Tarixshunoslik fanidan



Yüklə 0,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/44
tarix13.09.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#121858
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR: 
1.
Tarixshunoslik fanini oliy ta’lim tizimida o‘qitishdan asosiy maqsad nima? 
2.
Tarixshunoslik fanini asosiy vazifalari nimalardan iborat? 
3.
Tarixshunoslik tushunchasi necha xil ma’noda qo‘llaniladi? 
4.
Tarixshunoslik fanida eng asosiy e’tibor nimalarga qaratiladi? 
5.
O‘zbekistonda tarixshunoslikning akademik ma’nodagi institutsional 
shakllanishi qachon yuz berdi? 
6.
Tarixshunoslik fanining manbalarini nimalar tashkil etadi? 
7.
Tarixshunoslik tadqiqotlarining qanday usullari mavjud?



2-mavzu: YOZMA TARIXIY ADABIYOTLARNING TARIXIY BILIMLAR 
RIVOJIDAGI AHAMIYATI 
 
Reja

1.
Yozuvni paydo bo‘lishi va uning tarixiy bilimlar ravnaqidagi ahamiyati.
2.
Avesto - O‘rta Osiyo tarixi bo‘yicha muhim tarixiy manba.
3.
O‘rta Osiyoda yaratilgan turkiy qo‘lyozmalar. 
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Yo
zma tarixiy adabiyotlarning tarixiy 
bilimlar rivojidagi ahamiyati, Avesto tarixshunosligi va
 
O‘rta Osiyoda yaratilgan 
turkiy qo‘lyozmalar
 haqidagi ilmiy-nazariy bilimlarni chuqurlashtirish.
Tushunchalar va tayanch iboralar: 
Epik asarlar, “Odisseya” va “Illiada”, 
yozuv, oromiy yozuvi, zardushtiylik, Avesto, Ksanor, Ktesiy, "Anabasis", Abu 
Rayhon Beruniy, “Avesto”ni o‘rganish muammolari, Anketil Dyuperron, Meri
Boys, turkiy qo‘lyozmalar, “Qutadg‘u bilig”, “Hikmat”, «Tarixi mulki Ajam», 
«Ravtus-safo». 
Yozuvni paydo bo‘lishi va uning tarixiy bilimlar ravnaqidagi ahamiyati. 
Kishilik jamiyati tarixida tarixiy bilimlarga kuchli ehtiyoj dastabki davrlardanoq 
vujudga kelgan. Zero, jamiyat taraqqiyoti tarixiy bilimlar rivojidan kelib chiqib 
belgilanadi. Bu ehtiyoj kecha yoki bugun emas, kishilik jamiyati vujudga kelishi 
bilan paydo bo‘lgan. Moddiy madaniyat qurollarining paydo bo‘lishi insonlar 
hayotiga qanchalik katta ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa, qo‘lyozma va bosma kitoblarning 
paydo bo‘lishi ham insoniyat madaniyati taraqqiyotiga shunchalar katta ta’sir 
ko‘rsatgan. 
 
Ma’lumki, yozuvlar vujudga kelgunga qadar epik asarlar tarixni o‘rganish 
uchun yagona manba hisoblangan. Kishilik jamiyatining dastlabki davrida kishilar 
dunyoning paydo bo‘lishi va voqea-hodisalarni tushuntirish uchun afsonalar 
yaratganlar. Bu asotir va afsonalar asta-sekin to‘planib ko‘payib borgan va ma’lum 
bilimlar majmuini tashkil etadi. Shubhasiz, har qanday afsona va asotirlar asosida 
ma’lum bir haqiqat bor. Zero, faylasuflar aytganidek, “Afsonalar haqiqatdan darak 
beradi”. Shunday ekan, asotir va dostonlar emas, balki to‘qimalar bilan voqealar 
rivojlantirib yuborilgan afsonalarda ham haqiqat mavjud. Bundan ko‘rinib 
turibdiki, eng qadimgi, hali yozuv ham to‘la shakllanmagan davr haqida ma’lum 
bir tassavvurlar paydo etish muhim rol o‘ynovchi afsona va dostonlarni o‘rganish 
ham muhim ahamiyatga egadir. Masalan: “Odisseya” va “Illiada” dostonlaridagi 
voqea va hodisalar qadimgi Troya shahri tarixini o‘rganishda muhim ahamiyat 
kasb etadi. Shuningdek, mashhur “Go‘ro‘g‘li”, ”Alpomish” dostonlarida qadimiy 
turk xalqlari tarixidan ma’lumotlar olishimiz mumkin. Biroq keyinchalik ijtimoiy-



iqtisodiy munosabatlarni shakllanishi va rivojlanish jarayonida o‘z-o‘zidan 
yozuvga ehtiyoj vujudga keladi.
Kishilik jamiyati o’z tarixining ko’proq qismini yozuvsiz o’tkazgan. U 
yozuvga etib kelguncha uzoq yo’lni bosib o’tgan va nutqni yozib olish uchun bir 
necha ming yil ilgarigina belgilar qo’llanila boshlagan.
Yozuv bu - biror tilda qabul qilingan maxsus belgilar yig’indisi hisoblanadi. 
Hozirgi kunda dunyoda hammasi bo‘lib taxminan 5621 ta til va sheva bor bo‘lib, 
hozirgacha ulardan 500 tasigina o‘rganilgan xolos. Lekin ularning hammasining 
ham yozuvi bo‘lmay, faqat og‘zaki nutq shakliga egadir. Demak, hamma tillarda 
ham yozma shakl mavjud bo‘lavermas ekan.
Yozuvning paydo bo’lishi kishilik jamiyati yaratgan eng yirik 
madaniy kashfiyot hisoblanadi. Insoniyatning qo’lga kiritgan eng 
yirik davrga xos madaniy obidalar yig’indisi, fikriy natijalarning 
hozirgi davrga yetib kelishida yozuvning roli kattadir. Agar yozuv 
bo’lmaganda, qadimgi ajdodlarimizdan qolgan meros, ular yaratgan 
ijodiy yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan bo’lar edi. 
Til makon va zamonda cheklangan bo‘lsa, yozuv makonda ham, zamonda 
ham cheklanmagan. Agar yozuv bo‘lmaganda edi, taraqqiyot juda ibtidoiy holatda 
qolgan bo‘lar edi. Negaki, buyuk kashfiyotlarning barchasi: atomdan tortib elektr 
tokigacha, mashinalardan tortib internetgacha qilingan ixtirolar yozuv bilangina 
amalga oshirildi. Yozuv tufayli bilim, hayotiy tajriba keyingi avlodlarga etib 
keladi. Yangi avlod o‘tgan ajdodlarning ishini yangidan boshlamay, balki uni 
davom ettiradi. Ya’ni, tayyor tajribaga ega bo‘lib boraveradi. 
Hayotimiz davomida to‘plangan g‘oya va tajribani yozuvsiz avlodlarga 
etkazish juda qiyin va katta yo‘qotish orqali ma’lum foizlardagina amalga 
oshiriladi. Buning uchun tinimsiz takror qilib turish shart bo‘lar edi biroq og‘zaki 
nutq ko‘p mehnat talab etadi.Yoki boshqacha qilib aytmoqchi bo‘lsak, psixologlar 
bir voqeani 6 kishi bir-biriga so‘zlab berish orqali ma’no butkul o‘zgarib ketishini 
tajribada sinab ko‘rganlar. yozuv mana shularga yo‘l qo‘ymaydi, fikrni 
o‘zgartmasdan boshqa birovlarga etkazib berishga imkon beradi. 
Odamning tajribasi va bilimi orta borgan sari unda bilganlarini yodda 
tutish va boshqalarga berish zarurati tug’ildi. Zamonaviy til bilan aytganda, 
axborotni saqlash va uzatish problemasi kelib chiqdi. 
Bevosita aloqa bog’lash yo’li bilan buni amalga oshirish qiyin emas edi, 
biroq bu holda inson xotirasining mukammal emasligi tufayli ko’p axborotlar 


10 
esdan chiqib qolgan, yo’qolgan. Bunga fazo hamda vaqt asosiy to’sik bo’lib, 
yozilgan so’zgina ulardan ustun kela olardi. 
Xalqimizning o‘tmishidagi yozuvlari xaqida gap borganda, 20 dan ortiq 
yozuv haqida gapirishga to‘g‘ri keladi. Negaki, yurtimizning turli joylaridan 
topilayotgan arxeologik topilmalardagi yozuvlar mana shularni taqozo etadi.
Quyida biz O‘rta Osiyoda oromiy yozuvi asosida vujudga kelgan qadimgi 
mahalliy yozuvlar bilan tanishamiz: 

Oromiy yozuvi asosida mil.avv. III-II asrlarda So’g’d yozuvi shakllandi, bu 
yozuv qoldiqlari Panjikent yaqinidagi Qal`ai Mug’dan (1932 yil topilgan,74 
ta so’g’dcha,2 ta Xitoycha, 2 ta arabcha,1 ta turkcha), Sharqiy Turkistonning 
Turfon shahri yaqinidan,Samarqanddagi Afrosiyob yodgorligidan topilgan. 

Oromiy yozuvi asosida yana Xorazm yozuvi kelib chiqqan.Bu yozuvning 
mil.avv. V-IV asrlarga oidlari Oybuyrqal`adan topilgan. Mil.avv. IV-III 
asrlarga oidlari Qo’yqirilganqal`adan topilgan. 

So’g’d yozuvi va Xorazm yozuvlari asosida 25 harfdan iborat Toxariston 
yozuvi shakllangan, bu Yozuv ko’ndalangiga chapdan o’ngga qarab bitilgan. 

So’g’d yozuvi asosida Turk yozuvi shakllangan, bu yozuv fanda ko’k turk 
yoki Runik bitiglari deyiladi, XVII asrdan o’rganila boshlangan. Sibir, 
Mo’g’iliston (Tunyuquq,Kultegin, Bilga Xoqon,Ongin bitiglari),Oltoy,O’rta 
Osiyo (Farg’ona, Ettisuv,Zarafshon vodiysi) dan topilgan. 38-40 harfdan 
iborat bo’lgan. 

Oromiy yozuvi asosida yana Kushon (bu yozuv burchakli, to’trburchakli va 
aylana shaklda bo’lgan) – Baqtriya yozuvi shakllangan,bu yozuv qoldiqlari 
qadimgi Termiz shahridan topilgan. 

Oromiy yozuvi asosida yana Baqtriya yozuvi, Baqtriya yozuvidan esa 
Eftaliylar yozuvi (25 harfli) shakllangan. 

So’g’d yozuvi va Xorazm yozuvlari asosida yana bir yozuv yyg’ur yozuvi 
kelib chiqqan, Uyg’ur yozuvidan Manjur hamda Mo’g’ul yozuvlari 
shakllangan.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə