo‘lib, boyqushlar makoniga aylandi. Chag‘aniyon, Bomiyon, 
Xuttalon va Balx aholilari boshiga qora kunlar keldi». 
Tabariyning yozishicha, turklar Erondan ilgari eftaliylarga to‘plab turgan 
xirojlarini (Turonga) to‘lashni talab etganlar. Eron-Turon munosabatlari qanchalik 
keskinlashganidan qat’iy nazar, shunday tarixiy vaziyat vujudga kelganki, O‘rta 
Osiyoning janubidagi viloyatlar, xususan, hozirgi O‘zbekistoniipg janubi, 
Tojikiston va Turkmaniston sosoniylar Eroni qo‘l ostida, O‘rta Osiyoning shimoliy 
viloyatlari esa Turk hoqonligi ixtiyoriga o‘tib qoldi. Zarafshon vodiysida qolgan 
eftaliylar esa turklarga xiroj to‘lashni davom ettirdilar. 
Shuningdek, Tabariy Erondagi siyosiy vaziyat, xususan, Mazdak qo‘zg‘aloni 
haqida ham ma’lumotlarni berib o‘tadi. Tabariyning yozishicha, «oddiy fuqaro 
fursatdan foydalanib, Mazdak va uning tarafdorlariga qo‘shilib, ular atrofida 
uyushdilar». Bu fikrni Beruniy xam tasdiqlaydi: «Son-sanoqsiz odamlar ularga 
ergashdilar». Eron shohi Qubod I siyosiy vaziyat taqozosi bilan, ko‘nglida 


36 
xohlamasa xam o‘zini Mazdak tarafdori deb e’lon qiladi. Haqiqatan ham 528-529 
yil voqealari shundan dalolat beradi. Lekin keyinchalik Qubod tarafdorlari 
Mazdakni o‘ldirib, markaziy hokimiyatni qaytarib olishdi va mazdakchilarning 
etakchilarini qirib tashladilar va ularning izdoshlarini shafqatsiz kaltaklab, quvg‘in 
qildilar. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə