Tarixshunoslik fanidan


Tarixiy bilimlarning paydo bulishi va rivojlanishi



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/44
tarix13.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#121858
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
Tarixiy bilimlarning paydo bulishi va rivojlanishi. 
Markaziy Osiyo xalqlari 
dunyodagi eng boy tarixga ega bo‘lgan xalqlardan biri. Bu o‘lkada qadim-
qadimdan yashab kelgan xorazmiylar, baqtriyaliklar, sug‘diyonaliklar, 
parfiyonlilar, davonlar, qanglar, kushonlar va boshqalar o‘z paydo bo‘lishi va 
rivojlanish, taraqqiy qilish tarixlariga manond o‘z madaniyatlari va yozuvlariga 
ham ega bo‘lganlar. Hozirgacha bizga ma’lum bo‘lgan manbalar Markaziy Osiyo 
xalqlarining yozuv tarixi yoshini tahminin 2300-2500 yillar atrofida deb 
hisoblaydilar. Xorazm, baxtar va sug‘dda eron tillari bir necha lahjalardan iborat 
bo‘lgani kabi, turkiy tillar ham xilma-xil lahjalarni o‘z ichiga oladi. Uzoq yillar 
o‘tishi bilan eron tillari zaminida fors-tojik tili, turkiy tillar laxjalarini zaminida 
turkgo‘y xalqlar tillari paydo bo‘lgan. Qadim-qadimdan bu hududda yonma-yon, 
elkama-elka kelgan doimo iqtisodiy va ijtimoiy, madaniy jihatdan aloqador va 
bog‘lanib ketgan eron va turk tillarida so‘zlashuvchi tili jihatidan ham bir-biriga 
kuchli ta’sir o‘tkazganlar. Buni nafaqat og‘zaki so‘zlashuv tilida, balki yozma 
madaniyatda ham ko‘rish mumkin. 
Miloddan avvvalgi I ming yilllik o‘rtalarida Eron, Markaziy Osiyo va 
boshqa o‘lkalarida oromiy yozuvi keng tarqalgan. Markaziy Osiyoni Aleksandr 
Makedonskiy bosib olgach, bu erga yunon yozuvi kirib keladi. Xullas, bu davrda 


19 
Ahmoniylarning oromi yozuvi asosida parfiyon, sug‘d, bahtar va Xorazm 
yozuvlari paydo bo‘lgan. Keyinchalik runn (Urxun-Enasoy), uyg‘ur kabi bir qator 
yozuvlar vujudga kelgan.
Markaziy Osiyoda uzoq vaqtlar qo‘llanib kelgan Xorazm va Sug‘d yozuvlari 
ham qadimiydar. Xorazm yozuvi oromiy yozuvining qadimiy an’analarini o‘zida 
saqlab qolgandi. Buni rus olimi S.P.Tolstov o‘z hamkasblari bilan Xorazmdagi 
Qo‘yqirilgan qal’asida arxeologiyaga oid tadqiqotlar uyushtirib, topgan ashyolar 
asosida isbotladi. Bu erdan u Xorazm yozuvi namunalarini topdi. Bu yozuvlar 
qadimgi Xorazm tangalari, uy-ro‘zg‘or buyumlarida aks ettirilgan edi. 
Massagetlar va shaklar, shuningdek so‘g‘diylarning yozuvlari bitilgan ba’zi 
manbalar bizgacha etib kelgan. Jumladan, So‘g‘diyonadan topilgan mil.av. II asrga 
mansub so‘g‘d tangalariga zarb qilingan “Geray jabg‘u”, ”Katfuz jabg‘u” 
so‘zlariga qarab arxeolog olima O.N.Smernova so‘g‘diylar turk tilida 
so‘zlashganlar degan xulosaga keldi. Tabariy ham buni so‘g‘d lashkarboshilari va 
hokimlari turk bo‘lganligi bilan tasdiqlaydi.
O‘rta Osiyo davlatlari taraqqiyotiga nazar tashlasak, doimiy bosqinchilik 
yurishlari natijasida davlatlar ko‘p bora o‘zgarib, yangilari paydo bo‘lib turgan. 
Shu bilan bog‘liq ravishda tarixiy bilimlar ham doimiy ravishda yo‘q qilingan. 
Hokimiyatga kelgan yangi davlat rahbari ko‘p hollarda eski davlat tarixi bilan 
bog‘liq tarixiy, diniy, ilmiy asarlarni, ko‘pincha yo‘q qilgan. Masalan, 
”Avesto”ning katta qismi Aleksadr Makedonskiy tomonidan yo‘q qilingan. 
Bunday salbiy, noxush voqealar yurtimiz tarixida ko‘p bo‘lganligi uchun tarixiy 
bilimlar taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
O‘rta Osiyo xalqlari ba’zi davrlarda Hindiston va Xitoy bilan bir davlat bo‘lib 
yashagan. Miloddan avvalgi II asrda yashagan Xan saroyi elchisi CHjan-Syan 
asarlari, epigrafik yodgorliklar va arxeologik qazuv natijalari bunga guvohlik
beradi. Bu ishlar o‘sha zamonlardagi madaniy hayot muammolari, ishlab chiqarish 
kuchlari, tarixiy toponomika, tarixiy jo‘g‘rofiya, iqtisodiy aloqalar, xalqimiz 
etnogenezi to‘g‘risida muhim ma’lumotlar beradi. 

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə